O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi



Download 454,89 Kb.
bet113/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

18 yoshga yetmagan shaxslar uchun yurisdiksiyadan istisnolik prinsipi. Mazkur prinsip jinoyat sodir etish vaqtida 18 yoshga yetmagan har qanday shaxsga nisbatan Sud yurisdiksiyaga ega emasligini anglatadi;
Mansabdan kelib chiqib ish yuritishga yo‘l qo‘ymaslik prinsipi. Ushbu prinsip Xalqaro Jinoyat Sudi Statuti, shaxs qanday lavozimni egallab turganligidan qat’i nazar, barcha uchun teng qo‘llanilishini anglatadi. O‘z navbatida davlat yoki hukumat boshlig‘i lavozimida bo‘lganlik, parlament yoki hukumat a’zosi, tayinlangan mansabdor shaxs yoki hukumatning mansabdor shaxsi bo‘lganlik Xalqaro Jinoyat Sudi Statutiga binoan hech qanday holatda shaxsni jinoiy javobgarlikka tortmaslikka yoxud jazo turining yengilroq shakli tayinlanishiga asos bo‘la olmaydi. Shaxsning lavozimi maxsus protsessual normalar yoki immunitetlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lsa ham, xalqaro huquq yoki milliy huquqqa tegishli bo‘lsa ham, hech qanday holatda bunday shaxsga nisbatan sud yurisdiksiyasi qo‘llanilishini taqiqlanmasligi shart;
Komandir va boshqa boshliqlarning javobgarligi prinsipi. Mazkur prinsip jinoyatlar uchun Xalqaro Jinoyat Sudi Statutining boshqa jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini to‘ldiriladi. Unga ko‘ra harbiy komandir sud yurisdiksiyasiga tushuvchi kuch bilan amalga oshirilgan, vaziyat taqozosi bilan, buyruq berish yoki nazorat qilish bilan amalga oshirilgan jinoiy ishlar va sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi. Uning boshqaruvi yoki nazorati natijasida belgilangan tarzda bunday kuchlarning jinoyat sodir etishi yoki jinoyat sodir etishiga urinishlari holatlari, uning xizmat lavozimidan foydalangan holda jinoyat sodir etilishining oldini olmaganligi, jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yganligi, yuzaga kelgan vaziyatlarni bartaraf etmaganligi yoki yuqoridagi holatlar kuzatilganida vaziyatni bilishi va tegishli idoralarga jinoiy ish olib borish, taftish o‘tkazish uchun taqdim etmaganligi natijasida jinoiy ish yoki harakat sodir etiladi va buning uchun komandir yoki mas’ul shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi. Yuqorida qayd etilmagan, boshliq va bo‘ysunuvchi munosabatlariga aniqlashtirish lozim. Boshliqning faol boshqaruvi yoki nazorati natijasida uning bo‘ysunuvchilari tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlar, bo‘ysinuvchilarining olib borayotgan jinoiy harakatlari va sodir etgan jinoyatlarini bila turib yoki bilmaslikka olib, jinoyat haqida keltirilgan aniq axborotlarni ham ko‘rib turib yoki bilmaganlikka olib jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yganligi uchun ham sud yurisdiksiyasida qayd etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladi va jazolanadi;
O‘tish muddati qo‘llanilmaslik prinsipi. Mazkur prinsip Xalqaro Jinoyat Sudi yurisdiksiyasiga tushuvchi jinoyatlarga nisbatan hech qanday vaqt belgilanmasligini aniqlashtiradi. Ya’ni mazkur Statutda belgilangan jinoyatlar sodir etilgan bo‘lsa, qancha vaqt o‘tishidan qat’i nazar javobgarlikka tortilishini anglatadi.
Subyektiv tomon prinsipi. Unga ko‘ra Xalqaro Jinoyat Sudi yurisdiksiyasiga tushgan jinoyatlarning shaxs qasddan yoki bila turib amalga oshirgan holatlarda jinoiy javobgarlikka tortiladi. Mazkur prinsip maqsadlariga shaxs noqonuniy faoliyat, jumladan, bu harakatlarni aynan o‘sha shaxs sodir etishni ko‘zlagan, sodir etgan voqealarning oddiy jarayonlarida jinoiy harakatlar sodir bo‘lishini bilgan holda faoliyat olib borgan holatlar tegishlidir. Bu prinsip maqsadi yo‘lida voqea-hodisalarning obyektiv jarayonlarida, holatlar mavjudligini “ongli ravishda” anglashni bildiradi;
Jinoiy javobgarlikdan ozod etish asosining prinsipi. Mazkur prinsip shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etish asoslarini belgilab beradi. Shaxs:
birinchidan, jinoyat sodir etilgan vaqtda qonunga zid harakat qilanayotganini, qonun buzilayotganini anglaganini, qonun talablariga zid faoliyat olib borayotganligini tushunishiga imkon bermaydigan ruhiy kasallikka chalingan yoki ruhiy buzilishlari bo‘lgan taqdirda;
ikkinchidan, qonunga qarshi ish olib borayotganligini, xatti-harakatlarini qonun talablaridan kelib chiqib bajarish lozimligini anglash imkoniyatidan mahrum qiluvchi intoksikatsiya holatida bo‘lsa (o‘z xohishi bilan intoksikatsiya (zaharlanish) oqibatida sud yurisdiksiyasidagi jinoyatlar sodir etilishini bilgan yoki bunday harakat xavfliligini ko‘rmaganga olgan holatlar bundan mustasno);
uchinchidan, agar shaxs harbiy jinoyatlar sodir etilgan holatlarda o‘zini yoki boshqa bir shaxsni himoya qilish uchun atayin harakat qilgan bo‘lsa, ushbu shaxs yoki boshqa bir shaxsning tirik qolishi uchun o‘ta muhim bo‘lgan voqealarni yoki harbiy xususiyatga ega bo‘lgan topshiriqlarni bajarishda muhim bo‘lgan holatlarda harakat olib borsa, o‘sha shaxsga yoki boshqa bir shaxsga nisbatan mavjud xavfning darajasidan kelib chiqib, ilojsizlikdan noqonuniy harakatlar olib borsa;
to‘rtinchidan, shaxsning o‘limi yoki og‘ir turdagi tan jarohati yetkazilish xavfi tug‘ilgan holatda Xalqaro jinoyat sudi yurisdiksiyasidagi jinoyatlarning sodir etilishiga olib kelgan harakat sodir etsa, o‘zi yoki boshqa shaxsga nisbatan yuqoridagi aziyatlar yetkazilgan paytda bu xavfni, katta ziyon yetkazishni istamagan holda bartaraf etish, unga chek qo‘yish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi. Bunday xavf-xatarlar boshqa shaxslar tomonidan yoki bu shaxs bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa vaziyatlardan kelib chiqadi. Bu jihatdan sud unda ko‘rilayotgan ish yuzasidan jinoiy javobgarlikdan ozod etish asoslari qo‘llanilishini aniqlashi lozim. Sud jinoiy javobgarlikdan ozod etuvchi biror bir asosni ish bo‘yicha sud jarayonlari boshlanmasidan oldin ko‘rib chiqishi mumkin. Jinoiy javobgarlikdan ozod etish asoslarini qo‘llash jarayoni himoya sud palatasi va Xalqaro Jinoyat Sudi Prokuroriga yuqorida aytib o‘tilgan holatlardagi asoslarni taqdim etishdan iborat. Bu jarayonlarning barchasi sud jarayonlari boshlangunicha, prokuror tegishli tarzda ularga tayyorgarlik ko‘ra olishi uchun, amalga oshirilishi lozim. Bunday xabardan so‘ng sudning sudlov palatasi qaror qabul qilishdan oldin, himoya mazkur asoslardan jinoiy javobgarlikdan ozod etish uchun foydalana olishini aniqlab, prokuror va himoyachini eshitib ko‘rishi lozim. Agar himoyachining bu asoslardan foydalanishiga ruxsat etilsa, sudning sudlov palatasi prokurorga bu asoslar bilan bog‘liq dalillarni tayyorlashi uchun tanaffus e’lon qiladi;
Dalillardagi yoki huquqdagi xato prinsipi. Mazkur prinsip keltirilgan faktdagi xato jinoyatning muhim subyektiv tomonini e’tiborga olmagan holatdagina jinoiy javobgarlikdan ozod etishga asos bo‘la olishini aniqlashtiradi. Harakat sud yurisdiksiyasiga tushuvchi jinoyat ekanligi bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda huquqdagi xato jinoiy javobgarlikdan ozod etilishga asos bo‘la olmaydi, ya’ni sodir etilgan harakat sud yurisdiksiyasidagi jinoyatlar sirasiga kiritilmasa ham, sud bu masala bilan shaxsan shug‘ullanmasa ham uni sodir etgan shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilmaydi, sud bu masala bilan shaxsan shug‘ullanmasa ham boshqa huquq-tartibot organlari, masalan, mahalliy sudlar tegishli tartibda uni jinoiy javobgarlikka tortishi lozim bo‘ladi. Biroq huquqdagi xato aniq jinoyatning muhim, zaruriy tomonlarini ko‘rib chiqmagan holatlarda jinoiy javobgarlikdan ozod etishga asos bo‘la oladi;
Boshliqning buyrug‘i va qonun imzolash prinsipi. Mazkur prinsip shaxs yuridik jihatdan davlat yoki boshliqning buyruqlarini bajarishga majbur bo‘lsa yoki buyruq noqonuniyligini bila turib sud yurisdiksiyasiga tushuvchi jinoyatlarni boshliqning yoki davlatning (harbiy yoki fuqarolik ko‘rinishida bo‘lgan taqdirda ham) buyruqlari asosida sodir etsa ham jinoiy javobgarlikdan ozod etilmasligini bildiradi1.
1Костенко Н.И. Международная уголовная юстиция. Проблемы развития. – М. , 2002. – С. 68-77.
Shunday qilib, xalqaro jinoyat huquqining maxsus prinsiplari xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari asosida shakllangan bo‘lib, xalqaro huquq subyektlari ularga qat’iy rioya qiladi va ularni tan oladi.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish