Fitoapplikatsion dori vositalari (fitopardalar)
Organizm shilliq qavatlarining turli kasalliklarini davolashda tibbiyot amaliyotida
dorivor o‗simliklardan olingan preparatlardan keng foydalaniladi. Ulardan foydalanish
ayniqsa, surunkali kasalliklarni davolashda birmuncha samarali hisoblanadi. CHunki
fitoterapiya va fitoprofilaktika muolajalari uzoq vaqt davomida qo‗shimcha noxush
ta‘sirlardan xoli bo‗lgani uchun ayniqsa, ijobiy axamiyatga egadir Oxirgi yillarda turli
xil o‗simliklardan olingan ekstraktlar asosida ham applikatsion polimer fitopardalar
taklif etilmoqda. Fitopardalar tarkibiga turli xil xom ashyolardan ajratmalar kiritilish
mumkin, masalan:
- biogennыe stimulyatorlar: kolanxoe(sharbat), aloe(ekstrakt);
- immunostimulyatorlar, adaptogenlar: pushti rodiola, exinatseya;
- tetiklashtiruvchi: araliya, jenshen, zamanixa, eleuterokokk;
- reparativ: chaqanda moyi,
shipovni
k moyi, karotolin;
- va boshqalar: moychechak, shalfey ajratmalari, mumiyo, propolis.
Masalan, tashqari tarkibida dorivor o‗simliklardan qora eman po‗stlog‗i, aroniya,
chernika mevalari ekstraktlarini saqlovchi stomatologik pardalar texnologiyasi ishlab
chiqilgan. Mizina P.G tomonidan «Rozoplen» nomli teri, shilliq qavatlar, og‗iz
bo‗shlig‗i uchun mo‗ljallangan antimikrob, immunstimullovchi fitopardalar ishlab
chiqilgan. Alxidin saqlovchi stomatologik polimer pardalari. U o‗ziga xos
burushtiruvchi mazali, evkalipt hidli, jigarrang rangli to‗g‗riburchak shaklidagi bir xil
plastina bo‗lib, uzunligi 6,5 – 0,1 sm va kengligi 1,0 – 0,1 sm dir.
Umumiy (rezorbtiv) ta‘sirga ega bo‗lgan PDPlar
Umumiy (rezorbtiv) ta‘sir qiluvchi polimer dori pardalar ko‗proq diqqat
e‘tiborni o‗ziga jalb qilib bormoqda, qaysiki oxirgi yillarda turli xil kasalliklar, asosan
yurak-qon tomir kasalliklari farmakoterapiyasida keng qo‗llanilmoqda. Stenokardiya
kasalligini davolash uchun nitroglitserin preparatini saqlovchi polimer pardalar ishlab
chiqilgan. Bular Trinitrolong va Dinitrosorbilonglardir va ular o‗zining ta‘sirining
davomiyliligi, yumshoq ta‘sir qilishi, qo‗llashni qulayligi (shilliq qavatning yuqorigi
milkiga yopishtiriladi) bilan bir-biridan farqlanadi . Bu pardalarning afzalligi shundaki,
ular yurakning ishemik kasalligi bilan xastalangan bemorlardagi stenokardiya xurujini
oldini olish va to‗xtatish uchun tavsiya qilinadi. ―Trinitrolong‖ tuxumsimon shakldagi
elastik polimer parda bo‗lib, uzunligi 9,0 ± 0,5 mm, kengligi 4,5 ± 0,3 mm va qalinligi
0,6 ± 0,1 mm. U biologik eruvchan polimerlar (sopolimer akrilamid, N-vinilpirrolidon
va etilakrilat 3:1:1) asosida tayyorlangan. U og‗iz shilliq qavatiga ya‘ni milk va lunjga
qo‗yishga moslashgan.
Metiltestosteron gormonini saqlovchi polimer parda ham amaliyotda qo‗llaniladi.
U asosan erkaklar jinsiy a‘zolari va ikkilamchi jinsiy belgilarni rivojlanishiga
stimullovchi ta‘sir qiladi. Uning afzalligi shundaki, organizmga kirayotgan gormonlarni
bir xilda va uzoq vaqt saqlanib turishini ta‘minlab turadi. Pardalarning o‗lchami
quyidagicha: 76 x 26 x 3 mm, qorin qismga yoki orqaga mahkamlanadi va 7 sutka
davomida ta‘sir qiladi. CHekishdan qutulish jarayonini engillashtirish uchun sitizin
saqlovchi polimer parda tavsiya qilingan. U o‗ziga xos sariq rangli plastina bo‗lib,
o‗lchami 9,0 x 4,5 x 0,5 mm va og‗izning shilliq qavatiga yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |