O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi


II. Zamonaviy etapda sanitar-epidemiologik nazorat xaizmatini



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/184
Sana27.07.2021
Hajmi0,6 Mb.
#130091
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   184
Bog'liq
JAMOAT SALOMATLIGI, SOG’LIQNI SAQLASHNI

II. Zamonaviy etapda sanitar-epidemiologik nazorat xaizmatini 
tashkillashtirish 
 
Maqsad:  
- ijtimoiy ekologiya va profilaktikada sanitar-epidemiologik xizmatining 
o’rnini tushuntirish, 
-aholini  sanitar-epidemiologik  xizmati  bilan  ta'minlashning  asosiy 
tamoyillarini tushuntirish, 
-Davlat sanitar nazorat qonuni va uni aholi salomatligidagi ahamiyatini 
tushuntirish 
 
 
 
 
Mazmuni 
 
Sog'liqni  saqlash  tizimining  asosiy  tamoyillaridan  biri  hisoblangan 
profilaktik yo'nalishda ish olib borish faqat davlat profilaktika muassasalari 
faoliyatida emas, balki davlat sanitariya-epidemiologik nazorat muassasalari 
faoliyatida ham yetakchi o’rin egallaydi. Bu yo'nalish davlat sanitariya-
epidemiologik nazorati xizmatining profilaktik tadbirlar olib borishda muhim 
ahamiyatga ega. 
Davlat sanitariya-epidemiologik nazorat muassasalarining asosiy maqsadi 
bo'lgan sanitar-epidemiologik xavfsizlik asosan sanitariya-epidemiologik xizmati 
organi va muassasalari ya'ni Davlat sanitariya-epidemiologik nazorat markazi  


86 
 
tomonidan ta'minlanadi. Davlat sanitariya-epidemiologik  xizmati muassasalari 
aholi salomatligini ta'minlashda muhim o’rin egallaydi. Sanitariya-epidemiologik 
nazorat xizmatiga quyidagilar kiradi:  
- yuqumli kasalliklarni tarqalishini kamaytirish; 
- salomatlikni muhofaza kilish va atrof-muhit sohasidagi politika; 
- suvning sifatini ta'minlash  
- xavoning sifatini ta'minlanish. 
- oziq-ovqatlar sifatini ta'minlanishi 
- chiqindilardan tozalash va tuproqni ifloslanishdan SAQLASh; 
- aholi yashash joylaridagi ekologiya, 
- ishchi salomatligi va boshqalar. 
Yuqorida keltirilganlar shuni anglatadiki, Davlat sanitariya-epidemiologik 
nazorati xizmati aholii salomatligini muhofaza qilish tizimida yetakchi o’rin 
egallaydi, bunday muassasalar faoliyatini olib borilayotgan profilaktik tadbirlar 
darajasi va samarasi baxolaydi. 
Mamlakatdagi sanitar-epidemiologik holatlardan kelib chiqqan xolda, davlat 
sanitariya-epidemiologik  nazorati  xizmati  muassasalari  va  gigienik  ilm 
faoliyatining asosiy yo'nalishlariga kiradi: 
- mamlakatda sanitariya-epidemiologik holatlarni yaxshilashga qaratilgan 
davlat ishlarini yo'lga solish, aholi salomatligiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni 
bartaraf etish: 
- aholii holatini yaxshilash borasida sanitariya-epidemiologik nazoratni 
ta'minlash; 
- sanitariya-epidemiologik nazorat masalalarini hal etuvchi qonuniy bazani 
mustahkamlash; 
- suv manbalari nazoratini kuchaytirish, ichimlik suvi sifatini yaxshilashga  
e'tibor qaratish; 
- oziq-moddalarni sifatini yaxshilash borasida nazoratni kuchaytirish, ovqat 
rasionini biologik aktiv qo’shimchalar, vitaminlar, mineral moddalar bilan 
boyitish, ayniqsa bolalar ovqatlanishini sifatini oshirish: 
- oziq-ovqatlarni sifatini yaxshilash borasida me'yoriy bazalarni ishlab 
chiqish;  
- ishlab chiqarish va ish joylarini attestasiya qilishda ishtirok etish; 
- maktab binolarini holatini maktab jixozlari, o’quv qurollar va ko’rgazma 
materiallarni gigienik talabga javob berishini nazorat qilish; 
- o’z huquqini himoya qilishda davlat sanitariya-epidemiologik nazorat 
xizmatidan keng foydalanish. 
Uzoq vaqt davomida mamlakatimizning iqtisodiy - ijtimoiy sharoitini 
o'zgarishi bilan paralell ravishda sanitariya-epidemiologik nazorat xizmatining 
tarkibi va vazifalari ham bir necha bor o’zgarib keldi. 
O'zbekistondagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlar sanitariya-
epidemiologik xizmatini takomillashtirish yo'lida Sog'liqni saqlash tizimida 
rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlashni aktivlashtirib yubordi. Aholini sanitariya-


