O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Xalqaro-huquqiy javobgarlik subyektlari



Download 454,89 Kb.
bet84/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Xalqaro-huquqiy javobgarlik subyektlari
Xalqaro huquq subyektining xalqaro-huquqiy javobgarligi paydo bo‘lishiga u tomonidan xalqaro huquqbuzarlik sodir etilishi asos bo‘ladi.
Xalqaro huquq nazariyasiga ko‘ra, xalqaro huquqbuzarlik – bu xalqaro huquq subyektining xalqaro huquq normalari va o‘zining xalqaro majburiyatlarini buzuvchi va xalqaro huquqning
E’tibor bering!
Davlat javobgarligi xorijiy davlat yoki uning organlari tomonidan boshqa bir davlat hududida yoki uning hududi orqali sodir etilgan xalqaro huquqqa zid harakatlar natijasida ham yuzaga keladi. Bunda xorijiy davlatning harakatlari o‘sha davlatning ko‘z o‘ngida va roziligi bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha davlat ham xorijiy davlatning xalqaro huquqqa zid harakatlari ishtirokchisiga aylanadi. Lekin bunday harakatlar o‘sha davlatga bildirilmasdan va uning roziligisiz amalga oshirilgan bo‘lsa, u faqat o‘z organlarining ziyraklikni yo‘qotishi natijasida xorijiy davlat amalga oshirgan huquqbuzarlikning oldini ola olmaganligi uchun javobgar bo‘lishi mumkin. O‘z hududidan xorijiy harbiy bazalar yaratish yoki qurollar o‘rnatish uchun joy bergan davlatlar masalasi boshqacha hal etiladi: ularning sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha xatarli oqibatlar uchun javobgarligi birgina yuridik fakt – harbiy baza tashkil etish yoki qurol joylashtirishga ruxsat bilan kuchga kiradi.
Davlatning xalqaro-huquqiy javobgarligi ushbu davlat organi yoki mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilishi natijasida xorijiy davlat yoki uning yuridik va jismoniy shaxslariga zarar yetkazilganida ham paydo bo‘ladi.
Masalan, davlat ochiq dengizdagi neft tankerining halokatiga aloqador bo‘lsa va uning ko‘rgan choralaridan ortiq bo‘lib qirg‘oqning neft bilan ifloslanish xavfini oldini olish, kamaytirish yoki yo‘qotish uchun zarur choralardan ortib ketgan taqdirda zararni qoplashi shart.
Urush qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi 1949-yilgi Jeneva konvensiyalari va boshqa konvensiyalarning urush olib borish vositalari va usullarini tartibga soluvchi normalarining buzilishiga olib kelgan harakatlar uchun javobgarlik davlat organi, harbiy qism yoki bo‘linma mansub bo‘lgan davlatga yuklatiladi. Davlat amaldagi konvensiya va bitimlarda mustahkamlangan urush qonunlari va odatlarini o‘zining barcha davlat organlari, harbiy qo‘shinlari va harbiylari tomonidan aniq bajarilishini ta’minlash uchun barcha qonunchilik, ma’muriy va boshqa choralarni ko‘rishi shart.
Xalqaro huquq subyektlarining xalqaro-huquqiy javobgarligi nafaqat xalqaro huquq normalari yoki shartnomaviy majburiyatlarini buzganlik uchun, balki xalqaro huquqqa zid bo‘lmagan harakati zararli oqibatlarga olib kelishi natijasida ham yuzaga keladi. Bunday holat qo‘llanishi xalqaro huquq bilan taqiqlanmagan o‘ta xavfli manba vositasida moddiy zarar yetkazilganda vujudga kelishi mumkin.
Xavfi yuqori darajada bo‘lgan manbalarga yadroviy energetik qurilmalar (YEQ)ga ega kemalar, koinotga uchirilgan fazoviy obyektlar kiradi. YEQga ega kemalar o‘z faoliyatini ochiq dengizda kemalar qatnovi erkinligi doirasida olib boradilar, fazoviy obyektlar esa Davlatlarning koinotni, shu jumladan “Oy va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi 1967-yilgi Shartnomaga muvofiq uchiriladi.
Yuqori darajali xavf-xatar tug‘diruvchi manbalardan foydalanish masalasida davlatlar shartnoma tartibida moddiy zararni qoplash majburiyatini uning huquqbuzarlik natijasida paydo bo‘luvchi omil sifatida emas, balki o‘sha zararning yetkazilganligi fakti asosida tan olishga kelishib olganlar (aybsiz javobgarlik).
“Fazoviy obyektlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun xalqaro javobgarlik to‘g‘risida”gi 1972-yilgi konvensiyaning 2-moddasida aytilishicha, uchiruvchi davlat “o‘zining fazoviy obyekti tomonidan Yer yuzasiga yoki parvozdagi havo kemasiga yetkazgan moddiy zararni qoplash uchun mutlaqo javobgardir”.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish