Sutni jo'natish tadbirlari. Sog'ib olingan va sovitilgan sut, sut zavodlariga yoki sut qabul qiluvchi punktlarga turli xildagi transport vositalari yordamida bajariladi. Jo'natiladigan sut avtotsisternalarda, sut flyagalarida bo'lishi mumkin. Buning uchun bu idishlar nihoyatda toza, hidsiz bo'lmog'i kerak. Sutni jo'natishda u birorta kuchli hidga ega bo'lgan yoki zaharli moddalar ta'siridan mutlaqo uzoqda bo'lishi talab etiladi. Aks holda u sut sifatiga va uning sanitarlik holatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Jo'natiladigan sut idishlarining qo‘qog'i germetik jihatdan yaxshilab yo‘ilishi lozim. Buning uchun sobiq SSSR sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan rezina saqlash va boshqa sintetik materiallardan foydalaniladi.
Sut sisternalari va flyagalar sutni jo'natishdan avval muhrlanadi, yoz kunlarida esa, bu qurilishlarda idishlarni nihoyatda to'ldirish talab etiladi. Bunga asosiy sabab, ular yo'lda chayqalib qaymoq qismi sutning yuza qismiga to'‘lanib qolishi oldini olishdan iboratdir. Qish kunlari esa idishlarning nihoyatda to'ldirilmasligi ham mumkin. Ko‘pincha sut zavodlariga Jo'natiladigan sut idishlari qish oylarida muzlab qolmasligi va yoz oylarida isib qolmasligi uchun uning usti biror qalin material bilan yaxshilab yo‘iladi. Buning uchun, asosan, brezentdan foydalanish tavsiya etiladi.
Ko‘pincha xo'jaliklardan Jo'natiladigan sut hajmi 38 litr, bo'yin qismi 170-220 mm bo'lgan, zanglamaydigan alyumin flyagalarga solinadi. Lekin yirik xo'jaliklardan Jo'natiladigan sut, asosan, hajmi 2000 litrdan 10000 litrgacha bo'lgan sisternalar yordamida bajariladi. Shuningdek, talab etilgan hajmi 20-30 tonna bo'lgan temir yo'l sisternalarida ham jo'natilishi mumkin. Bunda bu sisternalar termos usulida bo'lib, sutning haroratini bir me'yorda saqlashga moslashtirilgan.
Sutni jo'natish ishlari uni sifatli holda sut zavodlariga yoki sotish korxonalariga yetkazib berish eng muhim tadbirlardan hisoblanadi. Buning uchun yirik fermalarda katta hajmli, orasida issiq yoki sovuq o'tkazmaydigan maxsus himoya qavati bo'lgan sisternalardan foydalaniladi. Aks holda yozning issiq kunlarida sut harorat ko'tarilib ketsa, qishning sovuq kunlarida u muzlab qolishi mumkin. Sut to‘shirilib bo'lgach, sut sisternalari zavodning o'zida issiq suv bilan tozalab yuviladi, dezinfeksiya qilinadi va fermalarga jo'natiladi.
O'zida maxsus sutchilik sexi bo'lgan va sog'ib olingan sutni sotish korxonalariga me'yorlashtirilgan holda maxsus qog'oz ‘aket yoki selofan xaltachalarga qo'yib, nomerlab, muhrlangan holda etiketka yopishtirib chiqara olish imkoniga ega bo'lgan yirik sutchilik komplekslarida mehnat jarayonlari boshqacharoq usulda olib boriladi. Masalan, tozalangan sut sovitilgach, uning tarkibi-dagi yog' miqdori 3,2 foiz darajada me'yorlashtiriladi. Talab etilsa pasterlanadi hamda maxsus flyagalarga quyiladi yoki qog'oz ‘aket hamda selofanli xaltachalarga quyiladi va to'ppa-to'g'ri sotish korxonalariga - magazinlarga jo'natiladi.
Bunday sutning tarkibida moysizlantirilgan quruq modda tarkibi 8,1 foiz, kislotalilik darajasi 2IT va harorati 8°C dan baland bo'lmasligi shart. Tozaligi jihatidan esa sut birinchi nav guruhi talabiga javob berishi kefak.
Do'stlaringiz bilan baham: |