~ 59 ~
5-MAVZU: QURILISHDA LOYIHALASHTIRISH
IQTISODIYOTI VA UNI TASHKIL ETISH
Reja:
5.1. Qurilishda loyihalashtirish maqsadi va vazifalari.
5.2. Loyihalash bosqichlari va loyiha hujjatlarining tarkibi.
5.3. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini baholash.
5.4. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini
oshirishning asosiy
yo‗nalishlari.
5.1. Qurilishda loyihalashtirish maqsadi va vazifalari
Har bir qurilish ob‘yektini tiklashda avvalom bor, uning qurilishini amalga
oshirishning texnik imkoniyatlari va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi ko‗rib
chiqiladi. Bu vazifalar, savol va masalalar ―loyiha‖ deb nomlanuvchi maxsus hujjatda
o‗z aksini topadi.
Loyiha –
bu quriladigan injenerlik inshooti yoki quyidagi ko‗rinishda namoyon
etiladigan sanoat ishlab chiqarilishi yoki fuqarolar uchun mo‗ljallangan ob‘ktlarni
shakllantirish bo‗yicha quyida keltirilgan maqsadlar tizimidir:
-
qurilajak inshootning arxitekturaviy – rejaviy, konstruktiv – kopnovkali
va texnologik yechimlarining grafik materiallari (chizmalari)dir;
-
inshoot
qurilishi texnik imkoniyatlari, konkret tabiiy muhitda
bajariladigan ishlarning ishonchliligi va xavfsizligini asoslovchi hisoblash –
tushuntirish matni;
-
qurilish tannarxini aniqlaydigan va moliyaviy xarajatlar, moddiy –
texnikaviy va mehnat resurslarining iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiqligini
asoslab beradigan smeta–iqtisodiy qism.
Qurilish ob‘yektining iqtisodiy samaradorligi, uning hayotiylik siklining
xarakteri va funksiyallashuvining
davomiyligi, chiqarilayotgan mahsulotning
tannarxi, ekspluatatsiya va mehnat qilish sharoitlari ahamiyatli tarzda loyihaviy
yechimlarning darajasiga, ya‘ni bir so‗z
bilan aytganda, loyihaning qanday darajada
tayyorlanganligiga bog‗liq bo‗ladi.
Har qanday ob‘yektni loyihalash odatda bir nechta bosqichlarda amalga
oshiriladi. Loyihalashning birinchi bosqichida g‗oya paydo bo‗lgandan so‗ng
investitsiyalash maqsadlari: ob‘yektning qanday vazifa bajarishga mo‗ljallanishi,
uning quvvati, ishlab chiqariladigan
mahsulotlar nomentklaturasi, joylashish o‗rni
aniqlanadi.
Investitsiyalash
imkoniyatlari
va
kutilayotgan
texnik
– iqtisodiy
ko‗rsatkichlarga erishishni baholash olib boriladi.
Birinchi bosqichda bajarilgan izlanishlar (ilmiy – tadqiqot ishlari) va ishlar
asosida buyurtmachi (investor) g‗oyalarni amalga oshirish bo‗yicha
ishlarni davom
ettirish yoki ularni to‗xtatish bo‗yicha qaror qabul qiladi. Ijobiy qaror qabul qilingan
taqdirda buyurtmachi qurilishi mumkin bo‗lgan ob‘yektning berilgan rayonda
~ 60 ~
qurilishi kutilayotganligi to‗g‗risidagi ob‘yektni joylashtirish bo‗yicha oldindan
kelishishni iltimos qilish tariqasidagi ariza bilan mahalliy
hokimiyat organlariga
murojaat qiladi. Mahalliy hokimiyat organlaridan ijobiy javob olingandan keyin
buyurtmachi
Do'stlaringiz bilan baham: