O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik


-ozuqaviy va boshqa antibiotiklar; -



Download 2,24 Mb.
bet28/59
Sana03.01.2022
Hajmi2,24 Mb.
#315936
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
Bog'liq
2 5193027245148476411

-ozuqaviy va boshqa antibiotiklar;

-vitaminli preparatlar;

-mikroyelementlar (temir, mis, oltingugurt, kobalt, marganes, yod va b.);

-aminokislotalar (lizin, metionin);

-antioksidantlar (santoxin, diludin, butiloksitoluol-BTO);

-tinchlantiruvchi moddalar-tranivilizatorlar;

-organik kislotalar (sut, propion va b.);

-dorivor preporatlar va b.

Omuxta-em ishlab chiqarishda mazkur xom ashyolar bilan cheklanib bo‘lmaydi, balki emning qimmatliligini oshirishning samarali manbaalarini izlab topish lozim. em tarkibidagi donning ulushini kamaytirish va boshqa turdagi mahsulotlar bilan boyitish muhim vazifalardan biridir.

1.Omixta em ishlab chiqarish uchun shartli ravishda guruhlarga bo‘linuvchi turli xil xom ashyolar qo‘llaniladi. Bu xomashyolarning ba’zi turlari mustaqqil xolda ozuqa mahsulotlari sifatida ishlatiladi, omixta em ishlab chiqarishda uning tarkibiga ingradiyentlar ko‘rinishida kiritiladi. Korxonaga kelib tushadigan xomashyo ko‘p xollarda ishlab chiqarish chiqindilari hisoblanadi.

Omixta em ishlab chiqarish uchun quyidagi xomashyolar ishlatiladi:

1. Boshoqli va dukkakli ekinlar donlari, ba’zi ozuqabop o‘tlarning urug‘lari: suli, arpa, makkajo‘xori doni va so‘tasi, bug‘doy, javdar, tariq, chumiza, oq jo‘xori, no‘xat, xashaki no‘xot, yasmiq, boblar, china, nut, xashaki no‘xot urug‘lari, alkaloidsiz lyupin va boshqalar.

2. Tegirmon va yorma zavodlaridan chiqadigan chiqindilar: bug‘doy va javdar kepaklari, bug‘doy, arpa, suli, makkajo‘xori, guruch, tariq, no‘xat, javdar, grechixalarga ishlov berganda ajraladigan ozuqa unlari; bug‘doy, javdar, no‘xat oqshoqlari; oq va kulrang tegirmon changlari; makkajo‘xori, bug‘doy, sholi kurtaklari; tarkibida 60% gacha foydali don saqlagan donli chiqindilar.

3. Moy ishlab chiqarish zavodlarining chiqindilari-shrot va kunjara: kungaboqar paxta chigiti, soya, zig‘ir, eryong‘oq, kanop, kunjut, kariadr, kanakunjut va boshqalar.

4. SHakar ishlab chiqarish korxonalarining chiqindilari: lavlagining quritilgan turipi, melassa.

5. Kraxmal-shinni ishlab chiщarishdan hosil bo‘lgan chiqindilar: makkajo‘xorili va bug‘doyli quruq ozuqa, kartoshkali quruq mezga.

6. Pivo ko‘pchitish korxonalarida xosil bo‘lgan chiqindilar: kartoshka-donli xomashyodan quritilgan kuyka, quritilgan mayza (solod) nishi va pivo drobinasi.



  1. Gidroliz sanoati mahsulotlari-ozuqabop quruq achitqilar.

  1. hayvonlardan kelib chiqadigan ozuqalar: go‘sht uni, go‘sht suyagi uni, qon uni, kit, baliq unlari va jizza uni.

  2. Pichan, somon, pichan uni, vitaminli o‘t uni, xvoy daraxtidan ishlab chiqariladigan unlar.

  3. Mineral ozuqalar: osh tuzi, bo‘r, suyak uni, ohak, travertinovaya uni, malyuska chig‘anoqlari tabaqasi uni, mikrodozalardagi ba’zi elementlari turlari.

  4. Boshqa ozuqa mahsulotlari: quruq qaymog‘i olingan sut, kaznin, quruq kartoshka, dub yong‘og‘i, tutli ipak o‘rami g‘umbaklari, mochevina va boshqalar.

Omuxta emning xossalari uning tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan belgilanadi. Asosiy sifat ko‘rsatkich bo‘lib, komponentlarning biologik ta’siri -uning ozuqaviyligi hisoblanadi. Biroq omuxta em zavodlarining loyihalovchilari, jixoz konstruktorlari, ishchilari xom ashyoning fizik-kimyoviy xossalarini ham e’tiborga olishlari kerak. Texnologik transport, jixozlar qayta ishlanadigan to‘liq xom ashyoni kerakli miqdorda tayyorlashni ta’minlashi lozim. Texnik jarayonning sozligi esa yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Xom ashyo va mahsulotning sifati saqlash jarayonida pasaymasligi kerak. Bunga xom ashyo va tayyor mahsulotning texnologik xossalari hisobga olingan holda erishildi.

Barcha turdagi xom ashyolar xilma-xil fizik-kimyoviy va strukturali-mexanik xossalarga ega. Biroq xom ashyoni ikki guruhga ajratish mumkin: sochiluvchan va suyuq komponentlar. Omuxta-em ishlab chiqarish uchun taklif qilinayotgan har bir yangi komponent joriy texnologiya talablariga mos kelishi yoki sun’iy tarzda unga olib kelishi darkor. Masalan, quritish, granulalash orqali. Zaruriyat tug‘ilganda uni qabul qilish uchun mahsus texnologiya yoki texnologik liniya ishlab chiqiladi.

2.Sochiluvchan xom ashyoning texnologik xossalarini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar, bu zarrachalar kattaligi, strukturali-mexanik xususiyatlar, hajmiy og‘irlik, bo‘shliligi, aerodinamik xossalari, tabiiy og‘ish burchagi, qovushqoqlik va h.k.


Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish