81
Hozirgi kunda laklarga, buyoqlarga, rezinkalarga, ko’pchilik ishlab
chiqarishda qo’llaniladigan
benzol elementi olib tashlandi - uning o’rniga boshqa
zararsiz modda kiritildi, shuningdek, qishloq xo'jaligida. butifos, mikrantofos va
boshqa zaharli kimyoviy moddalar olib tashlandi.
Ayollarni xomiladorligi aniqlangandan so’ng, o’rtacha oylik maoshini
saqlagan holda ba'zi bir ishlab chiqarish omillari ta'sir etmaydigan yengil ishga
o’tkazish lozim.Ayol mehnatini muhofaza etishni - ayollar va ularning bolalari
sog'lig'ini mustahkamlashtirishga yo’naltirilgan va sog'lom xayot tarzi sharoitlarini
yaratishga qaratilgan chora tadbirlar tarmog’idagi asosiy zveno deb qarash kerak.
Hozirgi kunda "xalq xo'jaligi tarmoqlari bo'yicha ayollar ruxsat etilmaydigan og’ir
va salbiy omillar ta'siri bo'lgan kasblar ro’yxati" tuzilgan.Mamlakatda doimiy
ravishda jismoniy kuch talab qilinadigan ishlarda ayollar sonini kamaytirish
bo'yicha tadbirlar olib borilmoqda.Ular uchun ishlab chiqarishda, qishloq
xo'jaligida mehnatini yengilashtiruvchi sharoitlar yaratilmoqda.
O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqish korxonalarida o’rtacha ish
vaqti
xaftada 41 soatdan oshmasligi kerak.Hozirgi vaqtda kuniga 7-8 soat ishlay
olmaydigan, ya'ni yosh bolasi bo'lgan ayollar, uy bekalari, nafaqaxo’rlar va
aholining boshqa kategoriyalarida zarur bo'lgan vaqtda ma’muriyat bilan
kelishilgan xolda to'liq bo'lmagan ish soati o’rnatilmoqda. Bunda maoshi asosiy
ishlangan ish soatiga to’lanmoqda.
Zararli mehnat sharoitlarida ishlovchi ishchi va xizmatchilarga, ayniqsa
ayollarga o’rnatilgan me'yor
asosida maxsus kiyim bosh, poyafzal va boshqa
shaxsiy himoya vositalari berilmoqda.
Zararli mehnat sharoiti bo'lgan korxonalarda ishlovchi ayollar davolovchi-
profilaktik ovqat bilan ta'minlanmoqdalar. Ishlovchi xomilador ayollarga tug’ruk
uchun dekret ta'tiliga chiqqanda ham oziq-ovqatlar ajratilmoqda. Har bir
korxonada, qonuniyatga asosan, ayollar shaxsiy gigiena xonalari jihozlanmoqda.
Ommaviy ravishda ayollar mehnatidan foydalanadigan korxona va tashkilotlar
bola emizish tartibini va kerakli sharoitlarni saqlab qolish uchun maxsus xonalar
(bola emizish xonalari) ajratilmoqda. Bu xonalarning umumiy maydoni bir
smenada ishlovchi ayollarning soni 100 tadan kam bo'lmagan holatda 15 m2 ni
tashkil etishi lozim.
Ishlovchi ayollarning salomatligini Saqlashning asosiy shartlaridan biri:
1) ishlab chiqarishdagi kasbiy omillarni qat'iy
hisobini olib borish,
2) ayollarni salomatlik holatini kuzatib borish,
3) o’z vaqtida profilaktik va davolash tadbirlarini o’tkazishdir.
To'g'ri tashkil qilingan mehnat tartibi homiladorlikni yaxshi kechishiga,
sog'lom bolani dunyoga keltirishga imkon beradi. Shifokor tavsiyasiga ko'ra
xomilador ayollar (xomilalik davrida) yengil ishga o’tkaziladilar. Emizikli bolalari
bo'lgan va 1 yoshga to’lmagan bolalari bor ayollar ishlarini bajara olmay
qolganlarida o’rtacha maoshi saqlangan holda vaqtincha boshqa ishga
o’tkaziladilar.
82
Homilador,emizikli va 1 yoshgacha bo'lgan bolalari bor ayollarni
ma’muriyat tomonidan biror bir sababsiz ishdan bo’shatish hollari ish joyini 3
yilgacha saqlagan holda qonunda ko'rib chiqiladi.
Mehnat to'g'risidagi qonun bo'yicha ayollarni salomatligiga ta'sir qiluvchi
og’ir va zararli
ishlarda mehnat qildirish, ishdan bo’shatish, homiladorlik davrida
ayollarni oylik maoshini kamaytirish, homilalikning birinchi xaftasidan
boshlab
kechki ishlarga qoldirish, ishdan tashqari ishlatish, xizmat safariga jo’natish
taqiqlanadi.
Perinatal davridagi va onalar kasalliklarini oldini olishning muhim chorasi
xomiladorlik va tug’ruq bo'yicha mehnat ta'tiliga yuborish hisoblanadi Bu vaqtda
ayol bola ko’rishga tayyorgarlik,dam olish va yangi tug'ilgan chaqaloqqa qarash
imkoni yaratiladi, dekret ta'tili 126 kunni tashkil qiladi, bolani parvarish qilish
uchun 3 yil ajratilib, shundan 2 yiliga pul to’lanadi.
Barcha aytilganlardan ko’rinib turibdiki, hozirgi kunda kasallik kelib
chiqishida xayot tarzining ekzogen ya'ni ijtimoiy omillari muhim ahamiyatga ega.
Sog'lom turmush tarzini shakllantiruvchi barcha organ va muassasalar,
ayniqsa birlamchi tibbiy-sanitariya yordam ko'rsatuvchi muassasalar (BTYoKM) -
poliklinika va markazlar oldidagi asosiy vazifasi sanologiya asoslarini chuqur
o'rganish bo'lib hisoblanadi.
Aholi salomatligini yaxshilashga erishish uchun sog'lom xayot tarzini aholi
ongiga singdirish darkor.Buni amalga oshirishda sanitar targ’ibot ishlari
ko’maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: