O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Davlat — xalqaro huquqning asosiy sub’ekti



Download 454,89 Kb.
bet25/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

2. Davlat — xalqaro huquqning asosiy sub’ekti
Uzoq vaqt davomida davlatlar xalqaro huquqiy munosabatlar-ning yagona sub’ekti bo‘lib kelgan. Hozirgi xalqaro huquq me’yorla-ri hamon aksariyat, davlatlar o‘rtasidagi, shuningdek, davlatlar bilan xalqaro tashkilotlar va boshqa xalqaro huquq sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi. SHu bois, davlatlar — xalqaro huquqning asosiy sub’ektlaridir va xalqaro huquqiy munosabatlarning asosiy real ishtirokchilaridir, chunki ular doimiy ravishda bir-biri bilan, xalqaro tashkilotlar va boshqa xalqaro huquq sub’ektlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi zarur.
Xalqaro huquqda "davlat" atamasining umumiy tushunchasi be-rilmagan. Lekin, bu tushuncha yuridik jihatdan har qanday davlatga xos bo‘lgan umumiy xususiyatdan — suverenitet tushunchasidan kelib chiqadi. Xususan, xalqaro huquqning barcha sub’ektlariga har qanday davlatning suverenitetini hurmat qilish, davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xalqaro muomalada davlatlarning suveren tengligidan kelib chiqish majburiyatlarini belgilaydi.
Davlatlar — xalqaro huquqning asosiy va birlamchi sub’ekti, shuningdek, xalqaro munosabatlar faol ishtirokchisidir. Xalqaro -huquqiy ma’noda davlat uch element —
birinchidan, muayyan hudud,
ikkinchidan, unda yashaydigan aholi,
uchinchidan, siyosiy tashkilot(hokimiyat) birligini namoyon qiladi.
Xalqaro maydonda davlat siyosiy hokimiyat tashkiloti sifatida, ayniqsa, uning oliy organi nomidan xalqaro huquq sub’ekti bo‘lib, davlatning rasmiy vakili sifatida chiqadi. Davlatning xalqaro huquq sub’ekti sifatida xarakterlovchi asosiy belgisi davlat suvereniteti hisoblanadi.
Xalqaro huquq sub’ekti sifatida davlatning birlamchiligi shundaki, ular hech kim tomonidan, tashkil qilinmaydi, ular ob’ek-tiv tarixiy reallik sifatida mavjuddir. Boshqa tomondan, dav-latlar o‘zlari xalqaro huquqning ikkilamchi (hosilali) sub’ekti — xalqaro tashkilotlarni tashkil qilishi mumkin.
Birlamchi sub’ekt sifatida davlatlar universal xalqaro huquq layoqatiga ega. Birlamchilik davlatning xalqaro xuquqni asosiy sub’ekti sifatidagi rolini belgilaydi. Aynan davlatlar xalqaro xuquq me’yorlarini ishlab chiqadi, ularni buzganlik uchun javobgar-likni, xalqaro huquqiy tartibotni va xalqaro tashkilotlarning funksiyalarini belgilaydi. Davlatlarning ushbu imkoniyatlari o‘zlari tomonidan yaratilgan xalqaro huquq tamoyillari va me’yor-laridan boshqa hech nima bilan chegaralanmagan. Mazkur tamoyillar va me’yorlarga muvofiq davlatlar xalqaro huquq sub’ekti sifatida xalqaro xujjatlarda, xususan BMT Ustavida mustahkamlab qo‘yilgan asosiy huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Biroq, hanuzgacha bunday huquq va majburiyatlar ro‘yxati ishlab chiqilmagan.
Hozirgi zamon xalqaro huquq doktrinasi davlatlarning quyidagi asosiy huquqlarini ajratadi:
— mustaqillik va o‘zining qonuniy huquqlarini erkin amalga oshirish;
— o‘z hududi ustidan va uning doirasida xalqaro huquq tomonidan tan olingan immunitetlarga rioya qilgan holda barcha shaxslar va boshqa narsalarga nisbatan o‘z yurisdiksiyasini amalga oshirish;
— boshqa davlatlar bilan teng xuquqlilik;
— qurolli bosqinchilikka nisbatan yakka va jamoa tartibida o‘zini mudofaa qilish.
Asosiy majburiyatlar:
- boshqa davlatlarning ichki va tashqi ishlariga aralashmaslik;
— inson huquqlarini hurmat qilish;
— o‘z hududida shunday sharoit belgilash lozimki, unda xalqaro tinchlikka xavf tug‘dirmasligi lozim;
— boshqa davlatlar bilan nizolarni tinchlik yo‘li bilan hal qilish;
— kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligiga va siyosiy mustaqilligiga yoki xalqaro huquqqa zid bo‘lgan boshqa tarzda tajovuz qilmaslik;
— o‘z majburiyatlarini buzayotgan davlat yoki BMT tomonidan ogohlantiruvchi yoki majburlovchi chora qo‘llanilayotgan davlatga yordam ko‘rsatmaslik;
— o‘z xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarish singari holatlarni kiritish mumkin.
Xalqaro huquq uchun davlatlarni oddiy(unitar)ga va murakkabga bo‘lish ma’lum ahamiyatga ega.
Davlatning hududiy-tashkiliy tuzilmasi turli xil bo‘lishi mumkin. Davlat tuzilishining oddiy(unitar) va murakkab(federativ va konfederativ) shakllari farqlanadi.



Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish