O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/114
Sana13.07.2022
Hajmi5,93 Mb.
#792663
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114
Bog'liq
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

Ko’ruv a’zosining zararlanishi

Insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabetda bemorlar ko’rishining buzilishi quyidagi
turlarga bo’linadi: 
1)
Ekstraokulyar: 
- qovoqlar zararlanishi (ksantelazmalar, xalazionlar, ekzema, blefaritlar, govmicha) 
- konyuktiva zararlanishi (o’tkir va surunkali konyuktivitlar) 
2) Okulyar: 
- nospetsifik buzilishlar- qari va keksalarda kuzatiladi ( rangdor pardaning distrofiyasi, 
oldingi uveit, senil katarakta, birlamchi ochiq burchakli glaukoma, asteroid gialinoz) 
- spetsifik buzilishlar 
- insulinga bog’liq bo’lmagan diabetga xarakterli bo’lib, ularga chin diabetik yoki 
metabolik katarakta, diabetik retinopatiya kiradi. 
Qari va keksalarda retinopatiya asosan diabetik retinopatiya ko’rinishida bo’ladi. 15% 
xollarda diabetik retinopatiya qandli diabet bilan ilk uchrashi mumkin, 10-12 yildan 
so’ng esa qandli diabet fonida retinopatiya chastotasi 75% ga chiqadi. Qari va keksa 
bemorlar okulistning alohida e’tibori va dinamik kuzatuvida bo’lishlari lozim.
Insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet kech diagnostikasida retinopatiya 20-30% 
holatlarda aniqlanadi. Birdan ko’r bo’lib qolganlarning 7% ini qandli diabet bilan 
og’rigan bemorlar tashkil qiladi. Agar glikemiya holati adekvat korreksiya qilinmasa 
yoki o’z vaqtida davolanmasa, bu diabetik retikulopatiyaning havfli asoratlaridan 
ko’ruv nervining atrofiyasi, to’r pardaning ko’chishi, shishasimon tanadagi qo’pol 
o’zgarishlar, gemoftalma, neovaskulyar glaukoma rivojlanishi mumkin. 
Diabetik neyropatiya.
Diobetik neyropatiya (D.N) qandli diabetga xarakterli klinik ko'rinishlaridan biri 
xisonlanadi. 15% xollarda qandli diabetning insulinga bog'liq bo'lmagan formasi tarqalgan 
osteoxondroz ildizcha sindromi bilan, ensefalopatiyalar, deformatsiyalashgan spondilyoz va 
boshqa nevrologik diagnozlar niqobi ostida ilk uchrashi mumkin.
Diabetik neyropatiyaning variantlari:
-Radikulopatiya- bitta dermatoma chegarasida zararlanadi. 
-Mononeyropatiya- alohida perefirik nervlarning zararlanishi (og’riqlar, zararlangan nerv 
sohasida, pay reflekslarining pasayishi va yoqolishi, falajlar bo’lishi) 
-Ko’z olmasini harakatlantiruvchi nervning zararlanishi (diplopiyalar, ptoz) 
-Uch shoxli nervning zararlanishi ( boshning yuqori qismida og’riqlar, qovoqlar falaji 
kuzatiladi) 
-Yuz nervining zararlanishi ( yuz gemipareziga olib keladi) 
-Eshitish nervining zararlanishi ( eshitish qobiliyatining pasayishi) 
Polineyropatiya- diabetik neyropatiyaning eng ko’p tarqalgan formasi bo’lib, og’riq, taktil 
harorat, vibratsion sezgining pasayishi, ko’proq oyoqlarda kuzatilishi bilan xarakterlanadi. 


59 
Amiotrofiya- insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet bilan og’rigan qari yoshlarda 
uchraydi va chanoq kamari mushaklari atrofiyasi, xolsizlik, pay reflekslari pasayishi va 
yoqolishi, son nervlari sohasida mialgiyalar bilan namoyon bo’ladi.
Vegetativ yoki avtonom diabetik neyropatiya- qon tomir tonusining yurak faoliyati va ichki 
a’zolar parasimpatik va simpatik boshqarilishining buzilishi tufayli kelib chiqadi. Qandli 
diabet bilan og’rigan bemorlarda vegetopatiya (gipoglikemiya bilan bog’liq bo’lmagan 
terlash), gastropatiya (gastroptoz, oshqozon diareyasi), siydik pufagi atoniyasi va 
impotentsiya (urodinamika buzilishiga va ko’tariluvchi infeksiya qo’shilishiga olib keladi) 
kabi belgilar bilan namoyon bo’ladi.

Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish