O’zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi Toshket arxitektura qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakulteti Mustaqil ish Mavzu: Qurilish jarayonining atrof – muhitga ta’siri



Download 1,71 Mb.
Sana17.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#383034
Bog'liq
ekologiya

O’zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi Toshket arxitektura qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakulteti Mustaqil ish Mavzu: Qurilish jarayonining atrof – muhitga ta’siri

Tayyorladi: Usanova Ma`mura

Tekshirdi: Xudoynazarova Y.

Reja:

  • Qurilish jarayonidagi talablar.
  • Qurilish jarayonining atrof – muhitga ta’sirini kamaytirish.
  • Qurilish tizimlari texnogenezi to’g’risida asosiy tushunchalar.

Qurilish jarayonidagi talablar.

  • Qurilish jarayonidagi talablar.
  • XIX asr boshlarida yer sharida 750 shahar bo’lgan bo’lib, 1950 – yilda ularning soni 276000 dan oshib ketdi. Shaharlarda aholining yashashi 1950 – yilda 30% va 2015 – yilda esa 50 – 70% ko’payishi kuzatilgan.
  • Qurilish ekologiyasida loyihalantirish, qurilish va qurilish obyektlarini foydalanishda ekologik qarorlarni ilmiy asosda amaliyotda qo’llanilishi talab qilinadi.

Qurilish – moddiy ishlab chiqarishning yirik tarmoqlaridan biri bo’lib, turli maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish va qaytadan ta’mirlash, foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino va inshootlar keng ma’noda yaratuvchanlik jarayonidir. Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan ishlab chiqarish korxonalari, turar – joylar, jamoat binolari, inshootlar va boshqa obyektlar qurilish mahsulotlari hisoblanadi.

Qurilish jarayonlarini tashkil etish talablari

  • Qurilish jarayonlarini tashkil etish talablari quyidagilardan iborat:
  • yonma – yon qurilish jarayonida ishtirok etadigan barcha omillarning bir vaqtning o’zida bo’lishi;
  • tejash – qurilish jarayonida kerak bo’lmagan harakatlarni va usullarni qisqartirish. Masalan: ishchilar soni, mashina va mexanizmlar, asbob – uskunalar va h.k;
  • uzluksizlik – qurilish jarayoni ishtirokchilarining vaqt bo’yicha uzluksiz tartibda o’z vazifasini bajarishi bilan hisoblanadi. Buni ta’minlashni ish unumdorligining oshishiga olib keladi;
  • rejalashtirmoq va ogohlantirmoq – bunda asosiy va qo’shimcha ishlarni qat’iy tartibini va vaqtini belgilaydi;
  • ishchi va uning harakatlanishiga qulay holat – bu mehnat fiziologiyasi qonuniyatlariga asoslanadi;

Qurilish maydoni uchun yer ajratish ikki bosqichda amalga oshiriladi. 1) Oldindan obyektning joylashishi va mo’ljallangan o’lchamlar asosida maydon kelishish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi, bu loyiha qidiruv ishlarini o’tkazish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 2) Undan so’ng tasdiqlangan loyiha asosida qurilish boshlanishidan oldin yer maydonlarini ajratish to’g’risida yakuniy qaror rasmiylashtiriladi.

Qurilish jarayonining atrof – muhitga ta’sirini kamaytirish.

Qurilish jarayonida atrof – muhitga salbiy ta’sirlar bo’lib turadi. Masalan, tadqiqot ishlarini olib borishda, yo’llar qurilishida, shiningdek to’g’ridan – to’g’ri qurilish obyektlarida.

Qurilish maydonini tayyorlash bevosita daraxt va butalarning kesilishi,tuproq qatlamining zararlanishi va qurilish maydonlaridan chiqayotgan oqova suvlar, kovlash ishlari, qurilayotgan obyekt tagidan poydevor uchun qazilgan chuqurlik va qovurlar uchun ariq, qurilish maydonchasida harakatlanayotgan avtotransport va boshqa mexanizmlar tomonidan chiqayotgan chiqindilar – qurilish jarayonidagi asosiy ifloslantiruvchi manbalar sanaladi.

Tabiatda amalga oshiriladigan qurilish ekotizimlarini har bur vakillari uchun talofat yetkazadi, masalan hayvonot olamiga: qurilishning bo’lishi natijasida hayvonot olamining ozuq zanjiri buziladi, bu esa o’z navbatida ularning sonini qisqarishiga olib keladi. Loyiha tuzuvchilar iloji boricha tabiiy atrof – muhitga qurilishning salbiy ta’sirini kamaytirishga harakat qilmoqdalar.

Qurilish jarayonining biosfera tarkibiy qismlariga salbiy ta’sirlari va ularni kamaytirish quyidagilardan iborat.


Gidrosferaga bo’ladigan ta’sir asosan yer qazish ishlaridan chiqqan suvlarni tindirib keyin irrigatsion tizimga quyish talab qilinadi.

Atmosferaga bo’ladigan ta’sirlar ifloslanish, shovqin, chang. Bu ta’sirlar qurilish bosqichida amalga oshadi. Ifloslasnish har xil texnikalarning harakati, ishlashi jarayonida sodir etiladi. Tuproqni yumshatish, qazish, to’ldirish, tekislash, portlatish ishlarida chang ko’tariladi va atrof – muhitga shovqin ko’tariladi.



Litosferada asosiy ta’sir tuproq resurslariga bo’lib, bunda tuproqning unumdor qatlamiga zarar yetadi va ma’lum darajada ifloslanadi. Buning oldini olish uchun ish jarayonida suvdan foydalanish va namlik yetarli sharoit bo’lishi kerak.

Qurilish tizimlari va texnogenezi to’g’risida asosiy tushunchalar.


Qurilish texnogenezi – biosferaning barcha tarkibiy qismlariga antropogen ta’sirining kuchli omili hisoblanadi. Har qanday inshoot qurilishi va foydalanishi doimo tabiiy ekologik muvozanat holatidan u yoki bu og’ishni keltiradi. Barcha qurilish ishlab chiqarish me’yor va qoidalariga diqqat bilan o’zida rioya qilinishida ham hattoki tabiiy sharoit buzlishi yuzaga kelishi muqarrardir. Qurilish tarmog’I tabiiy resurslardan yirki foydalanuvchi hisoblanadi, bu esa ko’pincha ularni kamayishiga olib keladi. Olib borilgan izlanishlar shuni ko’rsatadiki, mlrd. tonna o’lchanadigan mahsulotlar, ya’ni qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish antropogen faoliyatning material sarflanish hajmining eng katta ko’rinishi hisoblanadi. Dunyoda faqatgina beton ishlab chiqarish uchun yiliga bir necha tonna sement, chaqiq tosh, qum va boshqa tiklanmaydigan tabiiy resurslar sarflanadi.
Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish