O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Xalqaro-huquqiy javobgarlik turlari va shakllari



Download 454,89 Kb.
bet86/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Xalqaro-huquqiy javobgarlik turlari va shakllari
Davlatlarning xalqaro-huquqiy javobgarligi turlari ikkita: siyosiy va moddiy.
Siyosiy javobgarlik uchun odatda huquqbuzar davlatga nisbatan majburlov choralari qo‘llanadi va moddiy javobgarlik bilan uyg‘unlashib ketadi. Siyosiy javobgarlikning eng keng tarqalgan shakli sanksiyalardir.
Sanksiyalar – bu huquqbuzar davlatga nisbatan qo‘llanadigan choralardir. Ular xalqaro tashkilotlar (universal va mintaqaviy), bir guruh davlatlar yoki alohida davlat tomo-nidan qo‘llanishi mumkin. Sanksiyalarning hajmi va turlari jinoyatning og‘irligi darajasiga bog‘liq. Masalan, agressor davlatga nisbatan quyidagi majburlov choralarini qo‘llash mumkin: suverenitetini vaqtincha cheklab qo‘yish; hududining bir qismini ajratib olish; urushdan keyingi okkupatsiya; harbiy kuchlardan mahrum qilish va qurolli kuchlar tarkibini qisqartirish yoki ularga ega bo‘lishni taqiqlash; agressor davlatning tinchlik va insoniyatga qarshi harbiy jinoyat-larni sodir etganlikda aybdor jismoniy shaxslarni odil sudlovga tortish bo‘yicha yurisdiksiyasini cheklab qo‘yish va boshqalar.
Xalqaro tinchlik va xavfsizlikka taxdid solganlik uchun sanksiyalar va ularni qo‘llash tartibi BMT Ustavining 39-, 41- va 42-moddalarida nazarda tutilgan.
Sanksiyalar majburlashning shakli sifatida fagqatgina og‘ir xalqaro jinoyat sodir etilgan qolda qo‘llaniladi. Ularni boipqa qolatlarda qo‘llash to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki aslida sanksiyalar xalqaro huquqqa zid harakatlarni qasddan sodir etganlik yoki qasddan zarar yetkazganlikka qarshi javobdir. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng agressor davlatlarga nisbatan siyosiy va moddiy javobgarlikning alohida turlari qo‘llangan. Masalan, Germaniya butkul taslim bo‘lganidan keyin, 1945-yil 5-iyun Deklaratsiyasiga muvofiq ittifoqdosh davlatlar oliy hokimiyat vazifasini o‘z zimmalariga olib, uni qurolsizlantirdi va vaqtinchalik qurolli kuchlarga ega bo‘lishni taqiqladi, natsist tashkilotlarini tugatdi va kelajakda faoliyat yuritishini taqiqladi. Germaniyada okkupatsion tartib o‘rnatildi. Moddiy (itstisodiy) javobgarlik davlat tomonidan moddiy zarar yetkazishga olib keluvchi xalqaro majburiyatning buzilishi bilan vujudga keladi. U reparatsiya, restitutsiya va substitutsiya shakllarida ifodalanishi mumkin.
Reparatsiya – bu moddiy zararni pul ifodasida, tovar va xizmat ko‘rinishlar orqali qoplashdir. Reparatsiyalarning hajmi va turi odatda xalqaro shartnomalar asosida belgilanadi. Reparatsiya summasi odatda urush tufayli yetkazilgan zarar hajmidan ancha kam bo‘ladi. 1945-yilgi Yalta (Qrim) konferensiyasining qaroriga ko‘ra Germaniyadan olinadigan repara-siya 20 mlrd. dollarni tashkil etgan.
Restitutsiya – bu urushayotgan davlat tomonidan Xalqaro huquqqa zid ravishda tortib olingan va ratsib hududidan olib chiqib ketilgan mulkni o‘z aslida qaytarish. Masalan, ittifoqdosh davlatlar va Italiya o‘rtasidagi 1947-yil 10-fevraldagi Sulh bitimining 75-moddasiga ko‘ra Italiya “mumkin qadar qisqa muddatda Birlashgan Millatlarning har qanday hududidan olib ketilgan mulkni” qaytarish majburiyatini o‘z bo‘yniga olgan.
Urush harakatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, tinchlik davrida xalqaro huquqqa zid ravishda olib qo‘yilgan yoki ushlab turilgan mulkni qaytarish ham restitutsiya obyekti bo‘lishi mumkin.
Restitutsiyaning bir ko‘rinishi substitutsiyadir. U xalqaro huquqqa zid ravishda yo‘q qilingan yoki zarar yetkazilgaya mulk, bino, transport vositasi, san’at asarlari, xususiy mulk va shu kabilarni almashtirish yoki o‘rnini qoplashdan iborat.
Siyosiy javobgarlik turlariga xalqaro tashkilotga a’zoligidan kelib chiqadigan huquq va imtiyozlarini to‘xtatib qo‘yish (ovoz berish, asosiy organlarda vakilga ega bo‘lish, yordam va xizmatdan foydalanish huquqlaridan mahrum qilish) va so‘ngi chora sifatida – tashkilotga a’zolikdan chiqarish kabilar kiradi.
Xalqaro deliktlar (masalan, diplomatik odobni buzish, nosamimiy akt, xorijliklar tartibini buzish kabilar) uchun davlatga nisbatan retorsiya, repressaliya, satisfaksiya, restoratsiya kabi siyosiy javobgarlik shakllari qo‘llanishi mumkin. Retorsiya deb bir davlat tomonidan boshsa bir davlatga nisbatan uning manfaatlariga ziyon etkazgani uchun Xalqaro huquqqa mos majburlov choralarini qo‘llashga aytiladi. Retorsiya o‘zga davlatning muayyan nodo‘stona harakatlariga qarshi buzilgan huquqlarni tiklashga yo‘naltirilgan aniq bir davlatning javobi bo‘lishi ham mumkin.
Retorsiyaga nodo‘stona aktni sodir etgan davlatdan elchini chaqirib olish, mamlakatga kirishni taqiqlash yoki delegatlar tashrifini bekor qilish kabilar kiradi.
Repressaliya (harbiy bo‘lmagan) – bu bir davlatning ikkinchi davlatga nisbatan qo‘llashga hatsli majburlov harakatlaridir. Repressaliya bir davlat tomonidan ikkinchi bir davlatning huquqqa zid harakatlariga qarshi buzilgan huquqlarni tiklash maqsadida qo‘llanadi. U etkazilgan zarar bilan mos kelishi va majburlov qoniqtiradigan darajada bo‘lishi lozim.
Repressaliyalar iqtisodiy munosabatlar, temir yo‘l, den-giz, havo, pochta, radio va boshqa aloqa turlarining to‘liq yoki qisman uzilishi hamda diplomatik, savdo va boshqa alo-qalarning uzilishi, tovar va xomashyoni huquqbuzar davlat hududidan olib chiqishga embargo qo‘yish shakllarida ifodalanishi mumkin.
Qoniqish xosil qilingach repressaliyalar tugatilishi kerak. Hozirgi zamon xalqaro huquqi nizo va kelishmovchiliklarni hal etish uchun qurolli repressaliyalar qo‘llashni man qiladi (BMT Ustavi 2-modda 3-bandi).
Satisfaksiya (qoniqish) – bu huquqbuzar davlat tomonidan jabrlanuvchi davlatga uning sha’ni va g‘ururiga nisbatan yetkazgan zararini rasmiy tarzda afsuslanish yoki ta’zim qilish; kechirim so‘rash; kelgusida bu kabi xalqaro huquqa zid harakatlarning sodir etilmasligiga ishontirish; tegishli tantanali vaziyatda jabrlanuvchi davlat bayrog‘iga izzat-hurmat ko‘rsatish yoki uning madhiyasini ijro etish va boshqa yo‘llar bilan ifodalanishi mumkin.
Amaliyotda restoratsiya deb nomlanuvchi javobgarlik shakli ham uchraydi. U huquqbuzar davlat tomonidan biror-bir moddiy obyektning avvalgi holatining tiklanishini nazarda tutadi (masalan, uning aybi bilan ifloslangan suvning avvalgi sifatini tiklash kabi).
Xalqaro tashkilotlar javobgarligi ularning huquq subyektligiga asoslanadi va bevosita undan kelib chiqadi. Xalqaro tashkilotlar javobgarligi ko‘lami va chegaralari ulardagi huquqiy subyektlik qobiliyatining ko‘lami va uning tabiatiga bog‘liq.
Hozirgi kunda qator shartnomalarda xalqaro tashkilot-larning javobgarligi to‘g‘risidagi holatlar o‘z ifodasini topgan. Masalan, BMT Ustavining 57-moddasi 1-bandi ixtisoslashgan muassasalarning tegishli sohalardagi (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa) javobgarligini nazarda tutadi. Kosmos to‘g‘risidagi 1967-yilgi Shartnomaga muvofiq xalqaro tashkilot fazoda tegishli faoliyatni amalga oshirayotgan bo‘lsa, u mazkur shartnoma qoidalarini bajarishga majburdir. Fazoviy
obyektlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun xalqaro javobgarlik to‘g‘risidagi 1972-yilgi Konvensiyaning V va XII moddalariga asosan fazoviy obyektni uchiruvchi yoki uchirishni tashkillashtiruvchi tashkilot o‘sha obyekt tomonidan yetkazilgan har qanday zarar uchun javobgar bo‘ladi. Uni tashkillashtirishda ishtirok etgan davlatlar ham javobgar bo‘ladilar.
Xalqaro tashkilot yoki uning organi tomonidan xalqaro huquq normalari yoki tashkilotning ichki yuridik normalari yoxud davlatning ichki huquqi buzilishidan qat’i nazar, tashkilot javobgarligi huquqbuzarlik sodir etilishi bilan paydo bo‘ladi.
Xalqaro tashkilotlar xalqaro ommaviy va xalqaro xususiy huquq bo‘yicha javobgarlik subyektiga aylanishlari mumkin. Xalqaro tashkilotga javobgarlikni yuklash uchun uning aybi bo‘lishi va xalqaro-huquqiy normalarda nazarda tutilgan majburiyatni buzganlik holati bo‘lishi kerak.
Xalqaro tashkilotlarga ham siyosiy, ham moddiy javobgarlikni yuklash mumkin. Masalan, siyosiy javobgarlik tashkilot biror davlatning suveren huquqlarini kamsituvchi yoki uning suverenitetini buzuvchi qaror qabul qilganda; davlat bilan tashkilot qarorgohi maqomi to‘g‘risidagi shartnoma yoki xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalarni buzganda paydo bo‘ladi.
Xalqaro tashkilotning moddiy javobgarligi biror faoliyat, masalan, fazodagi faoliyat natijasida zarar yetkazilganda, xalqaro majburiyatlar bajarilmaganda; xavfi yuqori bo‘lgan manbalar (masalan, avtomobil, kema kabilar) orqali zarar keltirilganda; kontraktlar buzilganda; sanitariya normalariga rioya qilinmaganda kelib chiqishi mumkin. Lekin bunda davlatlarga nisbatan qo‘llanuvchi javobgarlik shakllarini xalqaro tashkilotlarga shunchaki ko‘chirib qo‘yish mumkin emas1; ular o‘ziga xos xususiyatlarga ega: siyosiy va moddiy javobgarlikning muayyan shakllari rivojlanmagan; moddiy javobgarlik paydo bo‘lganda xalqaro tashkilot bilan bir qatorda, o‘sha tashkilotga a’zo davlatlar ham javobgar bo‘ladilar.
Xalqaro tashkilot o‘z qarorgohi joylashgan davlat qonunchiligini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Ko‘pchilik davlatlar hukumatlari xalqaro tashkilotlar va ularning xizmatchilari maqomi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qabul qilganlar va ularni buzgan tashkilotlar moddiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Xalqaro tashkilot o‘z ijroiya organlari va xodimlarining huquqqa zid harakatlari uchun javobgar bo‘ladi. Masalan, 1965–1967-yillarda BMT Belgiya, Gretsiya, Italiya, Lyuksemburg va Shveysariya bilan BMTning Kongodagi harbiy kuchlari operatsiyalari natijasida ushbu davlat fuqarolari va ularning mulkiga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risida bitim tuzildi.
Xalqaro jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslar (davlat fuqarolari, Xalqaro tashkilotlar vakillari va boshqalar) shu jinoyatlari uchun beriladigan jazoni nazarda tutuvchi amaldagi Xalqaro bitimlarga muvofiq Xalqaro jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Jismoniy shaxslarning xalqaro jinoyat (agressiya, kolonializm, irqchilik, genotsid va boshq.) uchun javobgarligi shaxsning jinoiy xatti-harakatlari davlatning jinoiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan taqdirda paydo bo‘ladi.
Jismoniy shaxslarning jinoiy javobgarligi xalqaro xarakterga ega bo‘lgan jinoyatlarga (qaroqchilik, pul belgilarini qalbakilashtirish, samolyotlarni olib qochish va boshqalar) nisbatan ham joriy etiladi. Mazkur jinoyatlar uchun jismoniy shaxslar, ko‘pincha jinoiy guruhlar, davlatdan mustaqil ravishda javobgar bo‘ladilar. Mansabdor shaxslar yoki organlarning bunday jinoyatlardagi ishtiroki og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi.
Xalqaro jinoyat subyekti bo‘lgan jismoniy shaxslar orasida bosh jinoyatchilar alohida o‘rin tutadi. Ularning qatoriga davlat va hukumat rahbarlari, vazirlik va muassasa rahbarlari, oliy harbiy qo‘mondonlik kabilar kirishi mumkin. Bu kabi jinoyatchilarning ro‘yxati sodir etilgan jinoyatning og‘irligi yoki ko‘lamini e’tiborga olgan holda belgilanadi.
Bosh jinoyatchilardan tashqari, xalqaro jinoiy javobgarlikka jinoiy buyruqlarni bergan yoki ijro etgan shaxslar va shu bilan bir qatorda o‘z tashabbusi bilan jinoyatni sodir etgan shaxslar ham tortilishi mumkin.
Nyurnberg Xalqaro harbiy Tribunali Nizomida va mazkur Tribunalning Hukmida bayon qilingan xalqaro huquq prinsiplari BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1946-yil 11-dekabrdagi Rezolyutsiya bilan tasdiqlangan hamda Tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar Kodeksi loyihasini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qilgan.
Xalqaro jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslarni jazolash huquqi va majburiyati odatda jinoyat qaysi davlat hududida sodir etilgan bo‘lsa, o‘sha davlatga tegishli bo‘ladi. Bu haqda Gitlerchilarning sodir etgan yovuzliklari uchun javobgarligi to‘g‘risidagi 1943-yilgi Deklaratsiyada, Bosh harbiy jinoyatchilarni sud tartibida ta’qib etish va jazolash to‘g‘risidagi 1945-yilgi Yevropa mamlakatlari bitimi, Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi 1948-yilgi Konvensiyaning 6-moddasida qayd etilgan.
Bir qator xalqaro hujjatlar xalqaro xarakterga ega bo‘lgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni har qanday davlat tomonidan o‘z ichki huquqiga asosan jazolay olishini nazarda tutadi.
Ba’zan hududida jinoyat sodir etilgan davlat yurisdiksiyasi maxsus tashkil etilgan xalqaro jinoyat sudi yurisdiksiyasi bilan to‘ldiriladi. Genotsid jinoyatini oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi Konvensiyaning 6-moddasiga binoan, agar ushbu Konvensiya qatnashchilari mazkur sudning yurisdiksiyasini tan olsalar, xalqaro jinoyat sudi tomonidan sudlanishlari mumkin. Aynan shunday holat Apparteid jinoyatining oldini va olish va jazolash to‘g‘risidagi 1973-yilgi Konvensiyaning 5-moddasida ham mustahkamlangan.
Manfaatdor davlatlar tomonidan jinoiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiluvchi shaxslarni topshirish (ekstraditsiya) bevosita maxsus bitimni imzolash orqali yoki avval tuzilgan bitimlar, shu jumladan huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim doirasida amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslarning xalqaro jinoyat sodir etganligi uchun xalqaro jinoiy javobgarligi xalqaro huquqning eng muxim normalarini (agressiv urushlarni ta’qiqlash va harbiy jinoyatchilarni jazolash, xalqaro xarakterga ega bo‘lgan jinoyatlarga qarshi kurashish va shu jinoyatlarni sodir etishda aybdorlarni jazolash va boshqalar) samarali ta’minlashga ko‘mak beruvchi hozirgi zamon xalqaro huquqining instituti sifatida umume’tirof etilgan.
Hozirgi kunda jiddiy xalqaro huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun javobgar shaxslarni ta’qib qiluvchi ikki turdagi xalqaro jinoiy sud faoliyat ko‘rsatmoqda. Bular 1993–1994-yillarda tashkil etilgan sobiq Yugoslaviya va Ruanda uchun xalqaro tribunallardir. Bundan tashqari 1998-yilda Italiya (Rim)da Xalqaro jinoyat sudi Statuti qabul qilingan bo‘lib, u 2002-yilning iyulida 62 davlat tomonidan ratifikatsiya qilingach kuchga kirdi.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish