O‘z-o‘zidan saralanish. Tayyor omixta em o‘lchami, shakli va zichligi turlicha bo‘lgan zarrachalar aralashmasi ko‘rinishida bo‘ladi. Omixta em harakati jarayonida, ayniqsa, erkin tushishida (silosida) zarrachalarning bir-biriga nisbatan o‘zaro joylashuvi sodir bo‘ladi. Bu o‘z-o‘zidan saralanish jarayonidir. O‘z-o‘zidan saralanishda nisbatan kichik zarrachalar pastga tushishi natijasida omixta em sifati buzilishi mumkin. Ma’lum darajada suyuq komponentlarning kiritilishi sochiluvchan aralashmaning o‘z-o‘zidan saralanish jarayoniga to‘sqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |