2. To’lanadigan qisqa muddatli ijara hamda hisoblangan foizlar hisobi



Download 18,83 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi18,83 Kb.
#583866
Bog'liq
2-reja


2. To’lanadigan qisqa muddatli ijara hamda hisoblangan foizlar hisobi

To’lanadigan qisqa muddatli ijira hisobi 6910 - “To‘lanadigan qisqa muddatli ijara” schyotida yuritiladi.


6910 - “To‘lanadigan qisqa muddatli ijara”- ushbu passiv schyotning kreditida qisqa muddatga olingan ijara uchun qarzlarning hisoblanishi, debetida esa ushbu qarzniuzilishi aks ettiriladi. Ijaraga olingan mulkni foydalanish maqsadiga qarab hisoblangan ijara haqiga ishlab chiqarish harajatlari schyotlari (2010,2310,2510) yoki davr harajatlari schyotlari debetlanadi (9410,9420). Ijara bo‘yicha qarzlar uzilganda pul mablag‘lari schyotlari (5010,5110,5210 va boshqalar) kreditlanadi. Ushbu schyotning analitik hisobi har bir ijaraga beruvchi bo‘yicha yuritiladi.
Kreditorlik qarzlari tarkibiga mol yetkazib beruvchilar va pudratchilardan qarzlar, kechiktirilgan daromadlar, soliq va majburiy ajratmalar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar, xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar, bank kreditlari, muomalaga chiqarilgan korporativ obligatsiyalar, soliqlar va majburiy ajratmalar boʻyicha qarzlar, dividendlar boʻyicha majburiyatlar va boshqa qarzlar kiradi.
Korxonaning toʻlovga qobiliyatliligini va moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida kreditorlik qarzlarini boshqarishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
Uzoq muddatli kreditlar jalb qilish orqali amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligini oldindan baholash. Mazkur jarayonda asosiy e’tibor investitsiyalarni qoplash vaqti va investitsiyalar samaradorligini aniqlashga qaratiladi. Agarda kredit muddati investitsiyani qoplash muddatidan uzoqligi, shuningdek erishiladigan natija tegishli xarajatlardan yuqoriligi aniqlansagina kreditlarni jalb qilish lozim boʻladi.
Kreditorlik qarzlari va debitorlik qarzlarining miqdor va vaqt jihatdan birbiriga oʻzaro muvofiqligini ta’minlash. Mazkur jihat bevosita toʻlovga layoqatlilikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Kreditorlik qarzlarini oʻz vaqtida qoplash maqsadida toʻlov kalendarlarini ishlab chiqish. Toʻlov kalendarini ishlab chiqishda faqatgina aniq sanalar belgilanib qolmasdan mos toʻlov manbalarini oldindan belgilashga ham e’tibor qaratiladi. Kreditorlik qarzlarini belgilangan vaqtdan oldin qoplash bozor iqtisodiyoti sharoitida ijobiy holat sifatida tavsiflanavermaydi. Chunki olingan kreditlarni muddatdan oldin qaytarish foiz xarajatlarini kamaytirish mumkin, lekin boshqa tomondan mavjud mablagʻlardan samarali foydalanish imkoniyatini qoʻldan boy berishni anglatadi. Boshqa tomondan kredit muassasalari tomonidan qaytarib olingan mablagʻlarni joylashtirish uchun ortiqcha vaqt yoʻqotilishiga sabab boʻladi va oʻsha vaqt boʻyicha foizli daromadlar hisoblanmasligiga sabab boʻladi.
Kreditorlik qarzlarini boshqarishda ularning ta’sir doirasini hisobga olish. Bunda asosiy e’tibor toʻlovni kechiktirish natijasida qoʻllaniladigan moliyaviy jarimalar yoki boshqa choralarga qaratiladi.
Shartnomaviy munosabatlarni toʻgʻri tashkil etish. Ma’lumki, mahsulot sotish bilan bogʻliq shartnomaviy munosabatlar soliq va majburiy ajratmalar boʻyicha kreditorlik qarzlari yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Ya’ni oy yoki chorak oxirida mahsulot sotish boʻyicha debitorlik qarzi shakllanishi oʻz navbatida navbatdagi oy yoki chorak boshida soliq toʻlovlari boʻyicha kreditorlik qarzi shakllanishiga zamin yaratadi. Agarda mazkur holatda debitorlik qarzining kelib tushish vaqti soliqlar toʻlash vaqtidan uzoqroq boʻladigan boʻlsa oʻz-oʻzidan korxonaning aylanma mablagʻlari chiqib ketishiga olib keladi. Aynan shundan kelib chiqqan holda har bir shartnomaviy munosabatda debitorlik va kreditorlik qarzlarining yuzaga kelishi hamda ularning oqibatlarini oldindan baholash maqsadga muvofiq.
Xulosa qilib aytganda, debitorlik qarzlarining oʻz vaqtida kelib tushmasligi korxona va tashkilotlarda pul mablagʻlariga defitsitni yuzaga keltiradi. Natijada esa joriy faoliyatni moliyalashtirish uchun korxonaning aylanma aktivlarga boʻlgan ehtiyoji oshadi va oʻz navbatida kreditorlik qarzlarini oʻz vaqtida qoplay olmaslik natijasida toʻlovga qobiliyatlilik darajasi pasayishiga sabab boʻladi.
Debitorlik qarzlarini boshqarishdan asosiy maqsad ularning kechikishiga yoʻl qoʻymaslik, jarimalar qoʻllash yoki boshqa usullardan foydalanishgacha olib bormaslik hisoblanadi. Kreditorlik qarzlarini boshqarishdan asosiy maqsad esa moliyaviy majburiyatlarni oʻz vaqtida qoplashni tashkil etish boʻlib, unda kreditorlik qarzlarini toʻlab berishning kechikishi tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha moliyaviy majburiyatlarga yoʻl qoʻymaslikka e’tibor qaratiladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari vujudga kelish sabablari sifatida bir tizimga boʻysunuvchi korxonalar oʻrtasida zanjirli bogʻlanishning amal qilishi, korxonalarda moliyaviy beqarorlik holatlarining yuzaga kelishi, debitorlik va kreditorlik qarzlari boʻyicha ta’sir doirasining pastligi, makroiqtisodiy beqarorlik holatlari yuzaga kelishi, avans toʻlovlarining amal qilishi kabilarni keltirish mumkin.
Debitorlik qarzlarini boshqarishda debitorlik qarzlari boʻyicha aniq chegara va me’yorni belgilash, iste’mol kreditlari, tijorat kreditlari boʻyicha aniq sxemalar ishlab chiqish (toʻlov jadvallarini ishlab chiqish, xaridorlar bilan optimal hisob-kitob shaklini belgilash (masalan, akkreditivlardan maksimal foydalanish), debitorlik qarzlarini muddatlar boʻyicha tasniflash, debitorlik qarzlarini diversifikatsiyalash, debitorlik qarzlarining korxona moliyaviy barqarorligiga ta’sirini doimiy monitoring qilish, debitorlik va kreditorlik qarzlari nisbatini nazorat qilish, debitorlik qarzlari boʻyicha ta’sir choralarini belgilash, debitorlik qarzlari yuzaga kelishi ehtimoli past boʻlgan mahsulot ishlab chiqarishini oshirish, faktoring operatsiyalarini qoʻllash kabilarga e’tibor qaratish lozim.
Korxonaning toʻlovga qobiliyatliligini va moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida kreditorlik qarzlarini boshqarishda uzoq muddatli kreditlar jalb qilish orqali amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligini oldindan baholash, kreditorlik qarzlari va debitorlik qarzlarining miqdor va vaqt jihatdan bir-biriga oʻzaro muvofiqligini ta’minlash, kreditorlik qarzlarini oʻz vaqtida qoplash maqsadida toʻlov kalendarlarini ishlab chiqish, kreditorlik qarzlarini boshqarishda ularning ta’sir doirasini hisobga olish, shartnomaviy munosabatlarni toʻgʻri tashkil etish kabilarga e’tibor qaratiladi.
Download 18,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish