O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi



Download 454,89 Kb.
bet36/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Davlat chegaralari
Quruqlikda belgilangan davlat chegaralari – bu bir davlatning hududini qo‘shni davlat hududidan yoki aralash, xalqaro rejimli hududdan, ya’ni qo‘shni hududdan ajratib turadigan chiziqlardir
Ikki davlat o‘rtasidagi chegaralar ikki tomonning shartnomasi asosida belgilanadi. Hududni chegaralaridagi tabbiy to‘g‘anoqlarni (tog‘lar, daryolar, ko‘llar, dengizlar va h.k.) hisobga olgan holda belgilangan chegaralar orfografik deyiladi.
Hududiy kenglikda bir nuqtadan ikkinchi nuqtagacha tekis geometrik chiziqlar tortish bilan belgilangan (Afrika davlatlari), chegaralar geometrik deyiladi.
Parallel va meridianlar bo‘yicha belgilangan davlat chegaralari esa geografik deb nomlanadi
Daryolar va ko‘llarda chegara davlatlarning kelishuvlari bo‘yicha belgilanadi. Kemalar harakatlanadigan daryolar bo‘yicha daryo farvaterining o‘rtasidan o‘tkaziladi yoki daryo talvegasidan, ya’ni eng chuqur bo‘lgan joylardan chegara o‘tkaziladi. Kemalar harakatlanmaydigan daryolarda esa chegara ko‘pincha daryoning o‘rtasidan belgalanadi.
Dengizlardagi davlat chegaralari sifatida davlatga tegishli hududiy dengizni eng tashqi chegarasi xizmat qiladi. Yoki chegaradosh davlatlarning hududiga tegishli hududiy dengizdagi chegara chiziqlari hisoblanadi. Shunga ko‘ra davlatlarning geografik joylashishiga qarab, davlat chegaralari xalqaro huquqning norma va prinsiplariga tayangan ichki normativ aktga yoki qo‘shni davlat bilan tuzilgan ikki tomonlama shartonomaga asosan belgilanishi mumkin.
BMTning 1982-yilgi Dengiz huquqi bo‘yicha Konvensiyasiga binoan hududiy dengizning chegarasi 12 dengiz milyasigacha belgilanadi.
Davlat hududining havo chegaralari uning havo kengligining quruqlikdagi va suvdagi yon chegarasi bo‘lib, vertikal sathidan iborat bo‘lgan havodagi tasavvur qilingan chiziqlardan iborat. Havo yon chegaralari to‘g‘risida hech qanday bitim tuzilmaydi. Havo kenligini fazo(kosmos) kengligidan ajratib turuvchi hududning aniq chegarasi xalqaro huquqda odat tarzida dengiz sathidan 90 – 120 kmgacha cho‘ziladi.
Davlat chegaralarini belgilash 2 jarayondan iborat: delimitatsiya va demarkatsiya. Delimitatsiya amalga oshirilganda kelishuv tomonlari chegara chiziqlarining umumiy yo‘nalishdarini aniq muhokama qilib shartnomaviy kelishuv asosida jug‘rofiy xaritaga tushirishadi. Mazkur xarita shartnomada ilova sifatida keltiriladi. Shundan so‘ng mazkur shartnoma asosida taraflar demarkatsiya ishlarini amalga oshirishadi. Buning uchun mutaxassislardan iborat aralash komissiya tuziladi. Mazkur komissiya topografik ishlarni bajaradi, mahalliy hududni aerofotos’yomka qiladi va shular asosida chegaraning aniq chiziqlari bilan belgilangan topografik karta tuziladi.
1999-yilda Botsvana va Namibiyaning o‘rtasidagi Choba daryosidan belgilangan chegara va daryodagi Kasikili/Sedudu orolining tegishliligi bo‘yicha nizoni BMT Xalqaro sudining qarorida taraflar taqdim qilgan orolning tegishliligi bo‘yicha xaritani inobatga olmadi, chunki xalqaro shartnomaga ilova qilinmagan xarita hududiy ustuvorlikga huquqiy asos bo‘la olmayd.
Demarkatsiya va redemarkatsiya bo‘yicha hujjatlar taraflarning ichki qonunchiligiga asosan tasdiqlanilishi shart. So‘ng ikki taraf hujjatlarnin tasdiqlanganligi to‘g‘risida bir biriga ma’lum qilganidan so‘ng kuchga kirgan hisoblanadi.
Davlat chegara rejimi esa har bir davlatning ichki qonunchiligiga ko‘ra amalga oshiriladi. Chegara rejimi qo‘shni davlatlar bilan shartnoma asosida belgilanadi. Davlat chegaralarini himoya qilishda xalqaro huquqning davlatlar chegaralarini buzilmasligi prinsipiga rioya qilinadi.
Davlat chegaralari bo‘yicha shartnomalar faqat ikki tarafning roziligi bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Bir tomonlama tartibda bunday masala hal qilinmaydi. Xalqaro huquqda 1978-yilgi Xalqaro shartnomalar bo‘yicha Vena konvensiyasiga binoan davlatda hududiy suveren o‘zgarganida yoki mazkur davlatda tarkibiy o‘zgarishlar yuzaga kelib huquqiy vorislik amalga oshirilgan holda ham davlat chegaralarini o‘zgartirish huquqi berilmaydi. Ya’ni chegaralar to‘g‘risidagi shartnomalar o‘ziga xos barqarorligi bilan ajralib turadi. Chegaralar bo‘yicha shartnomalar vaqt bo‘yicha cheklanmaydi. Ammo bu davlat chegaralarini umuman o‘zgartirib bo‘lmaydi, degani emas. YXHTning 1975-yilgi Yakunlovchi aktida davlat chegaralarini buzilmasligi prinsipini ta’kidlagan holda, “xalqaro huquqning norma va prinsiplariga asoslanib, tinch yo‘l bilan kelishuv asosida” hal qilish mumkinligi aytib o‘tilgan.
Qurolli nizo va uning ketidan yarashuv amalga oshirilgandagi demarkatsion chiziqlarni davlat chegaralari bilan adashtirmaslik joiz. Masalan, Yaqin Sharqda 1949-yil, Koreyada 1953-yil (38-parallel) va Vetnamda 1954 yilda demarkatsion chiziqlar belgilangan. Demarkatsion chiziqlar – davlat chegarasini belgilash emas, balki vaqtinchalik xarakterga ega bo‘lib siyosiy-harbiy maqsadlarga (yarashuv, qurolli nizoni to‘xtalishi va h.k.) xizmat qilishga mo‘ljallangan chegaradir

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish