O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Xalqaro kanallar Xalqaro kanallar



Download 454,89 Kb.
bet38/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Xalqaro kanallar Xalqaro kanallar – bu okean va dengizlarni birlashtiruvchi va quruqlik hududni kesib o‘tuvchi hamda xalqaro kemalar harakatlanishi yo‘lida foydalaniladigan sun’iy gidrotexnik qurilmalar.
Ular dengiz kengliklarni eng qisqa va qulay yo‘llar bilan kesib o‘tgan holda, davlatlar uchun iqtisodiy, navigatsion tomonlama samarali hisoblanadi. Xalqaro kemalarni harakatlanishi uchun katta ahamiyatga ega kanalar sifatida Suvaysh, Panama, Kil kanallarini ko‘rsatish mumkin. Mintaqaviy muhim kanallar qatoriga esa Korinf va Saymen kanallari kiradi.
Ularning xalqaro xarakteri, avvalombor, ularning jo‘g‘rofiy joylashishlariga bog‘liq. Masalan, Atlantik va Tinch okeanlarini Panama kanali bog‘lab turadi. Hind okeaniga chiqadigan O‘rta Yer dengizi va Qizil dengizlarni Suvaysh kanali bog‘laydi, Atlantika okeaniga chiqadigan Baltika va Shimoliy dengizlarni Kil kanali bog‘laydi, Korinf kanali uch dengizni – Egey, Ionika va Adriatikalar, Saymen kanali esa Sayma ko‘llarini, Boltiq dengizini Fin qo‘ltig‘i bilan bog‘laydi.
Kanallar asosan bir davlatning hududidan o‘tadi va uning yurisdiksiyasi ostida bo‘ladi. O‘z suverenitetidan kelib chiqqan holda, kanal kesib o‘tgan davlat kanalni ijaraga berishi mumkin va xalqaro huquqiy rejimi subyektiv faktor – davlatning xohishiga ko‘ra belgilanadi.
Xalqaro kanallarning huquqiy asosini quyidagilar tashkillashtiradi:
1) kanal bo‘ylab barcha davlatlarning tenglik asosida kemalarini erkin harakatlanishini ta’minlash;
2) kanal kesib o‘tgan davlatlarning suveren huquqlarini hurmat qilish;
3) kanal zonasini demilitarizatsiya va neytralizatsiya qilish.
Masalan, Suvaysh kanalining xalqaro huquqiy rejimi Suvaysh kanalidan erkin foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi 1888-yilgi Konstantinopol konvensiyasi bilan amalga oshiriladi. Konvensiya barcha harbiy va savdo kemalarni erkin harakatlanishi tartibga soladi. Ammo kanal bo‘ylab erkin harakatlanishga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan barcha harbiy xatti-harakatlar man etiladi. Suvaysh kanali bo‘ylab harakatlanish qoidalariga rioya etilishi Suvaysh kanali Ma’muriyati (1957-yil) nazorat ostida amalga oshiriladi.
Panama kanalining xalqaro-huquqiy rejimi 1850-yilgi AQSH va Angliya o‘rtasidagi shartnoma bilan belgilangan. Kanaldan foydalanish neytralizatsiya va kemalar harakatlanishi erkinligi prinsipi asosida amalga oshiriladi. 1903-yil AQSH Panama bilan shartnoma tuzdi. Shartnomaga asosan 10 milya kenligida kanalda AQSH o‘z qurilmalarini barpo etish va ekspulatatsiya qilish huquqiga ega bo‘ldi, ya’ni chegaralanmagan yurisdiksiyaga ega bo‘ldi. Lekin qurilmalar barpo etilgach, boshqa davlatlarning harbiy va savdo kemalarining harakatlanishi uchun erkin bo‘lib qoladi. 1977-yilda qaytadan ko‘rib chiqilgan Panama shartnomasiga ko‘ra barcha kemalar uchun teng huquqlik asosida tranzit yo‘llari neytrallashtirildi, harakatlanish uchun tranzit ochiq deb belgilandi.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish