Mustaqil ish uchun mavzu va topshiriqlar:
ECTS kredit texnologiyasida talabalar bilimini baholash tizimi.
O’zbekistonda tashkil etilgan masofaviy ta’lim tizimi: tajriba va imkoniyatlar (“Kelajak universiteti”).
O’zbekistonda o’qitishning kredit texnologiyalaridan foydalanish tajribalari.
Mavzu bo’yichatayanch iboralarga ta’rif bering va mohiyatini tushuntiring.
V-BOB
MUALLIFLIK O’QITISH TEXNOLOGIYALARI
Bobning qisqacha mazmuni: pedagogik jarayonda shaxsga yo’naltirilgan o’qitishtexnologiyalari (Sh.A.Amonashvili, M.Montessori), o’quvmaterialini chizmalar, belgilar va modellar ishorasi asosida o’qitishni jadallashtirish tizimi (V.F.Shatalov), tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyalari (G.K.Selevko), o’qitishni individuallashtirish texnologiyasi (Inge Unt, A.S.Granitskaya, V.D.Shadrikov), dasturlashtirilgan o’qitish texnologiyalari (B.P.Bespalko).
Tayanchiboralar: muallifliktexnologiyalari, shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalari, insoniy texnologiyalar, hamkorlik texnologiyasi, erkin tarbiya texnologiyasi, ezoterik texnologiya, avtoritar texnologiya, o’qitishni jadallashtirish texnologiyasi, tayanch konspekt, tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyalari, individuallashtirilgan o’qitish texnologiyalari, individual yondoshuv, dasturlashtirilgan o’qitish texnologiyalari.
Pedagogik jarayonda shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalari (Sh.A.Amonashvili, M.Montessori)
O’qitish texnologiyasi pedagogik strategiya sifatida talaba va o’qituvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish vositalariga ega bo’ladi. Bunga juda ko’plab ilmiy asos bilan yaratilgan va bugungi kunga qadar amaliyotda samarali qo’llanib kelinayotgan mualliflik texnologiyalarini misol qilish mumkin. Yuqoridagi mavzularda yoritilgan texnologiyalarni ham mualliflik texnologiyalari sifatida e’tirof etish mumkin, chunki har birining asosida yuzlab pedagog-, psixolog-olimlarning yillar davomidagi katta mehnati, izlanishlari va tajribasi yotadi.
Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar ta’lim tizimining markazida ta’lim oluvchi shaxsi turadi. Talabaning rivojlanishida sog’lom psixologik muhitni tashkil qilish, nizo va kelishmovchiliklardan asrash, sog’lom muloqotga o’rgatish, tabiiy imkoniyatlarini rivojlantirish, qobiliyatini o’stirishga qaratilgan. Bu yo’nalishni to’rt guruhga bo’lish mumkin:
Insonparvarlik texnologiyalari. Bu texnologiya o’zining insoniyligi bilan, psixoterapevtik yo’nalishi bilan ajralib turadi. Ushbu texnologiya gumanistik psixologiya asosida yaratilgan bo’lib, uning mazmuni talaba shaxsini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, unga nisbatan hurmat va mehr bilan qarash, majburlashdan voz kechishdan iboratdir.
Hamkorlik texnologiyasi. Bu texnologiya demokratiya, hamkorlik, tenglik kabi g’oyalar asosiga qurilgan. O’qituvchiva talaba orasidagi munosabatlar subyekt - subyekt sifatida qaraladi. Birgalikda ta’lim jarayoni tashkil etiladi va birgalikda ijod etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |