Zarrachalari kattaligi. Xar bir sochiluvchan komponent asosiy mahsulot va begona aralashmalarning turli kattalikdagi hamda shakldagi zarrachalar aralashmasi ko‘rinishida bo‘ladi. Omuxta em sanoatida sochiluvchan xom ashyo begona aralashmalardan asosiy ishchi organlari elak bo‘lgan mashinalarda tozalanadi. Odatda, ikki xil elaklar o‘rnatiladi: birinchisi-tasodifan tushgan aralashmalarni ajratish uchun katta yacheykali, ikkinchisi-asosiy mahsulotni yo‘qotmasdan aralashmalarni maksimal darajada ajratish uchun (yoki asosiy mahsulotni ikki fraksiyaga ajratish) tanalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |