Sanitariya-oqartuv devoriy gazeta tibbiyot oliygohlarini talabalari
tomonidan chiqariladi.
Sanitariya maorifining uchunchi usuli ko’rgazmali tashkilotdir.
Ko’rgazmali deganda, model, mulyaj, maketlar ko'rsatish tushuniladi. Ko’rgazma
usuli yoki tashkilotni ikki guruhga bo'lishi mumkin: mavjud ob'ektlar va uylab
topilgan ko’rgazmali vositalar.
Mavjud ob'ektlar sifatida mikroskopik preparatlar, bemorni parvarish
qilishda ishlatiladigan vositalar va shu kabilarni misol qilish mumkin.
Plakatlar - bosma ravishda ishlab chiqilgan vosita hisoblanib, u tashkilotli
va yo'llantiruvchi (agitasiya) bo’ladi. Yo'llantiruvchi plakatlarda rangli buyoqlar,
o’ta ta'sirli rasmlar va qisqa tekst kishilarni o’ziga jalb qilishga mo’ljallangan
bo'lishi kerak..
Tashkilotli plakat bir necha rasmlarni va taxminiy to'liq mazmunli tekstni
o’z ichiga oladi.
Uning xizmati u yoki bu tavsiyalarni bajarishda odamlarga ba'zi bilimlarni
yetkazib berishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |