Konsistentsiya
Kartoshka
|
Kubiklar qattiq, plastinka va ustunchalar mo‘rt, tez sinuvchan (oliy nav uchun).
Ustunchalar, kubiklar, plastinkalar qattiq. Past namlikdagi mahsulotning mo‘rt va tez sinuvchan bo‘lishiga ruxsat etiladi (1 va 2
nav uchun)
|
Sabzi, lavlagi, oq ildizlar, boshpiyoz, karam.
|
Kubiklar qattiq.
lentasimon paraxa va plastinkalar elastik holatda.
Past namlikdagi mahsulotning mo‘rt va tez sinuvchan bo‘lishiga ruxsat etiladi.
|
Sarimsoq
|
Bo‘lakchalar qattiq, kukunsimon to‘kiluvchan.
|
Yashil no‘xat
|
Donlari elastik. Yengil mo‘rtlikka ruxsat etiladi.
|
Yashil petrushka,
selg‘derey va shivit
|
Bargi va bandi mo‘rt. Yengil elastiklikka ruxsat etiladi. Kukunsimon
to‘kiluvchan.
|
Tahmi va xidi (barcha
turdagi quritilgan sabzavotlar uchun)
|
Begona tahm va xidlardan holi ravishda sabzavotning ushbu naviga xos.
|
Rang (barcha turdagi quritilgan sabzavotlar
uchun)
|
Mahsulotni tayyorlashda ishlatilgan xom-ashyoning ranggiga xos.
|
SHakli va o‘lchami.
|
Kartoshka.
|
Kubiksimon – o‘lchami 5 dan 10 mm.gacha bo‘lgan va bir tekisda kesilgan.
Plastinkasimon - qalinligi 4 mm.gacha, uzunligi va eni 15 mm.gacha.
|
|
Ustunchasimon – oliy nav uchun qalinligi 2-3 mm., eni 6 mm.gacha, uzunligi 10 mm.gacha.
1-2 navlar uchun qalinligi 7 mm.gacha, eni 9 mm.gacha, uzunligi 10
mm.gacha.
|
Sabzi, lavlagi va oq ildizlilar
|
Paraxasimon - qalinligi 3 mm.gacha, eni va uzunligi 5 mm.gacha. Kubiksimon – taraflari 5-9 mm.da bir o‘lchamda kesilgan.
Plastinkasimon - qalinligi 4 mm.gacha, eni va uzunligi 12 mm.gacha
bir o‘lchamda kesilgan.
|
Boshpiyoz
|
Aylana, halqa, shapaloqsimon va uning qismlarining qalinligi 1-3
mm.gacha, eng katta o‘lchamdagisi 5 mm.gacha.
|
Karam
|
Lentasimon paraxaning o‘lchami 5 mm.gacha
|
Quritilgan sabzavotlarni 25 kg.gacha to‘kiluvchan holatda saqlash va tashish uchun quyidagi qadoq idishlari ishlatiladi:
-GOST 19360 ga ko‘ra termik payvanlanuvchi materialdan tayyorlangan qoplarda;
-GOST 10131 ga ko‘ra faneradan tayyorlangan 6, 7, 9, 10 raqamli qutilar;
-GOST 13511 ga ko‘ra gofr kartondan tayyorlangan 5, 10, 11, 18 va 28 raqamli qutilar;
Istehmolchi bilan kelishilgan holda quritilgan sabzavotlarni to‘qma holida GOST 2226 ga ko‘ra shimdirilmagan qog‘ozdan tayyorlangan ko‘p qavatli qoplarga 20 kg.gacha qilib qadoqlash mumkin.
Istehmolchi uchun mo‘ljallangan quritilgan sabzavotlar 500 gr.gacha miqdorda quyidagi idishlarga qadoqlanadi:
-o‘zida past va yuqori zichligiga ega bo‘lgan polietilen, polipropelen, lavsan, poliamid, tsellofan, qog‘oz, alyumin folg‘gadan iborat qatlamdan tashkil topgan kombinatsiyalangan polimer materialdan tayyorlangan paket;
-ikki qavatli paketlarga: ichidagi material GOST 1760 ga ko‘ra podpergamentli; GOST 7730 ga ko‘ra tsellofan; GOST 9569 ga ko‘ra parafinlangan qog‘oz; tashqi qavati GOST 18510 ga ko‘ra yozish uchun mo‘ljallangan qog‘ozdan yoki GOST 9095 ga ko‘ra bosma uchun mo‘ljallangan qog‘ozdan;
Quritilgan meva-sabzavotlarning qadoq idishlarida o‘chmaydigan siyox bilan mahsulot to‘g‘risida quyidagi mahlumotlar kiritilishi lozimdir:
-ishlab chiqaruvchining nomlanishi;
-mahsulotning nomi;
-mahsulotning massa nettosi, gr.da;
-ishlab chiqarilgan muddati;
-mahsulotning tovar navi;
-qaysi texnik xujjat asosida ishlab chiqarilganligi;
-saqlash muddati, oziqaviy va energetik qiymati;
Qadoq idishidagi yozuvlar yorqin rangli etiketkalar bilan ham almashtirilishiga ruxsat etiladi, lekin unda yuqoridagi mahlumotlar qayd etilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |