O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Xalqaro jinoyat huquqining manbalari



Download 454,89 Kb.
bet111/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Xalqaro jinoyat huquqining manbalari
Hozirgi davrda xalqaro jinoyat huquqining manbalar tizimi shakllanib bo‘lgan. Bu tizim, avvalo, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan shartnomalar ko‘rinishida, bundan tashqari, xalqaro jinoyatlar yoki xalqaro xarakterdagi jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Xalqaro jinoyat huquqi manbalarining boshqa bir xususiyati uning yagona kodeksi mavjud emasligidadir. Xalqaro shartnoma xalqaro jinoyat huquqining asosiy manbaidir. Xalqaro shartnomalarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
Mazkur xalqaro shartnomalar qatorida xalqaro jinoyat huquqiga tegishli bo‘lgan tinchlik davrida ham, qurolli to‘qnashuvlarda ham amal qiluvchi moddalar mavjud.
Misol tariqasida:
Butunjahon pochta konvensiyasi;
Yadroviy materiallarni jismonan himoyalash haqidagi konvensiya;
Dengiz huquqi to‘g‘risidagi 1982-yilgi xalqaro konvensiyaning qaroqchilikka qarshi kurashda davlatlarning hamkorligi to‘g‘risidagi moddalarini keltirib o‘tish mumkin.
Xalqaro jinoyat huquqining manbalariga ma’lum bir sohada tarqalgan, shaxsga nisbatan qo‘llanishni cheklovchi, jinoiy yurisdiksiyalarni amalga
oshirish davrida qabul qilingan xalqaro shartnomalarni ham kiritish mumkin.
Xalqaro jinoyat huquqining manbalari bo‘lgan shartnomalar agressiv urushga tayyorgarlik, xalqaro tinchlikni buzish kabi jinoyatlarga chek qo‘yishda, xalqaro hamjamiyatga jiddiy ziyon yetkazuvchi harakatlar olib borgan davlat yoki jismoniy shaxslarga qarshi xalqlar va davlatlarning kurashida hamda davlatlarning xalqaro javobgarligi sifatida aybdor shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Masalan, 1973-yildagi Aparteid jinoyatiga chek qo‘yish va uning uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaning 1-moddasida belgilanganidek, aparteid va undan kelib chiqqan holda olib borilgan siyosat, irqiy segregatsiya (ajratish) va diskriminatsiya (kamsitish) amaliyoti xalqaro tinchlik va xavfsizlikka jiddiy xavf sifatida baholanadi. Zamonaviy xalqaro huquqda xalqaro jinoyatlar va xalqaro xarakterdagi jinoyatlar sodir etgan shaxslarni ta’qib qilish va javobgarlikka tortish majburiyatini to‘g‘ridan to‘g‘ri davlatlarga yuklovchi shartnoma normalari tizimi yuzaga keldi (keyingi paytlarda esa boshqa davlatlar hududida ham umumiy jinoiy harakatlarni sodir etgan jinoyatchilarni jazolash to‘g‘risida ham kelishuvlar tuzilmoqda).
XX asrning 40-yillarida, xalqaro shartnomalarda o‘z aksini topgan bir qator qoidalar hozirgi kunda xalqaro-huquqiy odatlarga aylangan. Biroq xalqaro huquqning boshqa sohalarida bo‘lgani kabi xalqaro jinoyat huquqida ham xalqaro odatlarning manba sifatidagi roli nisbatan kichik.
Xalqaro jinoyat huquqining odat va shartnomaviy normalarining o‘zaro munosabatlariga to‘xtalganda ta’kidlash joizki, qoidaga ko‘ra urush qonunlari borasidagi shartnomalar normalar xalqaro odatlarning kodifikatsiyasi hisoblanadi va aynan ushbu odatlarga asoslanishni belgilab qo‘yish lozim.
Nyurnbergdagi Xalqaro Tribunal 1907-yildagi IV Gaaga konvensiyasida aks ettirilgan qoidalarning aksariyati taraqqiy etgan millatlar tomonidan qabul qilinib, urushning amaldagi qonun va odatlari sifatida ko‘rib chiqilganligini e’lon qildi. 1949-yildagi Jeneva konvensiyasiga 1977-yilda qabul qilingan Urush qurbonlari to‘g‘risidagi Qo‘shimcha Protokol esa asosiy qoidalarida amaldagi xalqaro odat huquqini aks ettirdi.
Masalan, 95-moddada urush olib borish usulini tanlash huquqi haqida; 37-modda sotqinlikni taqiqlash; 38 va 39-moddalarda emblemalar to‘g‘risida so‘z boradi va hokazo Xalqaro jinoyat huquqida (urush qonunlari va odatlari qismida) ko‘plab xalqaro shartnomalarda xalqaro odat huquqi normalarining o‘zida aks ettirilganligi, ya’ni odat normalari sifatida shartnomaning qoidalari ishtirokchi bo‘lmagan davlatlar uchun ham majburiy ekanligi ko‘rinadi. E’tibor bering!
Sobiq Yugoslaviya hududida sodir etilgan xalqaro gumanitar huquqining jiddiy tarzda buzilishida javobgar shaxslar ustidan sud-tergov ishlari olib boruvchi BMT Xavfsizlik Kengashining 1993 yil 25-maydagi rezolyutsiyasi asosida vujudga kelgan Xalqaro Tribunal Ustavi, BMT Xalqaro Huquq Komissiyasi tomonidan 1994 yildagi 46-sessiyasida qabul qilingan Xalqaro Jinoyat Sudi Statutining loyihasi hamda Insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar kodeksining loyihasi (2, 20 va 22-moddalar) urush qonunlari va odatlarining odat huquqi xususiyati, bir qator xalqaro shartnomalarda o’z aksini topganligini tasdiqladi. Bu hujjatlarni xalqaro jinoyat huquqining muhim manbalari deb hisoblash mumkin. Masalan, 1899 va 1907-yillardagi Gaaga konvensiyalari, 1948-yildagi Genotsid uchun ogohlantirish va jazo to‘g‘risidagi konvensiya.
Shartli ravishda yordamchi manba sifatida xalqaro jinoyat huquqi manbalariga u yoki bu darajada xalqaro jinoyat yoki xalqaro xarakterdagi jinoyat sodir etgan shaxslarning javobgarligi masalasi va jazolashga yo‘naltirilgan davlatning ichki qonunlarini ham kiritish mumkin.
Bir qator davlatlarning aynan bir masala yuzasidan qabul qilgan ichki qonunlari xalqaro jinoyat huquqining odat normalarini yuzaga kelishiga ta’sir etishi mumkin.
Masalan, davlatlar tomonidan xalqaro terrorchilik harakatlariga qarshi kurash to‘g‘risida qabul qilgan qonuni, bunday harakatlarni taqiqlovchi, jismoniy shaxslarning xalqaro jinoiy javobgarlikka tortilishi haqidagi masalani qo‘yuvchi va ushbu harakatni jinoyat deb tavsiflovchi xalqaro huquq normalarining yaratilishiga olib kelish mumkin.(O‘zbekiston Respublikasining Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi 2000 yildagi qonuni1)
Qulchilik va qul savdosini taqiqlash hamda yo‘q qilish davlatlarning ichki qonunlar ishlab chiqishi natijasi asosan Amerika davlatlari tomonidan XIX asrda, 1885-yilda Berlin Konferensiyasida qabul qilingan Kongo to‘g‘risidagi asosiy hujjatning 9-moddasida va Kongo daryosi sohillari hududidan qul bozori sifatida va qullar tashiladigan tranzit yo‘l sifatida foydalanishni taqiqlovchi qonunlarda o‘z ifodasini topgan. 1926-yilga kelib “Qulchilik to‘g‘risida” maxsus konvensiya qabul qilingan.
Biz davlatlarning ichki qonunlarini, ular xalqaro jinoyat huquqining allaqachon mavjud bo‘lgan xalqaro odat huquqi normalarini tasdiqlasa ham, xalqaro jinoyat huquqining tamoyil va normalari davlatlar hududida amalga oshirilishi ta’minlanayotganligi uchun ham yordamchi manbalar deb ataymiz.
Misol tariqasida, maxsus shartnomaga asoslangan ekstraditsiya (ushlab berish) institutini keltirish mumkin. Unga ko‘ra, yuqoridagi shartnoma mavjud bo‘lmagan hollarda xalqaro odat huquq normasi – javobgarlikning muqarrarligi tamoyili hisoblanadi. Jinoyatchini ushlab berish institutiga asoslangan ushbu asosiy tamoyil aut dedere aut judicare” nomli atamada o‘z aksini topgan. Mazkur tamoyil bugungi kunda borgan sayin keng taraqqiy etib bormoqda Ushbu iboraning o‘zbek tilida tarjimasi “topshir yoki sud qil” kabi ma’nolarni anglatadi.
Xalqaro jinoyat huquqining manbai sifatida sud qarorlari alohida ahamiyatga ega. Sud qarorlari umumiy tamoyillar kabi xalqaro huquqning ma’lum bir normalari yaratilishiga katta ta’sir etadi (ayniqsa, urush qonuni va odatlari borasida).
Sud qarorlarida ko‘rsatilgan Nyurnberg tamoyillari asosiy xalqaro jinoiy javobgarlikka tortiluvchi jinoyatlar ro‘yxati va xalqaro huquqning yangi normalari yaratilishiga asos bo‘ldi. Ular qatoriga Genotsid jinoyatining oldini olish va buning uchun jazolash to‘g‘risidagi 1948-yilgi konvensiyani kiritish mumkin.
1949-yilda qabul qilingan Urush qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasida harbiy jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan. Bu masala 1907-yildagi Gaaga konvensiyasida tilga olinmagan, lekin Nyurnberg Tribunalining Nizomi va hukmlarida bevosita muhokama qilingan.
Sud qarorlari to‘g‘ridan to‘g‘ri faqatgina taraflar tomonidan bajarilish majburiyatini yuklaydi. Xalqaro Sud Statutining 59-moddasida sud qarorlari faqat “mazkur ish yuzasidan ishda ishtirok etayotgan tomonlar va ushbu ish uchun” majburiyligi belgilangan. Lekin boshqa bir shunga o‘xshash ish ko‘rilsa, sud ko‘rilgan ish yuzasidan chiqargan qarorlarni va uning dalillarini yoki butun sud qarorining o‘zini inobatga olishi mumkin.
Sud qarorlarini xalqaro jinoyat huquqining tuzilishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynovchi bilvosita yoki yordamchi manbalarga kiritish mumkin.
Xalqaro jinoyat huquqining yordamchi manbalariga xalqaro tashkilotlar, avvalo BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi kabi organlarning qarorlarini ham kiritish lozim.
Xalqaro sud o‘z Statutining 38-moddasida o‘zining bir qator ishlarida xalqaro tashkilotlar rezolyutsiyalardan foydalangan bo‘lsa-da, ularni xalqaro huquq manbalari sifatida ta’kidlab o‘tmagan. Aksariyat olimlar xalqaro tashkilotlarning qarorlarini xalqaro huquq va xalqaro jinoyat huquqining bilvosita manbalari deb hisoblashadi.
BMTning turli idoralari tomonidan bevosita jinoyat huquqiga tegishli bir qator xalqaro hujjatlar qabul qilingan. Ular qatoriga “Mahbuslar bilan muomala qilishning minimal standart qoidalari”, “Qiynoq va boshqa shafqatsiz, qadr-qimmatni kamsituvchi g‘ayriinsoniy muomala turlariga barham berish to‘g‘risida”gi Deklaratsiya, “Mansabdor shaxslarning huquq-tartibotni tartibga solish xatti-harakati” kodeksidir.
Bu xalqaro hujjatlar guruhiga “Odil sudlovdagi tenglik tamoyili”; “Qiynoq va boshqa shafqatsiz, qadr-qimmatni kamsituvchi g‘ayrinsoniy muomala turlariga barham berish to‘g‘risida”gi Konvensiya; “Qamoq jazosi yoki boshqa turdagi hibsga olishning turlarida shaxslarni himoyasiga tegishli tibbiy etika kodeksi”; “Hibsga olish yoki qamoq jazosining qanday turi bo‘lishidan qat’i nazar, barcha shaxslarni himoyalash tamoyili qonunlari” kabilarni ham kiritish mumkin.
Birinchi guruh hujjatlari davlatlarga tavsiyalar sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, qonunlar bilan birga xalqaro kelishuvlarning ham ishlab chiqilishi va qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Masalan, “Qiynoq va boshqa shafqatsiz, qadr-qimmatni kamsituvchi g‘ayrinsoniy muomala turlariga barham berish to‘g‘risida”gi Deklaratsiya 1987-yil kuchga kirgan xuddi shu nomdagi Konvensiyaning ishlab chiqilishini tezlashtirdi.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish