Savol va javob kechasi - bu ham suhbatning bir turi bo'lib, bu usul
qo’llanganda yig’ilganlar savol beradilar va shu savollarga suhbatni olib boruvchi
javob beradi. Bo'lib o’tadigan savol javob kechasi haqida radiolarda, gazetalarda
va afishalarda e'lon qilinadi.
Yozma tashkilot sanitariya maorifining keng tarqalgan ikkinchi ish usuli
hisoblanib, bu matbuot, jurnal, kitob, gazeta, shoirlar, devoriy gazeta, plakat,
esdalik, varaqa va boshqalardan iborat.
Shior-u yoki bu maslahatlarni bajarishga chaqiradi. Shiordagi so’zlar
qisqacha. Tushunarli ma'nosi bo'lishi kerak.
Varaqa keng o’quvchilar doirasiga mo’ljallangan. Varaka biron bir
sog'lomlashtirish kompaniyasining ro’yxati bilan chaqiriladi. Esdalik o'zining
mazmuni bo'yicha aniq va qisqacha, u ma'lum guruh shaxslarga mo’ljallangan.
Esdalik matni o’z ichiga maslahatlar. Qoidalar oladi.
Broshyura - ilmiy-ommabop kitobcha.
Do'stlaringiz bilan baham: |