87 
 
epidemiologik holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni tashkillashtirish borasida 
yuridik baza yaratildi. 
Aholini sanitariya-epidemiologik holati deganda jamoat salomatligi va aholii 
yashaydigan muhitning shunday holati tushuniladiki, bunda odam organizmiga 
salbiy ta'sir etuvchi omillar bo’lmaydi va xayot faoliyati uchun ijobiy sharoitlar 
mavjud bo’ladi. 
1998 yilda O'zbekistonda "Davlat sanitar nazorati" qonuni qabul qilindi. 
Davlat sanitar-epidemiologik xizmati organ va muassasalari bir yagona tizimni 
tashkil etadi. Bu tizimga respublikadagi, Qoraqalpog’iston respublikasi, viloyat, 
shahar, tuman  davlat sanitariya-epidemiologik nazorat muassasalari, suv va xavo 
yo'llari transporti,  gigiena  va  epidemiologiya  profilidagi  ilmiy-tekshirish 
muassasalari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, mutaxassislar tayyorlaydigan va 
ularni malakasini oshiradigan va boshqa sanitariya-profilaktika muassasalari 
kiradi. 
Davlat sanitariya-epidemiologik nazorat markazi respublika byudjeti va 
byudjetdan tashqari mablag bilan moliyalashtiriladi. 
Davlat sanitariya bosh shifokorlari, davlat sanitariya-epidemiologik nazorat 
xizmati mutaxassislari davlat boshqaruv organlari vakillari hisoblanadilar va ular 
davlat himoyasida bo’ladilar. Sanitariya-epidemiologik nazorat boshliqlari davlat 
sanitariya-epidemiologik nazorat xizmati nizomiga asosan ishga qabul qilinadilar 
va lavozimdan ozod qilinadilar. 
Shunday qilib, markazlashtirilgan sanitar-epidemiologik xizmati tashkil 
etildi. 
Davlat sanitariya-epidemiologik nazorati xizmatining asosiy muassasasi 
bo'lib davlat sanitariya-epidemiologik nazorat markazi (SGSEN) hisoblanadi. 
Aytib o’tilgandek, Davlat sanitariya-epidemiologik xizmati organlari va 
muassasalarining asosiy maqsadi zamonaviy sharoitda aholini sanitariya-
epidemiologik holatini yaxshilash, yuqumli kasalliklarni o’z vaqtida oldini olish va 
unga qarshi ko'rashishdan iboratdir. Bu maqsadga erishish uchun DSENM va 
sanitariya-epidemiologik xizmat ko'rsatuvchi muassasalar zimmasiga quyidagi 
vazifalar yuklatilgan: 
- aholi yashash sharoitini xisobga olgan xolda ularning salomatligini nazorat 
qilish, baxolash va prognozini aniqlash; 
- yuqumli, parazitar, kasbiy kasalliklar, ovqatdan zaharlanishlar kelib chiqish 
sabablarini, ta'sir etuvchi omillar va sharoitlarini aniqlash. Shuningdek,  aholi 
yashash sharoitida salbiy omillar ta'siri natijasida kelib chiqadigan ommaviy 
kasalliklar  kelib  chiqish  sabablarini  ixtisoslashgan  sanitar-epidemiologik 
tekshiruvlariga asoslangan xolda aniqlash; 
- barcha davlat qaramog’idagi sanitariya-epidemiologik xizmat ko'rsatuvchi 
organlar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mahalliy boshqarmalar 
lavozim shaxslari tomonidan gigienik va sanitariya-epidemiologik tadbirlar ishlab 
chiqish; 
- ishlab chiqilgan gigienik va sanitar-epidemiologik tadbirlar, sanitar 
qoidalar, gigienik me'yorlarni bajarilishini nazorat qilish, hulosa natijalariga ko'ra 


88 
 
gigienik  sertifikatlar  berish,  sanitar  qoidalarini  buzuvchi  shaxslarga  qarshi  
ma'muriy hamda jinoiy javobgarlik tadbirlarini qo'llash; 
- yuqumli, parazitar va kasbiy kasalliklar, ovqatdan zaharlanishlar va boshqa 
aholi orasida yuquvchi kasalliklarni Sog'liqni saqlash tizimida har birini ro’yxatga 
olinishi va sanitar-epidemiologik tekshiruvlarga hamda sanitar-epidemiologik 
holatni belgilovchi dalillarga asoslangan xolda bunday kasalliklarni davlat 
ro’yxatiga olish. 
Ko’rsatib o’tilgan vazifalarni barchasi  DSENM ning asosiy mexanizmi  va  
yaxshi sanitar-epidemiologik holatga erishish asosiy maqsadidir. 
Davlat ramkasidagi vazifalarni bajarishda sanitariya-epidemiologik nazorat 
markazi mutaxasislari  aniq majburiyatlarga egadirlar. Davlat sanitar-
epidemiologik xizmati lavozimi shaxslariga Qonun quyidagi huquqlarni belgilaydi: 
- Aholi salomatligini saqlashda dolzarb muammolardan biri - bu o’ta 
yuqumli kasalliklar (vabo, xolera, sibir yarasi va boshqa kasalliklar)ni  kelib 
chiqishi va tarqalishini olidini olishdadir.  
Bunday vazifalarni bajarishda yuqumli kasalliklarni paydo bo'lishi va ularga 
qarshi ko'rash xizmati bo'limining o’rni kattadir. Ushbu bo'lim quyidagi vazifalarni 
bajaradi va o'rganadi: 
- epidemiologik vaziyat; 
- yuqumli kasalliklar paydo bo'lishini oldini olish, kasal tarqatuvchi 
mikroblarni aniqlash va tajriba o’tkazish; 
- yuqumli kasalliklar Bilan kasallanganlarni aniqlash; 
- yuqumli kasallik aniqlangan joyni aniqlash va kuzatish (karantin, 
observasiya); 
- yuqumli kasalliklar paydo bo'lishini ogohlantirish; 
- bemorlarni yakka xolda joylashtirish (izolyasiya qilish); 
- epidemik kasallanishni va uning o’chog’ini yo'qotish; 
- aholii orasida yuqumli kasalliklarga Qarshi ko'rashni tashkil etish; 
- aholii orasida ommaviy ravishda epidemik kasallanishni o'rganish, uni 
kamaytirish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish. 
UzR Davlat sanitariya markazinig bosh vrachi sanitariya-epidemiologik 
xizmatining bosh davlat sanitariya vrachi bo'lib hisoblanadi, uning ishini  UzR 
Sog'liqni saqlash Vazirligining o’rinbosari nazorat qiladi. 
Sog'liqni  saqlash  vazirligi  tarkibida  bosh  sanitariya-epidemiologiya 
boshqarmasi tuziladi.  
Sanitariya-epidemiologiya tashkilotining  asosiy muassasasi sanitariya  - 
epidemiologiya stansiyasi hisoblanadi (SES). 
SES - bu mustaqil sanitariya profilaktik tashkilot bo'lib, u o’z mablag’iga 
egadir. Uning bir necha ko’rinishlari mavjud: respublika, viloyat, tuman, shahar, 
shaharlardagi tuman, qishloq. 
Shahar va tumanlarning soni, aholii soni va ma'muriy territoriyaning 
harakteriga qarab SES lar bir necha kategoriyalarga bo'linadi. SES Lar o’z ish 
faoliyani Sog'liqni saqlash tizimidagi tashkilot va organlar bilan birgalikda olib 


89 
 
boradi. Xaar bir SESda ikkita asosiy  bo'lim mavjud bo'lib, ular sanitariya-
epidemiologiya va dezinfeksiya bo'limlaridir. 
Sanitariya-epidemiologik  bo'limlar  o’z  navbatida  ikkiga  bo'linadi: 
epidemiologik va sanitariya-gigienik. 
Epidemiologiya bo'limi tarkibiga epidemiyaga qarshi va parazitologiya 
gruppalari antirabik emlash kabinati va bakteriologik laborotoriyalar kiradi. 
Sanitar-gigienik bo'limlari to’rtta operativ guruhlarga bo'linadi: 
a. 
Kommunal 
gigiena. 
b. 
Mehnat gigiena, sanoat gigienasi. 
c. 
Ovqatlanish 
gigienasi. 
d. 
Bolalar va o’smirlar gigienasi. 
Dezinfeksiya bo'limii o’z ichiga quyidagilarni oladi: 
- ko’chirish bo'limi,  
- o’choqni dezinfeksiyalash, 
- kamerali dezinfeksiyalash, 
- sanit'ariya bo’yicha reabilitasiya ishlar. 
Sanitariya organlarining vazifalari kasallanish profilaktikasi va aholiga 
sanitariya bo'yicha xizmat ko'rsatishni ta'minlashdan iboratdir. 
Aholiga sanitariya bo'yicha xizmat ko'rsatish ishining formalari sanitariya 
nazorati va ogohlantirishdan iborat. Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati sanitariya 
ishining hamma tarmoqlari bo'yicha o’tkaziladi. 
SESning sanitariya nazorati sanitariya ishining hamma tarmog’i bo'yicha 
amalga oshiradi. 
 
 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish