O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi



Download 454,89 Kb.
bet35/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Hududiy nizolar
Tarixiy voqealar sababli yuzaga kelgan hududiy nizolar ko‘plab chegaradosh hududlarda-yillar davomida o‘z yechimini topmagan. Masalan, yangi yerlar ilk bor topilgan paytlarda yoki kolonizatsiya davrlarini aytib o‘tish mumkin. Hozirgi paytda ham yer osti boyliklari mavjud bo‘lgan hududlar uchun ko‘plab nizolar yuzaga kelmoqda va ko‘p-yillar davom etmoqda. Misol tariqasida, Janubiy Xitoy dengizidagi hech bir davlatga tegishli bo‘lmagan kimsasiz Spratli orollarini keltirish mumkin. 1971-yilgi Orollar Tayvan tomonidan okkupatsiya qilingan. Spratli orollariga Bruney, Malayziya, Filippin, Tayvan, Vetnam ega chiqish uchun hanuzgacha harakatda.
Xalqaro huquqda hududiy nizolarni subyektlari faqat davlatlar bo‘lishi mumkin. Chunki faqatgina davlatlar hududiy ustuvorlikga ega bo‘lishlari mumkin. Shunda nizoni obyekti hudud, predmeti esa mazkur obyektga tegishli xalqaro huquqiy normalar hisoblanadi. Ko‘pincha chegaralarga tegishli nizolar demarkatsiya (chegaralarni joyida belgilash) vaqtida kelib chiqadi. Masalan, 1843-yilgi chegaralar bo‘yicha xalqaro nizodan keyin delimitatsiya va demarkatsiya amalga oshirilgan. Chegaralar to‘g‘risidagi konvensiyaga xilof ravishda xatolarga yo‘l qo‘yib belgilanganligi bo‘yicha Niderlandiya Belgiyaga qarshi da’vo qo‘zg‘agandi. Belgiya va Niderlandiya o‘rtasidagi nizoni BMT Xalqaro sudi 1959-yilda ko‘rib chiqib, Belgiya foydasiga qaror chiqargan.
Ko‘pincha, BMTning Xalqaro sudi hududiy nizolar bo‘yicha o‘z qarorlarini qabul qilishda egalik qilish muddatiga ham e’tibor beradi (50 dan 200 va undan ham ko‘proq-yilgacha). Ba’zi hollarda sud intertemporal huquqining doktrinasini qo‘llashi mumkin, ya’ni qaysi payt hududiy nizo yuzaga kelgan bo‘lsa, nizo o‘sha davrning xalqaro huquqiy normalari hisobga olib bartaraf etilishi kerak, chunki o‘tmishdagi yuridik faktlarni hozirgi zamon xalqaro huquqiy normalar bilan baholash noto‘g‘ri deb hisoblanadi.
Xalqaro sud va arbitrajlarni amaliyotida nizoli hududda o‘z suverenligi, ustuvorligini amalga oshirganligi haqida da’vogar davlat tomonidan isbot-dalil bo‘lishi kerak. Masalan, boshqarilganligi haqidagi biron bir normativ akt. 1953-yilda Fransiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi Menke va Eerkos ikki guruh kichik orollar bo‘yicha nizoda Buyuk Britaniya foydasiga qaror chiqarilgan. Ushbu qarorga “Britaniya hukumati XIX va XX asrlar davomida ikkala orol guruhlariga nisbatan davlat funksiyalarini amalga oshirib kelganligi ...” asos bo‘lib xizmat qilgan.
Shunday qilib, hududiy va chegaraviy nizolar, nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish va xalqaro huquqni boshqa norma va prinsiplariga tayangan holda o‘z yechimini topishi kerak.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish