O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


-mavzu Xalqaro-huquqiy javobgarlik



Download 454,89 Kb.
bet83/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

10-mavzu Xalqaro-huquqiy javobgarlik
Reja:

  1. Xalqaro-huquqiy javobgarlik tushunchasi.

  2. Xalqaro huquqiy javobgarlik subyektlari.

  3. Xalqaro huquqbuzarlik tushunchasi.

  4. Xalqaro huquqbuzarlik turlari va ular uchun javobgarlik asoslari.

  5. Xalqaro-huquqiy javobgarlik turlari va shakllari. Xalqaro jinoyat sudlari.



Xalqaro-huquqiy javobgarlik tushunchasi.
Xalqaro-huquqiy javobgarlik – bu xalqaro huquq normalarini va o‘z xalqaro majburiyatlarini buzgan xalqaro huquq subyekti uchun kelib chiqadigan yuridik oqibatdir. Ayni paytda, bu mazkur normalar va keltirilgan zararni qoplashni ta’minlashning yuridik vositalaridan biridir.
Xalqaro huquqning shartnomaviy yoki odat normalarini buzishning yuridik oqibatlari huquqbuzar davlatga, zarar ko‘rgan davlat yoki davlatlar guruhiga hamda boshqa davlat va xalqaro tashkilotlarga ta’sir qilishi mumkin. Bu oqibatlar hamda javobgarlik shakllari har xil bo‘lishi mumkin. Ular huquqbuzarlikning tabiati va xavflilik darajasiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
a) agressiya, genotsid, irqiy kamsitish, mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berishdan bosh tortish, urush qonunlari va odatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
b) huquqbuzar davlatning xalqaro huquqning boshqa subyektlariga, alohida holatlarda ularning yuridik va jismoniy shaxslariga yetkazgan zararini qoplash javobgarligi;
d) xalqaro huquqqa asosan huquqbuzar davlatga nisbatan uning huquqbuzarligiga javoban BMT qo‘shinlarini ishga solishgacha bo‘lgan majburlov choralarini qo‘llash (masalan, BMT Ustavining 42-moddasi bo‘yicha) va boshqalar.
Xalqaro huquq subyektlarining xalqaro-huquqiy javobgarligi instituti ancha vaqtdan beri mavjud. Shu bilan birga klassik xalqaro huquq fanida, davlatning o‘ziga yetkazilgan zararni qoplash normalarining mavjudligiga qaramasdan, javobgarlik faqat shaxsga va chet elliklarning mulkiga yetkazilgan zararni qoplash bilan chegaralanib qolgan edi (masalan, Xalqaro to‘qnashuvlarni tinch yo‘l bilan hal etish to‘g‘risidagi 1907-yilgi Gaaga konvensiyasi). Biroq XX asrgacha mavjud bo‘lgan xalqaro
huquqda agressiya tushunchasi va “urush uchun javobgarlik”ni bilmas, urushning yuridik oqibatlarini uning paydo bo‘lish sabablari bilan bog‘lay olmas edi.
Mustamlakachilikning yo‘qotilishi va ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarning paydo bo‘lishi xalqaro-huquqiy javobgarlik institutida sifat o‘zgarishlarga olib keldi. Ahamiyatiga ko‘ra agressiya, genotsid, aparteid, irqiy kamsitish uchun, mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berishdan bosh tortish va kolonial tartibni majburan joriy qilish uchun javobgarlik birinchi o‘ringa chiqdi. Urush qonunlari va odatlarini buzganlik uchun javobgarlik sezilarli darajada qat’iy tus oldi. “Urush ochish huquqi” va “g‘olib huquqi” kabilar tarixda qoldi, huquqbuzar davlatlarga nisbatan qo‘llanadigan majburlov choralarining tabiati o‘zgardi, yangi xalqaro-huquqiy javobgarlik subyektlari – hukumatlararo tashkilotlar paydo bo‘ldi.
Xalqaro huquq subyektlarining xalqaro-huquqiy javobgarligi masalalari BMT Ustavida, genotsid, irqiy kamsitishni taqiqlovchi Konvensiyalarda, Urush qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi 1949-yilgi Jeneva konvensiyalari va ularning 1977-yilgi Protokollarida, BMTning Dengiz huquqi bo‘yicha 1982-yilgi Konvensiyasi va boshqa hujjatlarda mustahkamlandi.
Tinchlik va insoniyatga qarshi, harbiy hamda boshqa xalqaro jinoyatlar uchun jismoniy shaxslarning jinoiy javobgarligi xalqaro miqyosida e’tirof etildi va yuridik jihatdan mustahkamlandi.
Javobgarlik alohida shaxslarning xatti-harakatlari davlatning jinoiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan taqdirda kuchga kiradi. Bunday javobgarlik 1945 va 1946-yillardagi Nyurnberg va Tokio Xalqaro harbiy tribunal qarorlarida va xalqaro xarakterdagi jinoiy harakatlarga taalluqli konvensiyalarda o‘z aksini topdi.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish