O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/114
Sana13.07.2022
Hajmi5,93 Mb.
#792663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

 
 
GERONTОLOGIYADA HAMSHIRALIK ISHI 
 
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi 
5720600- "Oliy hamshiralik ishi" ixtisosligi bo’yicha tahsil 
olayotgan talabalar uchun darslik sifatida tavsiya etiladi 
 
 
O’quv - uslubiy qo’llanma TTA MUHida muhokama qilindi. 
20 aprel 2010 yil № 8 bayonnoma 
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
o`quv ishlari bo`yicha prorektori,
Tibbiyot fanlari doktori, 
professor 
O.R.Teshayev
 
 
Uslubiy qo`llanma TTA Ilmiy Kengashida tasdiqlandi. 
28 aprel 2010yil № 9 bayonnoma 
TTA Ilmiy Kengashi kotibi
Tibbiyot fanlari doktori, 
perofessor F
. I. Salomova 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
KIRISH SO’ZI 
Hozirgi davr tibbiyotining asosiy e’tibori sog’lom turmush tarzini targ’ibot 
qilish, sog’lom avlodni tarbiyalash va kasalliklarni oldini olishga qaratilgan. 
Taraqqiy etgan mamlakatlarda uzoq, to’laqonli umr ko’rishning yagona yo’li 
sog’lom turmush tarzi ekanligi isbotlangan. Odatda, qarilik haqida so’z ketganda, 
beixtiyor xayolga ojizlik, qaramlik, kasallik holati keladi. Yo’q, qarilik – kasallik 
emas, komillik pallasi. 
Qarilik - umrning eng mazmunli, serhosil fasli. Insonning umr davomida 
yig’ilgan yashirin imkoniyatlari yoshi ulg’ayganda ochilib, aqli to’lishib teran 
fikrlaydi, kashfiyotlar qiladi. Qarilikdan qo’rqishmas, hayot davomida orttirgan 
tajribaga tayanib, aqlu shijoat bilan ishlash va yashash lozim. 
Insonning qarish jarayonini o'rganishdan maqsad keksayish paytida sog'lom 
turmush kechirish, o'zini o'zi mustaqil parvarish qilish, kasalliklarning oldini olishga 
erishishdan iborat. Keksa yoshdagi odamlarda kasalliklarning kechish jarayoni 
ularning yoshi va ruhiy holatga bog’liq. Ular bilan ana shu jihatni hisobga olib 
muloqot qilish, ularni parvarishlash sog’liqni saqlash tizimining muammolaridan 
biri. Shuning uchun tibbiyotda "Gerontologiyada hamshiralik ishi" faniga katta 
e’tibor berilmoqda. 
Biz keng ko'lamli sog'lomlashtirish, sog'liqni tiklash, kasalliklarning oldini olish 
vazifasiga tayyor, tibbiy yordam bera oluvchi, har qanday holatlarda bemor yoki 
sog'lom odam bilan professional muloqotga kirisha oladigan o'z kasbining mohir 
ustasi, oliy malumotli hamshiralarni tayyorlash vazifasini oldimizga qo'yar ekanmiz, 
ularni inson salomatligi yo'lida, sog'ligini tiklash va saqlashda yordam ko'rsata 
oladigan yaxlit jamoaning teng huquqli a'zosi etib tarbiyalashimiz lozim. Bu jahon 
andazalari talabidir. 
Shunday qilib, "Gerontologiyada xamshiralik ishi" fani - yoshga aloqador bo'lgan 
fiziologik o'zgarishlar va rivojlanayotgan patologik o'zgarishlar o'rtasidagi 
boq'liqlikni va shu bilan birga organizmni qarish sabablari, mexanizmi hamda
qariyotgan organizmni fiziologik jihatdan o'ziga xos tomonlarini o'rganadigan fan. 
"Gerontologiyada hamshiralik ishi" faninig maqsadi - hamshiralik ishi bo'yicha 
bakalavrlarni tayorlashda, ularga geriatrik pasientlarning ichki organlarining turli 
kasalliklarida sifatli tibbiy yordam ko'rsata bilishni o'rgatish. Geriatrik pasientlarni 
davolash va parvarishlashda oliy malumotli hamshiralarning tutgan o'rni va 
vazifalarini o'rganishdir. Shu bilan birga keksa va qariya yoshidagi pasientlar bilan 
ishlashda o'ziga xos tomonlarini inobatga olishdan iboratdir. Qariyalar bilan 
muloqot o'rnatishni, ularni parvarishlash jarayonini, turli kasalliklarda geriatrik 
pasientlarga hamshiralik jarayoni asosida yondoshishni, reabilitasiya chora 
tadbirlarini bilishga o'rgatadi. 

Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish