5. Davlatga o‘xshash tuzilmalar — xalqaro huquq sub’ekti
Davlatga o‘xshash tuzilmalar — xalqaro huquq sub’ektlarining bir turi hisoblanadi. Davlatga o‘xshash tuzilmalarga "erkin shaharlar" (o‘tmishda — Venetsiya, Gamburg, Novgorod) kiradi. Ushbu ibora umumlashtirilgan tushuncha hisoblanadi, chunki u nafaqat shaharlarga, balki ma’lum rayonlarga nisbatan ham qo‘llanadi. Ba’zi holatlarda tegishli tuzilmalarni erkin shaharlar, ba’zan esa mustaqil (ozod, erkin) hudud yoki mintaqa (zona) deb atashgan (masalan, Erkin shahar Dansig, Mustaqil hudud Triest).
Umuman erkin shaharlar hududiy da’volarni to‘xtatib qo‘yish, xalqaro munosabatlarda ma’lum hududning tegishliligi borasida vujudga keladigan keskinlikni yumshatishning bir uslubi sifati-da vujudga kelgan.
Erkin shahar xalqaro shartnoma yoki xalqaro tashkilotning qaroriga binoan barpo etiladi va cheklangan huquq layoqatiga ega bo‘lgan o‘ziga xos davlat hisoblanadi. U o‘z Konstitutsiyasi yoki o‘xshash(analogik) xarakterdagi hujjatga, oliy davlat organlariga, fuqaroligiga ega bo‘ladi.
Erkin shahar odatda, qurolsizlantirilgan va betaraf hisobla-nadi.
Uning qurolli kuchlari faqat mudofaa xarakterini kasb etadi. Ular an’anaviy tushunchadagi qurolli kuchlar emas, balki chegaralarni himoya qilish va huquqiy tartibotni saqlab turishga xizmat qiluvchi kuchlardir.
Erkin shaharni barpo qiluvchilar, odatda, uning maqomini bo-shqa huquq sub’ektlari tomonidan rioya etilishini nazorat qilish usullarini belgilab qo‘yadilar. Masalan, ushbu maqsadlarda o‘z va-killari yoki vakilini tayinlaydilar.
Xalqaro maydonda erkin shahar manfaatlarini manfaatdor davlat yoki xalqaro tashkilot himoya qiladi. Ikki jahon urushi oralig‘ida mavjud bo‘lgan erkin shahar Dansig maqomini Millatlar ligasi kafolatlagan, uning tashqi aloqalardagi manfaatlarini Polsha himoya qilgan.
Erkin shahar Triest 1947 yilda Italiya bilan tuzilgan tinchlik sulhi asosida tashkil topgan, keyinchalik, 1954 yil bitimiga asosan Italiya va YUgoslaviya o‘rtasida bo‘lingan va BMT Xavfsizlik Kengashi himoyasida bo‘lgan.
SHahar-davlatlar Vatikan va Malta ordeni kabi davlatga o‘xshash tuzilmalar o‘ziga xos jihatlarga ega. CHetdan qaraganda Vatikan (katolik cherkovining Muqaddas taxti) davlatining barcha atributlariga — uncha katta bo‘lmagan hudud, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimiga ega. Biroq Vatikan aholisi to‘g‘risida faqat shartli ravishda gapirish mumkin: bu — katolik cherkovida tegishli lavozimlarda ishlovchi mansabdor shaxslar. SHu bilan birga Vatikan — ijtimoiy mazmundagi, ya’ni ma’lum jamiyatni boshqaruvchi mexanizm, uning tomonidan yaratilgan va uni himoya qiluvchi davlat emas. Ko‘proq u katolik cherkovining ma’muriy markazi sifatida ko‘rilishi mumkin.
Vatikan maqomining o‘ziga xosligi uni rasman xalqaro huquq sub’ekti deb tan oluvchi davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatganligi bilan izohlanadi. Bunday tan olish katolik cherkovi-ning siyosiy rolini amalda tasdiqlashni anglatadi.
1889 yilda suveren tuzilma sifatida tan olingan Malta ordenining xalqaro huquq sub’ekti ekanligi masalasi muayyan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Orden manzilgohi — Rim shahrida joylashgan. Uning rasmiy maqsadi — xayriya faoliyatini amalga oshirish. U ko‘pgina davlatlar bilan diplomatik munosabatlarga ega. Ordenning o‘z hududi va aholisi yo‘q. Uning suvereniteti va xalqaro huquq layoqati — huquqiy fiksiya.
SHuni ta’kidlash lozimki, bu kabi tuzilmalarning hammasi ham xalqaro huquq sub’ektlari hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |