~ 96 ~
pudratchi qurilish tashkilotlari uchun qurilish texnikasi va asbob-uskunalarni sotib
olishga yo‗naltiriladigan mablag‗lar summasiga soliq solinadigan bazani kamaytirish
daromad (foyda) solig‗i bo‗yicha imtiyozlarni qo‗llash tartibini belgilaydi. Unga
quyidagilar ko‗zda tutiladi:
1. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi
395-sonli "Kapital qurilishda xo‗jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida"gi qaroriga muvofiq pudratchi qurilish tashkilotlarini
qurilish texnikasi va asbob-uskunalarni sotib olishga yo‗naltiriladigan mablag‗lari
2006 yilning 1 yanvarigacha daromad (foyda) solig‗ini hisoblashda soliq solinadigan
bazadan chiqarib tashlanadi.
2. Pudratchi qurilish tashkilotlari tomonidan qurilish texnikasi va asbob-
uskunalarni sotib olishga yo‗naltiriladigan mablag‗lari buxgalteriya hisobi
ma‘lumotlari bo‗yicha aniqlanadi va quyidagilarda hisobga olinadi:
a) montaj talab etiladigan qurilish texnikasi va asbob-uskunalari kelib
tushganda - o‗rnatishga asbob-uskunalar
hisobi schyotida, "O‗rnatishga qurilish
asbob-uskunalari" hisobidan ajratilgan holda;
b) montaj talab etilmaydigan qurilish texnikasi va asbob-uskunalari kelib
tushganda - kapital qo‗yilmalar hisobi schyotida "qurilish texnikasi va asbob-
uskunalarni sotib olish" hisobidan ajratilgan holda.
3. Pudratchi qurish tashkilotlari tomonidan qurilish texnikasi va asbob-
uskunalarni sotib olishga yo‗naltirilgan mablag‗lari summasi haq to‗langan va pul
tushgan sanadan qat‘i nazar hisobot davrida daromad (foyda) solig‗ini hisoblashda
soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadi.
4. Soliq solinadigan bazani kamaytirish bo‗yicha imtiyozlarni qo‗llashda
tegishli hisobot davri uchun daromad (foyda) solig‗ini hisoblash bo‗yicha
hisob-
kitoblarga qurilish texnikasi va asbob-uskunalarni sotib olishga yo‗naltirilgan
mablag‗lar summasi ko‗rsatilgan ma‘lumotnoma ilova qilinishi shart.
5. Korxonalar soliq solish bazasini kamaytirish bo‗yicha berilgan imtiyozlarni
hisobga olgan holda daromad (foyda) solig‗ini to‗g‗ri hisoblash uchun javobgardirlar.
6. Daromad (foyda) solig‗ini hisoblash va o‗z vaqtida to‗lash yuzasidan nazorat
O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‗zbekiston Respublikasining "Davlat soliq
xizmati to‗g‗risida"gi qonuni va O‗zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik
hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish miqyosining o‗sishi va boshqa ijobiy o‗zgarishlar
sharoitlarida, ba‘zan korxonaning asosiy fondlari, jumladan, ishchi mashinalar va
uskunalar, ishlab chiqarish binolari, qurilmalar va hokazolar etmay qoladi. Bunday
hollar ro‗y berganda korxona shartnoma asosida o‗ziga kerakli bo‗lgan
asosiy
fondlarni yollaydi va ular ijaraga olingan hisoblanadi. Ijaraga beruvchi va ijaraga
oluvchi o‗rtasida yuzaga keluvchi mulk munosabatlari
lizing
deb ataladi (ingl. Lease
- ijara).
―Kapital qurilishda ijara va lizing xizmatlari tizimini joriy etish to‗g‗risida‖
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori (23.10.2003 y. № 462)
qabul qilingan bo‗lib, unda kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada
~ 97 ~
chuqurlashtirishga yo‗lida ijara va lizing xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan
tadbirlar ko‗zda tutilgan:
1. Vazirlar Mahkamasining qurilish, qurilish materiallari sanoati, uy-joy-
kommunal xo‗jaligi
va transport kompleksi, O‗zbekiston Respublikasi Tashqi
iqtisodiy
faoliyat
milliy
banki,
"Asaka"
banki,
"Paxta-bank",
"O‗zsanoatqurilishbank", "O‗zuyjoyjamg‗armabank", "O‗zbekiston temir yo‗llari"
davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "O‗zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi,
"O‗zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamg‗armasi 1 mlrd so‗m
bo‗lgan, ulushlar 7.1-jadvalga muvofiq taqsimlanadigan ochiq aksiyadorlik jamiyati
shaklidagi "qurilish-lizing" lizing kompaniyasini tashkil etish.
2. "Qurilish-lizing" lizing kompaniyasiga:
o‗z moliyaviy manbalari hisobiga, shuningdek mamlakatimiz banklari va
xorijiy banklar kreditlarini jalb qilish yo‗li bilan zamonaviy qurilish texnikasi, kichik
mexanizatsiya va maxsus transport vositalari xarid qilish;
qurilish
texnikasini,
transport
va
kichik
mexanizatsiya
vositalarini
mulkchilikning barcha shakllaridagi pudrat qurilish tashkilotlariga, birinchi navbatda,
kichik va xususiy biznes sub‘ektlariga shartnoma asosida lizingga va ijaraga berish
yuklanadi.
3. "Qurilish-lizing" lizing kompaniyasi xodimlarining cheklangan umumiy soni
34 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 19 nafar bo‗lgan
boshqaruv tuzilmasi
belgilangan. (7.1-rasm)
4. O‗zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‗mitasi, Moliya vazirligi:
Vazirlar Mahkamasining "2003-2004 yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‗g‗risida" 2003 yil 17 apreldagi 185-son
qaroriga muvofiq pudrat qurilish tashkilotlarining davlat aktivlarini birja va birjadan
tashqari bozorlarda sotishdan tushadigan mablag‗larni;
iqtisodiy nochor pudrat qurilish tashkilotlarining byudjet oldidagi qarzlarini
qoplash hisobiga ularning mol-mulkini qarz summasi doirasida sotishdan tushadigan
mablag‗larni qaytarish asosida "qurilish-lizing" lizing kompaniyasiga 5 yil muddatga
beriladi, ushbu mablag‗lar kompaniyaning maxsus hisob raqamiga o‗tkaziladi.
Ushbu mablag‗lardan faqat keyinchalik ularni pudrat qurilish tashkilotlariga
lizing va ijaraga berish uchun qurilish texnikasi, kichik mexanizatsiya va transport
vositalari xarid qilish uchun foydalanilishi mumkin.
5. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‗mitasi Davlat mulki qo‗mitasi va Davlat soliq
qo‗mitasi bilan birgalikda tugatilayotgan iqtisodiy nochor
qurilish tashkilotlarining
qurilish texnikasi, transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalarini ularning
byudjet oldidagi qarzlarni qoplash hisobiga "qurilish-lizing" lizing kompaniyasiga
beriladi.
Tugatilayotgan iqtisodiy nochor pudrat qurilish tashkilotlarining ularning
byudjet oldidagi qarzlarini qoplash hisobiga "qurilish-lizing" lizing kompaniyasiga
beriladigan asosiy vositalari daromad solig‗i va mol-mulk solig‗i bo‗yicha soliqqa
tortish ob‘yekti hisoblanmaydi.
6. "Qurilish-lizing" lizing kompaniyasi:
~ 98 ~
O‗zbekiston
Respublikasi hududiga, keyinchalik ularni lizingga va ijaraga
berish uchun olib kelinayotgan qurilish texnikasi, ehtiyot qismlar, qurilish transport
vositalari va kichik mexanizatsiya vositalari uchun bojxona bojlari va qo‗shilgan
qiymat solig‗idan 5 yil muddatga;
qurilish texnikasi va kichik mexanizatsiya vositalarini lizingga va ijaraga
berishdan olingan daromadlar bo‗yicha 2007 yil 31 dekabrgacha daromad (foyda)
solig‗idan ozod qilinadi, soliqqa tortishdan bo‗shaydigan mablag‗lar
zamonaviy
qurilish asbob-uskunalari va texnika xarid qilishga maqsadli yo‗naltiriladi.
7.1 jadval
Do'stlaringiz bilan baham: