O„zbekiston respublikasi sog„liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Dermatologiya, stomatologiya amaliyotida qo„llaniladigan applikatsion dori



Download 5,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/392
Sana31.12.2021
Hajmi5,29 Mb.
#246893
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   392
Bog'liq
dori vositalarini modifikatsiyalash va yonaltirish tizimlari

Dermatologiya, stomatologiya amaliyotida qo„llaniladigan applikatsion dori 
vositalari 
Dermatologik  applikatsion  dori  vositalari  polimer  dorivor  pardalar(PDP) 
ko‗rinishida  bo‗ladi.  Dermatologik  PDPlar    antibakterial,  antiseptik  va  yarani  tez 
bitishini  ta‘minlovchi  xususiyatlarga  ega  bo‗lgan  moddalarni  saqlashi  mumkin.  PDP 
yaralarni davolashdagi samaradorligi bog‗liq: 
•  DM ni yarada yuqori konsentratsiyasini, turg‗unligini ta‘minlash; 
•  yarani tashqi muhitdan himoyalash
•  yaraning yuzasini bir tekis va jips  qoplash 
Dermatologik  PDPga  misol  sifatida  "Oblekol"  polimer  pardalarni  misol  keltirish 
mumkin.  Ushbu  polimer  pardalarning  1  grammida    0,01g  chakanda  moyini  saqlanadi, 
polimer sifatida kollagen qo‗llanilgan. Pardalarning katta kichikligi 5x5 sm yoki 10 x10 
sm  ega  bo‗lib,    o‗zidan  yara  sathiga  sekin-asta  chakanda  moyini  ajratadi  va    kuygan 
yuzalarni, qiyin bituvchi yaralarni davolashda samarali vosita hisoblanadi. 
 Xozirda  turli  teri  kasalliklarini  davolashga  mo‗ljallangan  dermatologik  PDP 
yaratilgan: 
- metilen ko‗ki saqlovchi dermatologik PDPlar piodermiyani, follikulitlarni davolash 
uchun;  
- streptotsidning PDPlari  infeksion teri kasalliklarini davolash uchun
-yod saqlovchi antimikrob xususiyatga ega bo‗lgan dermatologik polimer pardalari
-  doksorubitsin  PDPri  shilliq  kavatlardagi  saraton  kasalliklarini  terapiyasini 
samaradorligini oshirish maqsadida.  
Dermatologik  PDP  ko‗p  xolatlarda  majmuaviy,  ya‘ni  ikkita  va  undan  ortiq  DM 
saqlash  mumkin.  Masalan,  xlorgeksidin  va  lizotsim    saqlovchi  PDP.  Xlorgeksidina 
biglyukonat    -  antiseptik,  lizotsim-  antibakterial  ta‘sirga  ega  va  maxalliy  immun 
reaksiyani  stimullaydi.  SHu  qatordan  antibakterial  xususiyatga  ega  bo‗lgan 
shamollashga  qarshi  va  yarani  tez  bitkazuvchi  mahalliy  ta‘sir  qiluvchi 
metilmetioninsulfoniy  xlorid  –  vitamin  U  va  setilpiridiniy  xlorid  hamda  lidaza 
saqlovchi  dermatologik PDP ni keltirish mumkin.  
Majmuaviy ta‘sirga ega Levomeksidin dermatologikPDP texnologiyasi 
Kompleks ta‘sirga  ega  murakkab  tarkibli Levomeksidin dermato-logik dorivor 
polimer pardalarning  ta‘sir etuvchi moddalari: metiluratsil, levomitsetin, xlorgeksidin, 
polimer sifatida  Na-KMS,  plastifikator sifatida esa glitserin qo‗llanilgan. Metiluratsil   
to‗qimalardagi  metabolik  jarayonlarni  regeneratsiyalovchi  modda,  levomitsetin 
antibakterial modda va xlorgeksidin antiseptik modda sifatida kiritilgan. 
Levomeksidin  polimer  pardani  olish  uchun  polimer  massa  tarkibi:  
 Metiluratsil 
 
 
0,08    
Levomitsetin 
 
 
 
0,04       
Xlorgeksidin 
biglyukonat 
 
 
0,02      
Na-KMS 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2,0 
Glitserin 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1,0 
Tozalangan suv 100 g gacha  
    Texnologiyasi:  polimer  massaga    3  ta  dori  modda  alohida  -  alohida  kiritiladi.  Oldin 
levomitsetin  va  metiluratsil  eritmasi  tayyorlanadi:    45  ml  issiq  suvda    levomitsetin 
eritiladi  va  yaxshi  erishi  uchun  suv  hammomida  qizdiriladi,  qolgan  45  ml  issiq  suvda 


65 
 
metiluratsil  eritiladi,  u  ham  yaxshi  erishi  uchun  suv  hammomida  qizdiriladi.  Ikkala 
eritma  soviganidan  keyin  ustiga  xlorgeksidin  eritmasi  quyiladi.  Aniq  tortib  olingan  va 
shisha  stakanga  solingan  2,0  g  Na-KMS  polimeri  ustiga  hosil    bo‗lgan  eritmalar 
quyiladi va polimer bo‗kishi uchun  90-120 daq. qo‗yib qo‗yiladi. So‗ng   1,0 g glitserin 
qo‗shildi  va  suvning  qolganini  ham  qo‗yilib  magnit  meshalka  MM  3M  yordamida 
gomogenizatsiya qilindi. Olingan polimer massa 10g dan maxsus qoliplarga quyildi  va  
20-25
0
S  haroratda  quritiladi.  SHakllangan  polimer  pardalar  qolipdan  ajratiladi  va  
polietilen  paketchalarga  jihozlanadi.  Rasmda  Levomeksidin  PDP  texnologik  jarayon 
tasviri 
keltirilgan.
 
  Preparatning  antimikrob  ta‘siri  tarkibidagi  levomitsetin  va  xlorgeksidinga  bog‗liq, 
metiluratsil  esa  yara  bitkazuvchi  va  yallig‗lanishga  qarshi  ta‘sirini  ta‘minlaydi. 
Levomeksidin  mahalliy  antimikrob,  yara  bitkazuvchi  va  yallig‗lanishga  qarshi    vosita 
sifatida  infitsirlangan  va  tilingan  yaralarda,  I-II-  darajali  termik  kuyishlarda,  uzoq 
bitmaydigan  yaralarda  hamda  terining  yiringli  kasalliklarida  qo‗llaniladi.Parda 
jihozdan  olinib,  yara  yuzasiga  qo‗yiladi  va  ustidan  fiksatsiyalovchi  bog‗lam  bilan 
mahkamlanadi. Pardaning yuzasi yaraning chetlaridan 1 sm chiqib turishi lozim. Parda 
o‗rtacha 1-2 kunda 1 marta almashtirish tavsiya etiladi. 

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish