E=(S
1
+E
n
K
1
)
- (S
2
+E
n
K
2
) (4.6)
bu yerda: S
1
va S
2
– qiyoslanayotgan variantlarda mahsulot tannarxi;
K
1
va K
2
– qiyoslanayotgan variatlarda kapital qo‗yilmalar.
Agar E
n
o‗rnatilgan normativga teng yoki kam bo‗lsa, qushimcha kapital
qo‗yilmalar tejamli hisoblanadi. Bir necha variantlar yechimlarini solishtirishda
variantlar bo‗yicha keltirilgan xarajatlar(
X
kel
)ni hisoblashdan foydalaniladi:
~ 55 ~
X
kel
= S + E
n
K → min
(4.7)
bu yerda :
S - har bir variant bo‗yicha joriy xarajatlar;
E
n
– kapital qo‗yilmalarning normativ koeffitsienti;
K - shu variant bo‗yicha kapital qo‗yilmalar.
Kapital
qo‗yilmalarning solishtirilayotgan variantlari, aniqlanayotgan
samaradorlik belgisidan tashqari barcha belgilar (mahsulot hajmi, tarkibi, sifati,
tayorlash muddati) bo‗yicha, shuningdek ijtimoiy ta‘sir, jumladan atrof-muxitni
himoya qilish bo‗yicha solishtirma jihatga (solishtirish imkoniyatlariga) ega bo‗lishi
kerak.
Hozirga paytda amaliyotda investitsiyalar samaradorligini aniqlashda
BMTning YUNIDO tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan metod keng
qo‗llanilmoqda. Bu metod mazmuni va asosiy ko‗rsatkichlari bilan ushbu ma‘ruza
mantnlarining mualliflari tomoninidan tayyorlangan «Biznes-rejalashtirish» fani
bo‗yicha o‗quv qo‗llanma va ma‘ruza matnlarida tanishish mumkin.
4.4 Investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini oshirish yo„llari
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi ―O‗zbekiston
Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‗g‗risida‘gi
PF-5495-son Farmoniga muvofiq:
a) 2018 yil 1 oktyabrdan investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yer
uchastkalarini berishning quyidagi yangi mexanizmlari joriy etilmoqda:
qishloq xo‗jaligiga mo‗ljallanmagan yer uchastkasini 50 yilgacha muddatga,
lekin arizada ko‗rsatilganidan kam bo‗lmagan muddatga investitsiya loyihalarini
amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijaraga berish;
ko‗chmas mulk ob‘yektlarini (mehmonxonalar, savdo ob‘yektlari, madaniy-
ko‗ngilochar majmualar, maishiy xizmat ko‗rsatish ob‘yektlari, ta‘lim va tibbiyot
tashkilotlari, yo‗l infratuzilmasi va boshqalar) qurish uchun yer uchastkalariga
doimiy egalik qilish huquqini auksion orqali sotish;
b) quyidagilarga:
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda
tuman (shahar) hokimlariga chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga qishloq
xo‗jaligiga mo‗ljallanmagan er uchastkasini 50 yilgacha muddatga, lekin arizada
ko‗rsatilganidan kam bo‗lmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish
uchun uzoq muddatli ijaraga berish;
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimlariga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida va
tartibda 10 million AQSH dollaridan ko‗p bo‗lmagan ekvivalentda chet el
investitsiyasi ulushi bo‗lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda chet el
investorlari bilan investitsiya shartnomalarini tuzish;
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va
Toshkent shahar Kengashlariga umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq, lekin
5000 kvadrat metrdan ko‗p bo‗lmagan foydalanilmayotgan davlat mulki ob‘ektlarini
~ 56 ~
(O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 iyundagi ―Davlat mulki
ob‘yektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi PQ-3067-son qarorining 1 va 2-ilovalarida ko‗rsatilgan ob‘yektlar
bundan mustasno) investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sotish to‗g‗risida
qaror qabul qilish huquqi berildi.
2. Vazirlar Mahkamasi va Toshkent shahar hokimligining 2018 yil 15
avgustdan 2019 yil 15 avgustgacha Toshkent shahrida investitsiya muhitini
yaxshilash bo‗yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi eksperiment (keyingi o‗rinlarda
eksperiment deb yuritiladi) o‗tkazish to‗g‗risidagi taklifi qabul qilinsin:
investorlar bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri muzokaralar yakunlari bo‗yicha investitsiya
shartnomalarini tuzish orqali Toshkent shahar hokimining qarori asosida
soddalashtirilgan tartibda investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy
egalik, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer
uchastkalarini taqdim etish imkoniyati;
investorlar bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri muzokaralar yakunlari bo‗yicha investitsiya
kelishuvi asosida Toshkent shahar hokimining qarori bilan davlat mulki ob‘yektlarini,
shu jumladan foydalanilmayotgan ob‘yektlarni ularning maydoni hajmidan qat‘i
nazar berish, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan davlat-
xususiy sheriklikni joriy etish nazarda tutilgan sohalardagi ob‘yektlar bundan
mustasno;
Toshkent shahar hokimining qarori bilan kichik sanoat zonalari direksiyasi
funksiyalarini ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida xususiy boshqaruvchi
tashkilotlarga berish;
Toshkent shahar hokimining qaroriga ko‗ra mahalliy davlat hokimiyati
organlarining bozorlar va savdo komplekslari ustav kapitali (fondi)dagi ulushlarini
ularning balans qiymati va xodimlari sonidan qat‘i nazar xususiy tadbirkorlik
sub‘yektlariga faoliyat yo‗nalishini saqlab qolish, investitsiya va ijtimoiy
majburiyatlar olish sharti bilan berish, shuningdek, bozorlar va savdo
komplekslarining ijro etuvchi organi funksiyalarini shartnoma asosida xususiy
boshqaruvchi tashkilotlarga biznesni tashkil etish va yuritish uchun berish. Bunda,
har bir tumanda mahalliy davlat hokimiyati organining ulushi bo‗lgan bitta mahalliy
bozor saqlab qolinishi nazarda tutilsin;
Toshkent shahar hokimining qarori bilan davlat-xususiy sheriklik shartlarida
avtomobil yo‗llari bo‗ylab pulli avtomobil to‗xtash joylarini tashkil etish bo‗yicha
loyihalarni amalga oshirish, xususiy investorlarni jalb qilgan holda ko‗p qavatli
avtomobil saqlash joylarini qurish dasturlarini tasdiqlash;
eng yuqori ijara to‗lovlari va investitsiya majburiyatlarini taklif etgan, asosan
yo‗l harakati sohasida innovatsiya loyihalarini amalga oshirishda tajribaga ega
tadbirkorlik sub‘yektlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‗lgan,
shu jumladan bozorlar va savdo komplekslariga tutash hududlarda joylashgan
avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida 10
yilga qadar muddatga ijaraga berish.
Kapital qo‗yilmalarning iqtisodiy samaradorligi ijtimoiy mehnat unumdorligini
oshishi hamda mahsulot tannarxini kamayishi bilan ifodlanadi. Yangi ishlab chiqarish
~ 57 ~
quvvatlarini yaratish milliy hamda jaxon tajribalari asosida tashkil etilishi, hamda
nafaqat mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‗paytirish, balki ishchilar mehnatini
engilashtirish, unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini
pasaytirishga yo‗naltirilishi lozim.
Kapital qo‗yilmalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishdagi birinchi darajali
omil – vaqt bo‗lib, ob‘yektlar qanchalik tez ishga tushsa shunchalik tez va ko‗p
mahsulot ishlab chiqariladi va (xalq ) aholi ixtiyoji qondiriladi yoki aksincha, qurilish
muddatining o‗zayishi kapital qo‗yilmalarining samaradorligini pasaytiradi. Misol
uchun, qurilish muddatining 10% ga o‗zayishi qurilish montaj ishlarini tannarxini 1-
2%ga oshiradi. Qurilish muddatini haddan tashqari o‗zaytirish, bitkazilmagan, chala
qurilishlar
hajmini
kengaytiradi,
asosiy
fondlarni
joriy
etish
rejalarini
bajarilmasligiga olib keladi.
Kapital qo‗yilmalarning samaradorligi qurilishning tashkil etilishiga, qurilish
tashkilotlarining faoliyatiga bog‗liqdir. Qurilish ishlari qanchalik oqilona samarali
tashkil etilsa, shunchalik ko‗p yangi korxonalar, uylar, maktablar, kasalxonalar va
boshqa ob‘yektlarni qurish mumkin.
Kapital qo‗yilmalarning samarali yunaltirishni rejalashtirish quyidagilarga
alohida e‘tibor berishni talab qiladi:
asosiy (ya‘ni muhim) ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish;
mamlakat xududida iqtisodiy asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etish,
tabiiy resurslardan tularoq foydalanish, iqtisodiy hududlarni rivojlantirish,
korxonalarni ixtisoslashtirish va kooperatsiyani tashkillashtirish;
moddiy va mehnat resurslarini oqilona yunaltirish, chunki bu vositalarini
amalga tezroq kiritishga imkon yaratadi.
Loyihalashtirishda qurilayotgan korxonalarning asosiy texnik-iqtisodiy
ko‗rsatkichlarini, texnik darajasini aniqlash, samarali loyihaviy qarorlar, qurilishni
amalga oshirishning oqilona va samarali yo‗llari belgilanadi.
Shuni aytish lozimki, zamonaviy loyihalash amaliyotida na‘munaviy
(ommaviy) loyihalar bilan bir qatorda, maqdan vaa materiallarni tejashga
yo‗naltirilgan individual loyihalarni yaratish ham rivojlanib bormoqda. Texnologik
tizimni qayta qurilishga tez moslashadigan yangi bino va inshootlar qurilishni
loyihalashtirish amalda ko‗paymokda. Sanoat korxonalarida mehnat sharoitlarini
yaxshilash maqsadida issiklik, energiya va shovqinga qarshi xarakteristkalarga ega
uskunalardan foydalanilayapti.
Zamonaviy loyihalarda binolarga mashina yoki uskunalar uchun quti sifatida
qarashayapti. Moxiyatan ular kapital qo‗yilmalar hamda ishlab chiqarish
samaradorligini oshrishga imkon beruvchi optimal mehnat sharoitlarini hamda
texnologik jarayonlarini yo‗lga quyishni anglatadi.
Kapital qo‗yilmalarning samaradorligini oshirishning muhim yo‗li - bu
ularning texnologik va takror ishlab chiqarish tuzilmasini takomillashtirishdir.
Vaholanki, bu qo‗shimcha vositalarni talab qilmaydi va asosan loyihalashtirish
hamda rejalashtirish bosqichlarida amalga oshiriladi.
Ma‘lumki, kapital qo‗yilmalari qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish,
uskunalarni, inventarlarni sotib olish va boshqa ishlarga – loyiha qidiruv, qurilish
~ 58 ~
maydonini tayyorlash, qurilayotgan korxona uchun kadrlarni tayyorlash va x.k. larga
sarflanadigan xarajatlardan kelib chiqadi.
Fondlarning aktiv qismiga ajratilgan mablag‗ning ulushi qanchalik ko‗p bo‗lsa,
ishlab chiqarishning va kapital qo‗yilmalarning samaradorligi shunchalik yuqori
bo‗ladi.
Kapital qo‗yilmalarning umumiy xajmidan harakatdagi korxonalarni
rekonstruksiya qilish, qayta texnik qurollantirish va kengaytirishga yo‗naltirilgan
mablag‗larning ulushini oshirish orqali, qisqa muddatlarda va kam xarajatlar bilan
iqtisodiy samaraga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |