O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi farmakognoziya fanidan amaliy mashg’ulotlar bo’yicha o’quv qo’llanma



Download 4,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/107
Sana11.03.2023
Hajmi4,3 Mb.
#918174
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   107
Bog'liq
farmakognoziya fanidan o\'quv qo\'llanma

 
 
VI-BOB
Tarkibida glikozidlar bo’lgan dorivor o’simliklar va mahsulotlar 
 
6.1 TARKIBIDA GLIKOZIDLAR BO’LGAN
DORIVOR O’SIMLIKLAR VA 
ULARNING MAXSULOTLARI
Maqsad: 
1.Glikozidlarga umumiy xaraktеristika, tasnifi, o’simlik olamida tarqalishi.
2. Yurak glikozidlariga sifat reaksiyalari.
3.Yurak glikozidlariga rangli reaksiyalar.
4. Yurak glikozidlarini to‘yinmagan lakton xalqasiga rozengeym reaksiyasi. 
Darsning mazmuni: 
1. Glikozidlarga umumiy xaraktеristika, tasnifi, o’simlik olamida tarqalishi.
Glikozidlar 
(glycys – shirin)
o‘simlik olamida keng tarqalgan organik birikmalar 
xisoblanadi. turli omillar ta'sirida doimo qand (glikon) va qand bo‘lmagan (aglikon) 
qismlarga parchalanuvchi murakkab organik birikmalar glikozidlar deb ataladi. qand 
bo‘lmagan aglikon (yunoncha so‘z bo‘lib, qand emas degan ma'noni bildiradi), ba'zi 
glikozidlarda yana genin, sapogenin, emodin va boshqa nomlar bilan ataladi. 


137 
“Glikozid” termini birinchilardan bo‘lib, 19 asrning birinchi yarmida nemis 
kimyogarlari f.veler va yu.libix tomonidan fanga kiritilgan. 
Glikozidlar tarkibidagi qand qismi mono- (ko‘pincha glyukozadan), di-, tri- va qisman 
undan murakkab bo‘lgan oligasaxaridlardan hamda ayrim glikozidlarning o‘ziga xos 
spetsifik qandlardan tashkil topgan bo‘ladi. glikozidlar tarkibida bir (monozidlar), ikki 
(biozidlar), uch (triozidlar) va undan ortiq monosaxarid molekulasi bo‘lishi mumkin. 
Glikozidlar tabiatda eng keng tarqalgan tabiiy birikmalar sanaladi. ko‘pincha bir 
o‘simlikda bir necha xil glikozidlar mavjud bo‘ladi. masalan angishvonagul bargi 
tarkibida 70 ga yaqin glikozidlar uchraydi. glikozidlar o‘simliklarning turli organlarida 
turli miqdorda xujayra shirasida eriydigan shaklda bo‘ladi.
Glikozidlar o‘simlik to‘qimalarida bo‘ladigan moddalar almashinuvi jarayonida faol 
qatnashadi. glikozidlarga uglevodlarning zaxira holda yig‘ilgan shakllardan biri deb 
ham qaraladi. 
O‘simlik olamida ko‘pincha o-glikozidlar, kamroq S-glikoizdlar (krestguldoshlar, 
liliyadoshlar) va s-glikoizdlar (ayrim flavonoidlar – viteksin, antratsen unumlari, 
ksantonlar) tarqalgan bo‘ladi. N-glikozidlar xayvon organizmida xam uchraydi 
(nuklein kislota, nukleoproteidlar), ayrim antibiotiklar – streptomitsin va boshq. xam 
shu guruxga kiradi.
Glikozidlar inson va xayvonlar uchun juda muxim ahamiyatga ega, chunki ularni 
ko‘pchiligi qimmatli farmakalogik ta'sirlarga – kardiotonik, tetiklashtiruvchi, 
bo‘shashtiruvchi, o‘t xaydovchi, ich suruvchi va boshq. ta'sirlarga ega. 
Glikozidlarni bugungi kunda keng qo‘llanilayotgan muxim vakillari sianogen 
glikozidlar guruxiga kiruvchi yurak glikozidlari xisoblanadi. yurak glikozidlari ta'siri 
jihatidan tanlab ta'sir ko‘rsatuvchi biologik faol moddlar guruxiga kiradi. ular faqat 
issiqqonli xayvonlarning yurak mushaklarigagina ta'sir ko‘rsatadi. yuqori dozasi yurak 
mushaklarini sistola xolatida to‘xtatib qo‘yadi.
Hozirgacha butun dunyo miqyosida o‘simliklardan 400 ga yaqin yurak glikozidlari 
ajratib olingan. shulardan 160 tasi mdx xududidan olingan va o‘rganilgan. ajratib 
olingan glikozidlarning 380 tasi kardenolidlarga, kolganlari esa bufadienolidlarga 
kiradi. 


138 
Ma'lum bo‘lgan yurak glikozidlarni tashkil etishda 136 ta aglikon va 35 ta 
monosaxaridlar ishtirok etadi. 
Yurak glikozidlari va tarkibida ana shu glikozidlar bo‘lgan mahsulotlardan 
tayyorlangan dori turlari hamda preparatlar asosan yurak kasalliklarini (yurak porogi va 
shu kasallik natijasida qon aylanishining II va III darajali buzilishi, yurak astmasi va 
boshqalar) hamda ba'zi og‘ir va yuqumli kasalliklar natijasida yurak ishining qattiq 
buzilishi kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. 
Yurak glikozidlarini maxsulotda bor-yo‘qligini aniqlash uchun ular bilan rangli 
reaksiyalar o‘tkaziladi. 

Download 4,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish