Davlat hududi
Davlat hududining tarkibiga quruqlik va uning yer osti boyliklari, ichki va tashqi suv havzalari, ma’lum balandlikkacha havo kengligi kiradi. Davlat chegarasigacha bo‘lgan havo kengligi ham davlat hududiga tegishli hisoblanadi va uning balandligi odatiy normalarga binoan tahminan Jahon dengizining sathidan 100-110 km balandlikkacha boradi. Davlatning hududi doirasidagi yer osti boyliklari mazkur davlatga tegishli hisoblanadi. Hozirgi zamon xalqaro huquqi davlatning yer osti hududini chuqurligini aniq belgilamagan, ammo ba’zi davlatlarning milliy huquqida aniqlangan bo‘lishi mumkin. Davlat hududining quruqlik kengligi faqat quruq er kengligidan iborat bo‘lishi mumkin, yoki suv havzalari bilan chegaralangan bo‘lishi mumkin, ba’zi hollarda esa boshqa biron davlat hududi bilan ajratilgan bo‘lishi ham mumkin (anklav). Anklav hududi tegishli davlat “anklav” iborasi o‘rniga “eksklav” iborasi ishlatiladi. “Anklav” iborasini esa boshqa davlatlar qo‘llaydi. Anklav – boshqa bir davlatning hududi ichida har tomonidan o‘ralgan va dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan ikkinchi davlatning hududi. Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lgan anklavlar – yarim anklav deb ataladi.
Anklav misolida Italiyada joylashgan Vatikanni keltirish mumkin.
Masalan, yarim anklav sifatida Malaziya va Janubiy Xitoy dengizi bilan o‘ralgan Bruneyni, Ispaniya va Atlantika okean bilan o‘ralgan Portugaliyani keltirish mumkin.
Shunday qilib, jo‘g‘rofik joylashishidan va geologik tuzilishidan qat’i nazar, barcha davlat hududida joylashgan quruqlik va uning yer osti boyliklari, ichki va tashqi suv havzalari xalqaro huquq normalariga binoan yagona davlat hududini tashkil etadi va ushbu hudud davlat suvereniteti ostida hisoblanadi.
1982-yilgi BMTning Dengiz huquqi bo‘yicha konvensiyasiga binoan sohildan 24 dengiz milyasigacha bo‘lgan barcha suvlar davlat suvereniteti ostida hisoblanadi (hududiy dengiz).
Xalqaro huquqdagi davlatlarning suveren tengligi prinsipi asosida har bir davlat o‘z hududi doirasida hududiy ustuvorlikka ega.Ya’ni, mazkur hududdagi barcha jismoniy (fuqarolar, chet el fuqarolari, fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslar) va yuridik shaxslarga nisbatan davlat oliy hokimiyat hisoblanadi. Hududiy ustuvorlik mazkur hududda davlatning mutlaq hokimiyatidan boshqa hokimiyat bo‘lishi mumkin emasligini bildiradi. Agar har ikki xalqaro shartnomada o‘zgacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlatning qonun chiqaruvchi, ijrochi va sud hokimiyati mazkur davlat hududida barcha jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan hududiy ustuvorlikni amalga oshiradi.
Ammo hududiy ustuvorlik degani barcha narsa mumkin degani emas. Masalan, 1970-yilgi “Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risida”gi Deklaratsiyasiga ko‘ra davlatlar o‘z hududida boshqa uchinchi davlatga nisbatan ikkinchi davlat tomonidan agressiyaga doir xatti-harakatlarni amalga oshirishi taqiqlanadi. Ya’ni davlat hududiy ustuvorligini amalga oshirganida, o‘zining milliy huquqi hamda xalqaro huquqiy norma va standartlariga rioya etgan, xalqaro majburiyatlarni bajargan holda amalga oshirishi shart. Shundan kelib chiqadiki, davlat tomonidan o‘z ichki huquqi va xalqaro majburiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar davlat yurisdiksiyasiga kiradi. Masalan, V.A.Nezabitovskiy hududning davlatga tegishli bir mulk emas, balki davlat hukumatining ta’sir qilish doirasidir, deb fikrlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |