O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi



Download 209,94 Kb.
bet80/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Shartnomalarning turlari
Shartnoma unda ishtirok etayotgan taraflar oʻrtasida huquq va majburiyatlarning oʻzaro taqsimlanishiga qarab bir tomonlama, ikki tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalarga boʻlinadi.
Bir tomonlama shartnomada ishtirok etayotgan taraflarning birida faqat huquq boʻlib, hech qanday majburiyat boʻlmaydi, ikkinchi tarafda esa faqat majburiyat boʻladi. Masalan, qarz shartnomasida qarzdor olgan pul summasini oʻz vaqtida qarz beruvchiga toʻlash majburiyatiga va kreditor esa uni talab qilish huquqiga ega.
Ikki tomonlama shartnomada esa har ikki taraf ham mustaqil huquq va majburiyatga ega boʻladi. Bunday shartnomaga oldi-sotdi shartnomasini misol qilib keltirish mumkin. Bu shartnoma boʻyicha sotuvchi sotilgan ashyoning haqini talab qilish huquqiga ega boʻlib, sotilgan ashyoni oluvchiga topshirishga majbur, oluvchi esa –olayotgan ashyoning bahosini toʻlashi zarur boʻlib, sotib olingan ashyoni talab qilib olishga haqli. Fuqarolik muomalasida tuziladigan shartnomalarning koʻpchiligi ikki tomonlama, (ya’ni yuqorida koʻrsatilgan oldi-sotdi shartnomasi kabi) shartnomalardan iborat boʻladi. Koʻp tomonlama shartnomalar ham mavjud boʻlib, unda taraflar uch va undan ortiq boʻladi. Bunday shartlarda bir paytning oʻzida har bir tarafda muayyan huquq va majburiyatlar boʻlishi xarakterlidir. Masalan, franshizing, lizing shartnomalari. Shartnomalar haq baravariga va tekinga tuziladigan shartnomalarga boʻlinadi. Haq baravariga tuziladigan shartnomalar bir taraf topshirgan mulki, qilgan xizmati evaziga pul yoki mulk bilan haq oladi. Masalan, bir taraf vaqtinchalik foydalanish uchun mulkni ijaraga oluvchi undan foydalangani uchun ijara haqi toʻlashga majbur boʻladi. Bunday haq baravariga tuziladigan shartnomalarga oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, ayirboshlash, pudrat va boshqa koʻplab shartnomalarni misol qilib koʻrsatish mumkin. Agar qonun hujjatlaridan boshqacha qoida kelib chiqmasa, shartnomaning mazmun-mohiyatidan oʻzgacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma deb hisoblanadi. Tekinga tuziladigan shartnomada esa bir taraf boshqa bir taraf foydasiga haq olmay, biror-bir mulkni topshirish, biror ishni bajarishi mumkin. Masalan, hadya shartnomasi boʻyicha mulk egasi oʻz mulkini boshqa bir shaxsga tekinga beradi. Tekin foydalanish, foizsiz qarz shartnomalari ham bepul tuziladigan shartnomalarga kiradi. Shartnomalar tuzilish paytiga va mazmuniga qarab konsensual va real shartnomalarga boʻlinadi.
Konsensual shartnomalarda huquq va majburiyatlar taraflarning kelishuvlari asosida qonun talab qilgan shaklda rasmiylashtirganlari zahoti tuzilgan hisoblanadi va taraflarda huquq va majburiyatlar vujudga keltiradi. Shu paytdan boshlab taraflar shartnoma ijrosini bir-biridan talab qilishga haqli. “Konsensual” soʻzi lotincha “konsensus”soʻzidan olingan boʻlib, “kelishuv” ma’nosini bildiradi. Konsensual shartnomaga misol qilib oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, pudrat, mulkni ijaraga berish kabi shartnomalarni koʻrsatsa boʻladi. Fuqarolik huquqida aksariyat koʻpchilik shartnomalar konsensual shartnomalar guruhiga kiradi.
Real shartnomalar boʻyicha huquq va majburiyatlar taraflar oʻzaro kelishgan va shartnoma narsasi ashyo yoki pul topshirilgan paytdan vujudga keladi.
“Real” soʻzi lotincha “res” soʻzidan olingan boʻlib, “ashyo” ma’nosini bildiradi. Real shartnomaga misol qilib qarz, omonat, hadya, tekin foydalanish shartnomalarini koʻrsatish mumkin. Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnomalar umumiy qoida boʻyicha shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar shartnoma tuzishda qatnashgan taraflar uchun paydo boʻladi. Ayrim hollarda shartnoma uchinchi shaxs foydasiga tuzilishi ham mumkin. Uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan shartnomaga misol qilib sugʻurta shartnomasini koʻrsatish mumkin. Uchinchi shaxs shartnomada alohida taraf hisoblanmaydi. Biroq, FKning 362-moddasida koʻrsatilganidek, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, uchinchi shaxs shartnoma boʻyicha oʻz huquqidan foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraflar oʻzlari tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki oʻzgartirishlari mumkin emas. Shartnoma tuzgan shaxs shartnomadan kelib chiqqan majburiyatning uchinchi shaxsga nisbatan bajarilishini shart qilgan boʻlsa, bu haqda shartnomada boshqacha hol koʻrsatilmagan boʻlsa, majburiyatning bajarilishini shartnomani tuzgan shaxs ham, foydasiga majburiyatning bajarilishi koʻrsatilgan uchinchi shaxs ham talab qilishi mumkin.
Shartnomalar, shuningdek ommaviy shartnoma, qoʻshilish shartnomasi va dastlabki shartnoma kabi turlarga ham boʻlinadi.
Bundan tashqari shartnomalarni: birinchidan, mulkni topshirishga qaratilgan; ikkinchidan, ishlarni bajarishga qaratilgan; uchinchidan: xizmatlar bajarishga qaratilgan; toʻrtinchidan, turli xil tuzilmalarni ta’sis etishga yoʻnaltirilgan toʻrt guruhga boʻlish mumkin.
Zamonaviy fan texnika inson imkoniyatlarini doimiy ravishda kengaytirib bormoqda. Uning uchun barcha sohalarda qulay shart-sharoitlar vujudga keltirmoqda. Bugungi kunda kishilik jamiyatini an’anaviy tasavurlari ham uning ta’sirida oʻzgarib bormoqda. Jumladan, ilgari makon, moddiy borliq oʻlchami sifatida yagona boʻlsa, bugungi kunda makonning oʻzi ikki xil koʻrinish kasb etmoqda, ular real va virtual makondir.
Real makon moddiy, hajmiy makondagi subyektlar joylashuvi, voqea jarayonlar roʻy beradigan manzil hisoblanadi. Virtual maydon esa elektron axborot maydoni boʻlib, bunda subyektlarning oʻzi ham, voqealar jarayoni ham muayyan ketma-ketlikda, zichlikda joylashish qoidalari qoʻllanilmaydi. Virtual maydon oʻziga xos cheksiz axborot resurslari, axborot subyektlari va axborotlarni joylashtirish, tarqatish, ayriboshlash maydoni hisoblanadi. Ma’lumki, har qanday yuridik fakt, shu jumladan yuridik harakat uni sodir boʻlish jarayoni, amalga oshiruvchi subyektlar va uni huquqiy oqibatlari boʻyicha (huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi, oʻzgartiruvchi va bekor qiluvchi oqibatlar boʻyicha) oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi. Shu ma’noda olib qaraganda, virtual maydonda ham yuridik faktlarni sodir boʻlishi, yuridik harakatlarni amalga oshirilishi toʻlaqonli ravishda roʻy berishi istisno etilmaydi. Faqat bunda kelib chiqishi mumkin boʻlgan asosiy muammo yuridik harakatlarni kelib chiqish manbai, uning oqibatlarini izini barqaror ravishda mavjudligini ta’minlash hisoblanadi. Bugungi kunda virtual maydonni huquqiy ta’minlash bu borada muayyan ijobiy natijalarga olib keldi. Virtual maydonda bitimlar, shartnomalar tuzish va subyektlarni turli ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan harakatlarni sodir etishi odatdagi kundalik holga aylandi. Shuni unutmaslik lozimki, virtual maydondagi shartnomalar uni real maydon bilan bogʻliqlik darajasiga qarab, turlicha koʻrinishda namoyon boʻlishi mumkin. Masalan, ba’zi shartnomalar virtual maydonda tuzilib, real maydonda amalga oshiriladi. Misol uchun internet orqali muayyan tovarga buyurtma berish shartnoma tuzish jarayoni virtual maydonda boʻlsa shartnomani amalda ijrosi real maydonda amalga oshiriladi. Ba’zi hollarda esa buning aksi. Real maydonda tuzilgan shartnoma virtual maydonda amalga oshirilishi mumkin. Ayni paytda muayyan turdagi shartnomalar real maydonga koʻchmasdan faqat virtual maydonda tuzilishi, amalga oshirilishi mumkin. Masalan, haq evaziga muayyan axborotni tizimlashtirish va yetkazib berish. Bunda shartnomani tuzish, amalga oshirish va xatto unga haq toʻlash toʻliq virtual maydonda amalga oshiriladi. Shartnomani amalga oshirish va tuzish bilan bogʻliq hech qanday harakatlar real maydonga koʻchirish talab etilmaydi.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish