Mazmuni
Aholiga ko'rsatiladigan tibbiy xizmatning barcha turlarini tashkillashtirishda
(kasallikni oldini olish) profilaktika, davolash, sog'lomlashtirish tadbirlarni yuqori
90
darajada ko'rsatilishi asosiy o’rin egallaydi. Zamonaviy etapda Sog'liqni
Saqlashning asosini aholiga ko'rsatiladigan tibbiy xizmat mexanizmini ishlab
chiqish tashkil qiladi.
Bunday davlat mexanizmlarini shakllantirish uchun quyidagi uch muhitda
tadbirlar olib boriladi:
- qonuniy
- iqtisodiy
- boshqaruv
Bu bilan o’zaro boglik ikki blok muammolar hal etiladi:
- tibbiy xizmatni moliyalashtirishi,
- ushbu vaqt oralig'ida sifatli tibbiy xizmatning uzviyligini ta'minlash.
Tibbiy xizmatning ko’p tarmoqliligi va ish hajmining turlichaligi sababli
davlat tomonidan tibbiy muassasalarining turlari va tarmoqlari aniqlandi:
1) davolash-profilaktik:
2)
ayollar va bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatuvchi muassasalar,
3)
sanitar-targ’ibot ishlarini olib boruvchi muassasalar,
4)
dori-darmonlar ishlab chiqarish tibbiy muassasalar, aptekalar
5)
tibbiy ma'lumot beradigan muassasalarni, oliy va o’rta ma'lumotli
tibbiy muassasalar, ilmiy-tekshiruv muassasalari.
6)
sanitar-kurort
muassasalari.
7) patologo-anatomik, sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizasi
muassasalari.
8)
majburiy tibbiy sug’urta muassasalari.
Bu muassasalar davlat tomonidan ko'rsatiladigan tibbiy xizmat tizimini
asosini tashkil qiladi.
Sog'liqni saqlash tizimini o'rganish uchun, avval birlamchi tibbiy-sanitariya
xizmatini, ya'ni aholi Sog'liqni saqlash xizmati bilan birinchi aloqa qiluvchi
muassasani o'rganish kerak. Bularga kiradi:
- ambulator-poliklinika muassasalari,
- ayollar maslaxatxonasi
- sanitar-epidemiologik stansiyasi
- shoshilinch va kechiktirib bo’lmaydigan xizmat ko'rsatuvchi muassasalar.
- tug’ruq qabul qiluvchi muassasalar.
O'zbekistonda birlamchi tibbiy xizmat muassasalariga qishloq vrachlik
punktlari (KVP), shahar vrachlik punktlari (ShVP) va mahalla vrachlik punktlari
(MVP) kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1988 yil 10 noyabrdagi 2107 sonli
farmoni "O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash tashkiloti isloh qilish
to'g'risida dasturi" ga ko'ra Sog'liqni saqlash tizimida islohot tadbirlari olib
borilmoqda. Buning asosida aholiga ko'rsatiladigan tibbiy xizmatni sifatini yuqori
darajaga ko'tarish maqsadida ko’pgina natijalarga erishildi.
Buning uchun bir qancha direktiv hujjatlar qabul qilingan:
91
1) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 y. 2 dekabrdagi
532-sonli farmoni va unga 3-ilova "Stasionar davolash-profilaktika muassasalarida
vaqtinchalik pullik ovqat tartibini tashkillashtirish";
2) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 y.02.12. 537-
sonli "Aholiga ko'rsatiladigan shoshilinch tibbiy xizmatini yanada
takomillashtirish tadbirlari to'g'risida" farmoni;
3) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2005 y.21.12. 276-
sonli "Tibbiy xodimlar mehnat xaqini takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash"
to'g'risidagi farmoni;
4) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008 y.18.03. 48-
sonli "Sog'liqni saqlash tizimidagi territorial muassasalar faoliyatii
takomillashtirish" to'g'risidagi farmoni.
Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligining
buyruqlari: 1997 y.22.11. 519-sonli "Ambulatoriya sharoitia davolanuvchilar
uchun kerakli dori-darmonlar ro’yxati" va boshqalar.
Islohot yillarida Respublika shoshilinch tibbiy xizmatining ilmiy Markazi
boshchiligida tez va shoshilinch tibbiy xizmatning bir butun tizimi shakllandi,
5) bosqichli birlamchi tibbiy sanitariya xizmati bazasida qishloq joylarda 2
bosqichli birlamchi tibbiy sanitariya xizmati tizimi tashkil etildi, 3100dan ziyod
qishloq vrachlik punktlari (KVP) barpo etildi va ular zamonaviy davolash va
diagnostika apparaturalari bilan ta'minlandi.
2005 yil oxiriga kelib Respublikada birlamchi tibbiy-sanitariya xizmat
ko'rsatuvchi muassasalaridan 4354 dan ambulator-poliklinika muassasalari,
jumladan, 562 birlashgan poliklinikalar, 246 dispanserlarning poliklinika
bo'limlari, 67 markazlarning poliklinika bo'limii, 105 stomatologik va 3374
mustaqil poliklinikalar, faoliyat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari stasionar xizmatini
ko'rsatuvchi 968 kasalxonalar, jumladan 738 birlashgan kasalxonalar, 181
dispanserlarning kasalxonalari va 49 markazlar stasionar bo'limlari. Sog'liqni
SAQLASh tizimidagi muassasalarda umumiy hisobda 70564 ta shifokor va 26190
o’rta tibbiy xodimlar ishlab kelgan. Poliklinikaga qilingan qatnovlar 1 smenada
373401 tani yoki 10 000 aholiga nisbatan 142,0 tashkil etgan, 1 ta aholining
o’rtacha qatnovi bir yilda 8,7 ga teng bo'lgan. 2005 yil oxirida o’rinlar soni 135
924 tani yoki 10 000 aholiga nisbatan 51,6 ni tashkil etgan va bu o’rinlarda
3937267 ta bemorlar davolanganlar.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonini bajrilishini davom
ettirish borasida 2003 yil 26 fevralda 3214-sonli, "Sog'liqni saqlash tizimini isloh
qilishning Davlat dasturining keyingi faoliyati" to'g'risidagi farmoni qabul qilindi.
Bu farmonga ko'ra Sog'liqni saqlash tizimi yuqori texnologik ixtisoslashgan
tibbiy xizmatning boshqarish va moliyalashtirishning yangi sharoitlari o’rnatildi.
(jarroxlik, kardiologik, urologik va ko’z mikroxirurgik).
Olib borilayotgan islohotlar natijasida davolash-profilaktik muassasalarida
aholiga yuqori malakali, ixtisoslashgan tibbiy xizmat ko'rsatilmoqda, muassasalar
zamonaviy diagnostika va davolash apparaturalari bilan jihozlanmoqda, ularning
92
material-texnika bazasi yaxshilanmoqda, bemorlarga barcha sharoitlar ya'ni
kamfort sharoit yaratib berilmoqda.
Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash tizimida pullik
tibbiy xizmat ko'rsatadigan 674 muassasa faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 2005 yil
yakuniga ko'ra byudjetdan tashqari pullik tibbiy xizmat natijasida tushgan mablag’
14,9 mlrd. sumni tashkil etadi, bu esa 2004 yilga nisbatan 40% ko’p, u yilda 10,2
mlrd. sumni tashkil etgan.
Sog'liqni saqlash tizimi muassasalarida tibbiyotga taaluqli bo'lmagan pullik
xizmat ko'rsatuvchi muassasalar ham mavjud ya'ni o'qitish sohasi, avtotransport va
boshqa sohalar. 2005 yilda bu muassasalar hisobidan 11,6 mlrd.sumdan ziyod
mablag’lar olingan.
Shu kabi Sog'liqni saqlash tarmog’ida xususiy tibbiy muassasalar ham
rivojlanmoqda. Hozirgi kunda O'zbekistonda 1700 dan ortiq xususiy tibbiy xizmat
muassasalari va u yerda 1650 dan ortiq shifokorlar faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.
Davlat statistika ma'lumotlariga ko'ra 2004 yilda xususiy tibbiy muassasalarida 1,6
mln. bemorlar ambulator davolangan, 43 mingtasi kasalxonada davolanganlar.
Bu bilan birga xali bir qancha muammolar ya'ni aholiga ko'rsatiladigan
tibbiy xizmatni samarasini oshirish yo'lida tibbiy muassasalarning material-texnik
bazasidagi kamchiliklar, malakali shifokorlarning yetishmasligi, moliyalashtirish
tizimining yaxshi yo'lga qo’yilmaganligi, davlat Sog'liqni saqlash tizimida
marketing va menejmentni yaxshi rivojlanmaganligi va xususiy Sog'liqni saqlash
tarmogining yetarli darajada rivojlanmaganligi kabi muammolar hal etilganicha
yo'q.
Aholiga ommaviy va hammabop harakterga ega bo'lgan tibbiy xizmatni
ta'minlashda ambulatoriya-poliklinika yordami birinchi darajali ahamiyat kasb
etadi. Shuningdek, ambulatoriya-poliklinika xizmati birlamchi vrachlik mehnat
ekspert xizmati tizimida asosiy o’rin egallaydi.
Aholiga ambulatoriya-poliklinika xizmati ambulatoriyalarda, kasalxona
tarkibiga kiruvchi poliklinikalarda, dispanserlarda, mustaqil poliklinika
klinikalarida, qishloq vrachlik punktlarida, ayollar maslaxatxonalarida va
fel'dsherlik akusherlik punktlarida ko'rsatiladi.
Ambulatoriya-poliklinika muassasalar ichida poliklinika va ambulatoriya
yetaklovchi muassasa bo'lib hisoblanadi va davolash muassasalarning 75% ini
tashkil qiladi, ulardagi qatnovlar soni esa 85% ga yaqindir.
Do'stlaringiz bilan baham: |