O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi



Download 454,89 Kb.
bet97/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Maxsus missiya huquqi
“Maxsus missiyalar to‘g‘risida”gi Konvensiya 1969-yil 8 dekabrda BMTning 2530-rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan bo‘lib, u kirish qismi va 54 ta moddalar majmuasidan iborat.
Konvensiyaning 1-moddasidan konvensiyada qo‘llaniladigan tushunchalar joy olgan. Xususan, maxsus missiya tushunchasiga ta’rif berilgan.
E’tibor qarating!
Maxsus missiya – vaqtinchalik missiya bo‘lib, o‘z xarakteriga ko‘ra bir davlatning boshqa bir davlatga shu davlat bilan o‘zaro biror masalani hal etish uchun yoki biror masalani hal etish uchun yuborilishidir.
Konvensiyaning 3-moddasi maxsus missiyaning funksiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unga ko‘ra “maxsus missiya funksiyasi yuboruvchi va qabul qiluvchi davlatlarning o‘zaro hurmati bilan aniqlanadi”.
“Maxsus missiyalar to‘g‘risida”gi 1969-yilgi hujjat bir davlatdan ikkinchi bir davlatga maxsus topshiriqlar bilan davlatlarning hukumat va boshqa delegatsiyalarining huquqiy maqomini o‘rnatadi.
BMT tomonidan qabul qilingan bu hujjat diplomatik huquqni rivojlantirishga hissa qo‘shdi va diplomatik aloqalar va konsullik aloqalari to‘g‘risidagi konvensiyalarning mantiqiy davomi deb hisoblanishi mumkin. Maxsus missiyalar davlatlararo diplomatik munosabatlarda keng qo‘llanilayotgan faoliyatdir. Albatta, maxsus missiyalarning maqsad va vazifalari turlicha bo‘lishi mumkin.
Masalan, ikki yoki undan ortiq davlat o‘rtasida do‘stona aloqalarni rivojlantirish maqsadida muzokaralar olib borish, madaniy, ilmiy, iqtisodiy hamkorlik qilish masalalari maxsus missiyalarning vazifalari ularni yuborayotgan davlat tomonidan belgilandi.
Konvensiya maxsus missiyalarga beriladigan diplomatik imtiyoz va immunitetlar to‘g‘risida, ularni tayinlash, maxsus missiyalarning faoliyat ko‘rsatishi, ular joylashgan manzilning huquqiy maqomi, maxsus missiyalarning davlat boshliqlari tomonidan boshqarilishi kabi xalqaro huquqiy jihatlar to‘g‘risida ma’lum tartib o‘rnatgan. Konvensiya 1985-yilda kuchga kirgan, unda 30 davlat ishtirok etmoqda.
Qabul qiluvchi davlat qonun hujjatlarining xorijiy davlatga nisbatan tatbiq qilinmasligi maxsus missiya xodimlari missiya joylashgan davlat milliy huquqi subyektlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarida qabul qiluvchi davlat ichki huquqi qoidalariga rioya qilmasliklari mumkinligini anglatmaydi. Aksincha, ular qabul qiluvchi davlat qonunlarini hurmat qilishlari va uning ichki ishlariga aralashmasliklari lozim. Maxsus missiya xodimlari immuniteti mavjud chegaralar doirasida, qabul qiluvchi davlat milliy huquqining u yoki bu yuridik ko‘rsatmalarni ularga nisbatan majburan qo‘llash yoki ularni ijro qilishdan ozod etadi xolos. Bunday davlatning tegishli da’volari diplomatik yo‘llar bilan davlatlararo darajada tartibga solinishini talab qiladi.
Maxsus missiyalarning immunitet va imtiyozlari diplomatik vakolatxonaning immunitet va imtiyozlari bilan aynandir. 1969-yil 8-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Maxsus missiyalar to‘g‘risida”gi konvensiyaning 25-moddasiga ko‘ra, vakolatxona joylashgan davlat vakillari maxsus missiyalar hududiga yong‘in yoki jamoat xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘ilgan hollarda, maxsus missiya boshlig‘ining ruxsatini olish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, boshqa qoida bilan o‘zgartiriladi.
Davlatning qonun chiqaruvchi organi boshqa davlatlar uchun yuridik majburiy xatti-harakat qoidalarini qo‘llay olmaydi. Uning ijro va sud organlari o‘zlarining vakolatlarini xorijiy davlatga, xususan, maxsus missiyalarga nisbatan qo‘llay olmaydi.
Maxsus missiyalar immunitetiga nisbatan aytilayotgan gap, xususan qabul qiluvchi davlat hududida ular ega bo‘lgan va foydalanayotgan mulk to‘g‘risida bormoqda. Mazkur shaxslar immunitetidan ularni yuboruvchi davlat voz kechishi mumkin. Chunki immunitet alohida shaxslar foydasi uchun emas, balki ushbu davlat nomidan vakillik qilayotgan davlat organlari funksiyasining samarali amalga oshirishini ta’minlash uchun beriladi.
Xalqaro huquqning umumiy tamoyillaridan biri hisoblanmish davlat immunitetidan kelib chiquvchi davlatning tashqi aloqalar xorijiy organlari immunitetlarining mazmuni shunday ko‘rinishga ega. Ushbu tamoyil (umumiy norma) imperativ xarakter kasb etmaydi. Boshqacha aytganda, undan chekinish nafaqat xalqaro huquqqa muvofiq, balki manfaatdor davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv asosida (shartnomada aniq ifodalangan yoki boshqa tarzda) ham amalga oshirilishi mumkin.
Davlatning tashqi aloqalar xorijiy organlari (va ularning xodimlari) immunitetlaridan tashqari xalqaro huquqqa muvofiq ma’lum imtiyozlardan ham foydalanishlari mumkin.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish