O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/114
Sana13.07.2022
Hajmi5,93 Mb.
#792663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114
Bog'liq
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

1-bosqich
. Ma'lumot to’plash, tahlil qilish va ularni baholash. Bu shaxs muammolarini 
aniqlash va parvarishni rejalashtirish uchun bajariladi. Ushbu bosqichda bemorning holatini 
kuzatish – o’zidan, yaqinlaridan, tanishlaridan, tibbiy kartasidan ma'lumot to’plashdan 
iborat. Bu bosqichda to’plangan ma'lumot bo’yicha hech qanday xulosa qilinmaydi. Lekin 
bemorning muammosini bilish uchun undagi kasallikning ob'ektiv va sub'ektiv belgilari 
bilan bir qatorda bemorning asosiy ehtiyoji aniqlanadi. Demak, bemor bilan muloqotda 
uning 
asosiy 
ehtiyojlarini 
bilish 
uchun 
biz 
har 
tomonlama 
mutaxassislik 
kommunikatsiyasidan foydalanishimiz lozim. Gerontologiyada kommunikatsiya - keksa 
yoki qari bemor bilan hamshira o’rtasidagi muloqot bo’lib, bu bemorning shaxsiyatiga 
tegmaydigan tarzda uning ruhiy kechinmalarini bilish, agar sog’lig’iga salbiy ta'sir etsa 
ularni bartaraf etish yoki yengillashtirish usullarini aniqlab, bemor atrofida psixoemotsional 
osoyishtalik yaratib, parvarishni olib borishdir. Hamshira keksa yoki qari bemor bilan 
muloqotda mutaxassislik kommunikatsiyasi tamoyillari qoidasiga amal qilishi kerak. 
Bunda: 



1. Muloqotda aniq va ravshan murojaat etish. 
2. Faol ravishda eshitish - bemorning dardini tinglay bilish. 
3. Savol berish texnikasidan foydalanish. 
4. Keksa va qari bemorni suhbatga - dardlashishga chorlovchi, tinch, osoyishta muhitni 
yaratish. 
Keksa bemorning ruhiyati, emotsional holatidan kelib chiqqan holda, muloqot ko’proq 
ularni qiziqtiruvchi yo’nalishda olib boriladi. Buning uchun alohida faol ravishda eshitish 
qoidalarini qo’llash zarur. 
1. Tashqi qiyofasi bilan (bosh qimirlatish, tasdiqlash). 
2. Fikrni davom ettiruvchi so’zlarni ishlatish. Misol uchun:
- Keyin nima bo’ldi? -Siz uchun ma'qulmi?
3. Avaylash, g’amxo’rlikni his qildirish. 
4. So’zlashganda yuz va tana harakatlariga e'tibor berish. 
5. Yoshi o’tgan va qari kishilar tashvish-muammosini hal etish uchun uning mohiyati 
negizini qayta-qayta aniqlash va bilib olishga erishish. Buning uchun verbal (so’z orqali), 
noverbal (harakat orqali) muloqot turidan foydalanish zarur. 
Inson yoshi o’tganda, keksayganda katta hayotiy tajribaga ega bo’ladi. Bunday 
odamlar hamshiraning muloqotidan o’ziga nisbatan munosabatni va hamshira haqidagi 
ma'lumotni ham bilib olish qobiliyatiga ega bo’ladi. 
Muloqotda ma'lumotning 30% gapda ifodalanadi. Bunda 7% so’zdan, 13% ohangidan, 
10% mazmunidan bilib olinadi. 70% ni esa tashqi ko’rinish: qo’l, yuz, tana harakati bilan, 
hatto hid orqali bilib olish mumkin. 
Kommunikatsiyada savol berish usulidan to’g’ri foydalanish zarur. Savollar uch xil 
yo’nalishda beriladi. 
1. Yopiq savollar - izoh talab qilmaydigan savollar. 
Misol: Siz bugun yaxshi uxladingizmi? 
- Ha yoki yo’q. 
2. Ochiq savollar - izoh talab qiladigan savollar. 
Misol: - Nega bugun yaxshi uxlay olmadingiz? 
3. Yo’naltiruvchi savol - fikrni davom ettirishga undovchi savol. Misol: - Balki havo 
ta'sir qilgandir? 
Demak, savol berish qoidasi bemorning muammosini chuqur aniqlash uchun 
yordamchi vosita hisoblanadi. 
Hamshiralik 
jarayonining 
barcha 
bosqichlarida 
hamshira 
kommunikatsiya 
tamoyillariga amal qilishi kerak. 

Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish