O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Majburiyatdagi shaxslarning oʻzgarishi



Download 209,94 Kb.
bet76/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Majburiyatdagi shaxslarning oʻzgarishi
Kreditorning oʻzgarishi majburiyatga oid huquqiy munosabatlarda muayyan subyektlar oʻrtasida vujudga keladi. Majburiyatni bajarishda ishtirok etayotgan taraflar oʻrinlarini boshqa shaxs bilan almashinishlariga qonun boʻyicha yoʻl qoʻyiladi. Majburiyatda qatnashuvchi kreditor ham, qarzdor ham boshqa shaxslar bilan almashinishlari mumkin.
Kreditorning almashinishi deb, majburiyatda ishtirok etayotgan kreditor oʻz oʻrnini boshqa shaxs bilan almashinishiga aytiladi. Kreditorning talab qilish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazilishiga, agar bu qonun yoki shartnomaga zid boʻlmasagina yoki talab kreditorning shaxsi bilan bogʻliq boʻlmasagina yoʻl qoʻyiladi. Fuqarolik huquq nazariyasida kreditorning oʻzgarishi “sessiya”, sobiq kreditor esa “sedent” deb nomlanadi. Agar talab kreditorning shaxsi bilan chambarchas bogʻlangan boʻlsa, masalan, FKning 314-moddasida koʻrsatilganidek, alimentlar va hayotga yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni toʻlash toʻgʻrisidagi talablarning boshqa shaxsga oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ba’zi hollarda, talab qilish huquqini oʻtkazishga shartnoma boʻyicha ham yoʻl qoʻyilmaydi. Masalan, umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga bergan shaxs oʻzining talab qilish huquqini boshqa shaxsga oʻtkaza olmaydi. FKning 318-moddasida koʻrsatilishicha, kreditorning majburiyat boʻyicha huquqlari boshqa shaxsga quyidagi hollarda oʻtadi:
1) kreditor huquqlaridagi universal huquqiy vorislik natijasida;
2) kreditor huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi sudning qaroriga muvofiq;
3) qarzdorning majburiyati ushbu majburiyat boʻyicha qarzdor boʻlmagan kafil yoki garovga qoʻyuvchi tomonidan bajarilishi oqibatida;
4) sugʻurta holati boshlanishi uchun javobgar boʻlgan qarzdorga nisbatan kreditor huquqlarining sugʻurta qiluvchiga subrogatsiyasi (oʻtishi) natijasida;
5) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Talab qilish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazgan kreditor bu huquqni tasdiqlaydigan hujjatlarni ana shu shaxsga topshirishga majbur. Chunonchi, kreditor qarzdordan tilxat olgan boʻlsa, mazkur hujjatga talab qilish huquqining oʻtkazilganligini yozib, uni yangi kreditorga topshirishi lozim. Dastlabki kreditor yangi kreditor oldida unga oʻtkazilgan talabning qarzdor tomonidan bajarilmaganligi uchun javob bermaydi, dastlabki kreditor yangi kreditor oldida qarzdor uchun oʻz zimmasiga kafolatini olgan hollar bundan mustasno (FK 321-modda).
Kreditorning huquqlari boshqa shaxsga oʻtishi uchun, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdorning roziligi talab qilinmaydi. Agar qarzdor kreditorning huquqlari boshqa shaxsga oʻtganligi haqida yozma ravishda xabardor qilinmagan boʻlsa, yangi kreditor shu tufayli kelib chiqqan oʻzi uchun noqulay oqibatlar xavfini oʻz zimmasiga oladi. Mazkur holda majburiyatning dastlabki kreditorga nisbatan bajarilishi tegishli kreditorga nisbatan bajarish deb hisoblanadi (FK 313-modda). Ba’zi hollarda normativ hujjatlarning oʻzida ham talab qilish huquqini umumiy qoida sifatida oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmasligi, masalan, temir yoʻl ustavining 172-moddasida temir yoʻl korxonasiga talab, shikoyat yoki da’vo qoʻzgʻatish huquqini boshqa tashkilotga yoki fuqaroga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatilishi bilan birga, qanday hollarda bu qoidadan istisnolar boʻlishligi ham aytilgan. Qarzdor majburiyat boʻyicha huquqlar yangi kreditorga oʻtganligi haqida ogohlantirish olgan paytda dastlabki kreditorga qarshi e’tirozlarni yangi kreditorning talabiga qarshi qoʻya oladi (FK 317-modda). Masalan, majburiyatning qisman bajarilganligini yoki qarz hujjatida koʻrsatilgan summaning olinmaganligini koʻrsatib, oʻz e’tirozlarini yangi kreditor talabiga qarshi qoʻyish huquqiga ega. Qarzdorning almashinishiga kelsak, majburiyatda qatnashayotgan qarzdor ham oʻz oʻrnini boshqa shaxs bilan almashish huquqiga ega. Qarzdor almashgani tufayli, yangi qarzdor majburiyatli boʻlib qolishiga – qarzning (majburiyatning) koʻchirilishi deyiladi.
Qarzdorning oʻz qarzini boshqa shaxsga oʻtkazishiga faqat kre-ditorning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi (FK 322-modda). Qarzdor uchun qaysi kreditorga nisbatan majburiyatni bajarishning farqi yoʻq boʻlsa ham, kreditor uchun kim yangi qarzdor boʻlishining ahamiyati bor. Avvalo, kreditorning yangi qarzdorning mulkiy holati, ish qobiliyati hamda majburiyatni bajarishga qodir boʻlish-boʻlmasligi qiziqtiradi. Agar, masalan, yuqori malakali usta ishni bajarishni oʻz shogirdiga topshirmoqchi boʻlsa, kreditor ish manfaatlarini koʻzlab, bunga rozi boʻlmasligi ham mumkin. Dastlabki qarzdor boshqa shaxsga majburiyatini oʻtkazganida, kreditorga nisbatan majburiyatni bajarishdan butunlay ozod boʻladi. Uning barcha majburiyati yangi qarzdor zimmasiga oʻtadi. Kreditor bilan dastlabki qarzdor oʻrtasidagi munosabatlarga asoslangan barcha e’tirozlarni yangi qarzdor kreditorning talabiga qarshi qoʻya oladi, jumladan, yangi qarzdor ham dastlabki qarzdor kabi majburiyatning qisman bajarilganligini yoki qarzning qisman toʻlanganligini yoxud hujjatda koʻrsatilganga qaraganda kamroq summada olinganligini aytib, e’tirozlarini bildira oladi.
Kreditor yangi qarzdordan majburiyatni toʻla hajmda bajarishni talab qila oladi, chunki majburiyatni koʻchirishda uning mazmuni oʻzgarmaydi. Masalan, qarz shartnomasida qarzdor almashsa, kreditor yangi qarzdordan toʻla hajmda toʻlanishini talab qila oladi.
Agar kafil yoki garovga qoʻyuvchi yangi qarzdor uchun javobgar boʻlishiga rozilik bermasa, kafillik yoki uchinchi shaxs tomonidan berilgan garov qarzning boshqa shaxsga koʻchirilishi bilan bekor boʻladi.
Qarzni (majburiyatni) koʻchirish, koʻpincha fuqarolarning oʻzaro munosabatlarida qoʻllaniladi. Ammo majburiyat qarzdorning shaxsi bilan bogʻliq boʻlsa, qarzni koʻchirish mumkin emas.
Yozma shaklda tuzilgan bitimga asoslangan talab qilish huquqini oʻtkazish va qarzni (majburiyatni) koʻchirish oddiy yozma shaklda qilinishi lozim. Agar bitim notarial tasdiqlangan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlsa, u holda ushbu tegishli shaklga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. FKning 323-moddasida qarzni ham, majburiyat boʻyicha ijroni ham bir paytda boshqa shaxsga oʻtkazish qoidalari nazarda tutilgan. Bunga asosan qarzdorni qarzni toʻlash majburiyatidan ozod qilmagan holda qarzni yoki uning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazishga ruxsat beriladi. Bu holda har ikkala qarzdor majburiyatning bajarilishi uchun sherik (solidar) javobgar boʻladi.
Qarzdorning uchinchi shaxs bilan shartnomasi asosida, uchinchi shaxs majburiyatining bajarilishi boʻyicha kreditor oldida emas, balki faqat qarzdor oldida burchli boʻladi.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish