O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Davlatlarning huquqiy vorisligi



Download 454,89 Kb.
bet27/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

4. Davlatlarning huquqiy vorisligi
Davlatlarning huquqiy vorisligi — bir davlatga tegishli huquq va majburiyatlarning boshqasiga o‘tishidir. Davlatlarning huquqiy vorisligi to‘g‘risidagi masala:
birinchidan, ijtimoiy inqilob natijasida ijtimoiy tuzumning almashinishi yuz berganda (masalan, 1949 yilda Xitoy hududida XXR e’lon qilinishi);
ikkinchidan, milliy-ozodlik kurashi natijasida yangi mustaqil davlatning vujudga kelishi (1993 yilda Eritreyani Efiopiyadan ajrab chiqishi);
uchinchidan, o‘tmishdosh — davlat hududida bir necha yangi davlatlarning paydo bo‘lishi (1991 yilda SSSR va SFRYUning parchalanib ketishi) va ikki yoki bir necha davlatlarning birlashishi natijasida yangi davlatning vujudga kelishi (1990 yilda ikki Germaniyaning hamda 1991 yilda ikki YAmanning birlashishi) natijasida yuzaga keladi.
Davlatlarning huquqiy vorisligi yangi davlatlar uchun muayyan yuridik oqibatlarga ega. CHunki buning natijasida xalqaro shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish va ularni denonsatsiya qilish, xalq-aro tashkilotlarga a’zolik, mulkka bo‘lgan meros huquqi kabi masa-lalarni qaytadan ko‘rib chiqish ehtiyoji tug‘iladi.
1978 yilda SHartnomalarga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligi to‘g‘risida Vena konvensiyasi qabul qilindi (hali kuchga kirmagan). Konvensiya quyidagi holatlarda vujudga keladigan davlatlarni shartnomalarga nisbatan huquqiy vorisligini tartibga soladi:
birinchidan, avvalgi tobe hududlarda yangi mustaqil davlatni tashkil topishi;
ikkinchidan, bir necha davlatlarning birlashishi yoki davlatni bir necha mustaqil davlatlarga bo‘linib ketishi;
uchinchidan, kelishuvga muvofiq bir davlatga tegishli hududning bir qismini boshqa biriga berishi.
Konvensiyada qator ijobiy elementlar:
— yangi mustaqil davlatning o‘z xalqaro-huquqiy aloqalarini mustaqil belgilash huquqi;
— ozodlikka erishgan davlatning o‘z tabiiy boyliklariga nis-batan ajralmas suverenitetini tasdiqlash;
— o‘z yurisdiksiyasi ostida bo‘lmagan hududlarda chet el harbiy bazalarini barpo etishning noqonuniyligi;
— merosxo‘r davlatning xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan me’yorlariga rioya qilish majburiyatini mustahkamlanishi mavjud.
1983 yilda Davlat mulki, davlat arxivlari va davlat qarzlariga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi qabul qilindi (hali kuchga kirmagan). Ushbu Konvensiyaning davlat mulki to‘g‘risidagi qismidagi muhim qoida (9-modda) — o‘tmishdosh davlat mulkining merosxo‘r davlatga o‘tishi bilan uning mulkka nisbatan huquqi bekor bo‘lib, merosxo‘r-davlatda esa ushbu mulkka nisbatan huquq paydo bo‘lishidir. Konvensiya umumiy tamoyil sifatida o‘tmishdosh-davlat mulkining merosxo‘r-davlatga hech qanday tovonsiz (kompensatsiyasiz) o‘tishini belgilagan. Davlatning meros huquqi amalga oshiriladigan vaqgda o‘tmishdosh-davlat hududida bo‘lgan va uning ichki huquqiga muvofiq uchinchi davlatga tegishli bo‘lgan mulk huquq va manfaatlariga nisbatan merosxo‘r-davlat daxl qilmaydi.
SHunday qilib, davlat hukuqiy vorisligi uchinchi davlatlar mulkiga nisbatan hech qanday oqibatlar tug‘dirmaydi. Konvensiya davlatlar davlatlar huquqiy vorisligining besh turini ajratadi. Bular:
1. Davlat hududining ma’lum qismini boshqa davlatga berilishi;
2. YAngi mustaqil davlatning tuzilishi;
3. Davlatlarning birlashishi;
4. Davlat qismi yoki qismlarining ajrab chiqishi;
5. Davlatlarning bo‘linishidan iborat.
SSSR parchalanib ketganidan so‘ng Mustaqil Davlatlar Hamdo‘-stligi (MDH)ga kirgan davlatlar o‘rtasida davlatlar huquqiy vo-rislik bo‘yicha kompleks kelishuvga erishilgan va ular tomonidan huquqiy vorislik bo‘yicha qator qarorlar, xususan, sobiq SSSRning o‘zaro manfaat kasb etuvchi shartnomalariga nisbatan hamfikrlik to‘g‘risidagi memorandum (1992 yil), sobiq SSSRning chet ellarda-gi barcha mulkini taqsimlash to‘g‘risidagi kelishuv (1992 yil), so-biq SSSRning davlat arxivlariga nisbatan huquqiy vorislik to‘g‘risidagi kelishuv, Huquqiy vorislik masalalari bo‘yicha MDH davlat boshliqlari Kengashi qarrri (20 mart 1992 yil) qabul qilingan.
Rossiya SSSRning huquqiy vorisi emas, balki davomchisi hisoblanadi. Bu to‘g‘rida u 1992 yil yanvar oyida barcha davlatlarga nota orqali rasman bildirgan.
Davlat chegaralariga nisbatan huquqiy vorislik — davlatlar vorisiyligi natijasida chegara chiziqlari holatiga nisbatan huquq va majburiyatlarning boshqa davlatga o‘tishini anglatadi. 1978 yilda qabul qilingan SHartnomalarga nisbatan davlatlar huquqiy vorisligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga muvofiq davlatlarning huquqiy vorisligi davlat chegaralari huquqiy tartibiga tegishli huquq va majburiyatlar va shartnoma bilan belgilangan chegaralarga daxl qilmaydi. Bu, agar davlat huquqiy vorisligi faktining o‘zi-dan shartnomaviy huquq va majburiyatlarni bekor qilish yoki o‘zgar-tirish uchun qandaydir asoslar vujudga kelsa, bunday asoslar shartnoma bilan belgilangan chegaralar yoki chegara rejimiga taalluqli huquq va majburiyatlarning o‘zgartirilishida foydalanilishi mum-kin emasligini anglatadi.
Agar ma’lum davlat bilan o‘zaro kelishuv asosida va xalqaro huquqqa muvofiq chegaralar o‘zgartirilishiga kelishilmagan bo‘lsa, chegaralar to‘g‘risidagi shartnomalar merosxo‘r-davlat tomonidan bajarilishi lozim.
Amerika qit’asidagi sobiq ispan mustamlakalari XIX asr boshlarida o‘z mustaqilliklariga erishganlarida ular mustamlaka chegaralarini davlat chegaralari sifatida saqlab qoldilar.
XX asrning 50-60-yillarida mustaqillikka erishgan Afrika davlatlari ham mustamlaka chegaralarni saqlab qoldilar.
Hukumatlarning huquqiy vorisiyligi — davlat ichkarisidagi o‘zgarishlar natijasida huquq va majburiyatlarga nisbatan meros huquqidir. G‘ayrikonstitutsiyaviy yo‘l bilan hukumatlar almashinuvi natijasida yangi hukumatning xorijiy davlatlar bilan o‘tmishdosh hukumat tomonidan tuzilgan shartnoma va bitimlarga nisbatan munosabati masalasi kun tartibiga chiqadi. Biroq bu masalada bosh-qa nuqtai nazar ham mavjud. Unga muvofiq hukumat almashinuvi davlatlarning huquq va majburiyatlariga ta’sir qilmaydi.
Davlat bo‘linishi natijasida mustaqil davlatlarning vujudga kelishidagi huquqiy vorislik — xalqaro huquq bo‘yicha o‘tmishdosh-davlat huquq va majburiyatlarini merosxo‘r-davlatlarga o‘tishi tu-shuniladi. Agar davlatning biror qismi ajrab chiqib ketganidan so‘ng ham u o‘z faoliyatini davom ettirsa, davlatga huquqiy vorislik o‘tayotgan paytda o‘tmishdosh-davlatga nisbatan kuchda bo‘lgan har qanday shartnoma uning qolgan barcha hududlari uchun o‘z kuchini saqlab qoladi. Bu avvalombor davlatlar o‘rtasida barqaror shartnomaviy munosabatlarni saqlab qolish maqsadini ko‘zda tutadi.
YAngi mustaqil davlatlar tashkil topishida huquqiy vorisiylik ma’lum o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uzoq yillar davomida mustamlaka hukmronligi ostida yoki noqonuniy okkupatsiya ostida bo‘lgan tobe hududlar xalqaro shartnomalar tuzishda ishtirok etmaydilar. Ushbu funksiya metropol-davlat tomonidan tobe hududlarda yashovchi aholi manfaatlari inobatga olinmagan holda amalga oshirilgan.
Huquqiy vorisiylikning eng murakkab muammolaridan biri davlat qarzlariga nisbatan vorisiylik huquqidir. Konvensiyaning 38-moddasida o‘tmishdosh-davlatning davlat qarzlari merosxo‘r-dav-latga o‘tkazilmaslik tamoyili qabul qilingan. Mustamlaka asora-tidan qutilgan davlatlar uchun ushbu qoida juda muhimdir. Biroq Konvensiyada davlat qarzlariga nisbatan vorisiylik huquqi to‘g‘ri-sida bitimlar tuzish mumkinligi imkoniyati inkor etilmaydi. Bunga, agar o‘tmishdosh-davlatning qarzi davlat huquqiy vorisiylik ob’ekti hisoblangan hududdagi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa, yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Ikki yoki bir necha davlatlarning birlashishi natijasida yagona merosxo‘r-davlat va shu bilan birga mazkur davlatning huquqiy vorisiyligi vujudga kelady.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish