O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi



Download 454,89 Kb.
bet116/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Yadroviy moddalarni o‘g‘irlash. Yadro texnikasi va ishlab chiqarishi rivojlanishi bilan yadro moddalarini o‘g‘irlashga qarshi kurash muammolari ham yuzaga keldi. 1980-yil 3-martda yadroviy moddalarni jismoniy himoya qilish to‘g‘risida maxsus konvensiya qabul qilindi. Konvensiyada yadroviy moddalarni g‘araz maqsadlarda o‘g‘irlash va tarqalishining xavfsizligini hisobga olib, himoya qilish, jinoyatchilarni ushlab berish va javobgarlikka tortish tartibi aniq belgilab berildi.
Konvensiya qoidalari tinchlik maqsadlarida ishlatilayotgan va xalqaro tashuvda bo‘lgan yadro moddalariga nisbatan qo‘llaniladi. Konvensiyada vakolatli organlarning ruxsatisiz oldindan o‘ylab amalga oshirilgan quyidagi har qanday harakat jazoga loyiq huquqbuzarlik deb topilgan: kishilarning o‘limiga yoki mayib bo‘lishiga sabab bo‘ladigan yoki mulkchilikka jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yadroviy moddalarni purkash, yo‘q qilish, o‘zgartirish, birovga berish, foydalanish, egalik qilish yoki olish; yadroviy moddalarni o‘g‘irlash yoki uni talash; yadro moddalarini aldash orqali o‘zlashtirish, olish yoki sotish; kuch ishlatish yo‘li bilan yoki kuch ishlataman deb tahdid solish yoki qo‘rqitishning boshqa shakllari bilan yadro moddalarini berishga majbur qilish1.
Terrorizm” atamasi lotincha “terror” so’zidan olingan bo‘lib, sarosimaga solish, qo’rqitish ma’nolarini anglatadi.
Xalqaro terrorizm xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli qilmish bo‘lib, begunoh kishilarning o‘limiga sabab bo‘ladi, davlatlar va ular vakillarining diplomatik vakolati buzilishiga olib keladi. Xalqaro uchrashuv va aloqalarning amalga oshirilishini qiyinlashtiradi, shuningdek davlatlar o‘rtasidagi transport aloqalarini izdan chiqaradi.
Terrorizm asosan begona hududda amalga oshiriladi va chet el davlati yoki davlatlari, shuningdek o‘zining agressiv siyosiy maqsadlariga erishish uchun terrorchilik aktlaridan manfaatdor bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.
1937-yilda 24 ta davlat vakillari Terrorizmning oldini olish va uni tugatish to‘g‘risidagi konvensiya hamda terrorchilar va boshqa jinoyatchilarni sud qilish uchun Xalqaro jinoyat palatasi to‘g‘risidagi konvensiyani imzoladilar. Konvensiyada terrorchilik jinoyati deb hisoblanadigan harakatlarning ro‘yxati to‘la ko‘rsatib berilgan va aybdor shaxslarni jazolash tartibi belgilangan. Konvensiya terrorchilik aktlarini amalga oshirishni maqsad qilib olganlarni jinoiy guruhlar deb tan oladi. 1937-yilgi Konvensiya bir qancha davlatlar sababli kuchga kirmadi, lekin konvensiyaning ahamiyati shundaki, birinchi marta xalqaro siyosiy terrorizmni xalqaro xarakterdagi jinoyat deb kvalifikatsiya qildi.
Oxirgi o‘n yillikda xalqaro konferensiyalar va tashkilotlarda diplomatlar va davlat vakillarining daxlsizligini buzish hollari ro‘y berdi. Bu, o‘z navbatida, xalqaro hamkorlik va xalqaro xavfsizlikka tahdid soladi. Bunday xavf 1973-yil 14-dekabrdagi “Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar jumladan, agentlarga qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish va ularni jazolash to‘g‘risida”gi konvensiyaning davlatlar tomonidan qabul qilinishini tezlashtirdi.
Shunday qilib, hozirgi zamon terrorchilik faoliyatining an’anaviy shakllari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:

Qulchilik, qul savdosi va odam savdosining boshqa shakllari. Qulchilikni taqiqlash, aniqrog‘i, qullar bilan savdo qilish masalasi ilk bor 1815-yilda Vena kongressida ko‘rib chiqilgan va bunda Qullar bilan savdo qilishni bekor qilish to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilingan edi. Bu deklaratsiya qulchilikni bekor qilmagan, balki qullar bilan savdo qilish va mahkumlarni bir joydan ikkinchi joyga tashishni taqiqlagan edi, xolos.
Hozirgacha amalda bo‘lgan 1926-yil 25-sentabrdagi “Qulchilikka qarshi kurash to‘g‘risida”gi konvensiya ham qulchilikni butunlay taqiqlash to‘g‘risida moddaga ega bo‘lmay, Konvensiya ishtirokchilariga “bosqichma-bosqich” va qisqa muddatlarda qulchilikni tugatishni taklif qiladi. 1926-yilgi Konvensiya qullar bilan savdo qilishni taqiqlaydi va ishtirokchi davlatlarga inson bilan savdo qilishning har qanday shaklining oldini olish majburiyatini yuklaydi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng BMTda qulchilik masalasi ko‘rib chiqildi. EKOSOS (Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash) qoshida qulchilik masalalariga bag‘ishlangan maxsus Qo‘mita tuzilgan bo‘lib, bu Qo‘mita qulchilik muammolarini o‘rganib chiqdi va bir qancha mamlakatlarda qulchilikning mavjudligini aniqladi, shuningdek qulchilikka o‘xshash institutlar mavjudligini ko‘rsatib o‘tdi.
1956-yilning 7-sentabrida “Qulchilikni, qul savdosini va qulchilikka o‘xshash institut va odatlarni tugatish to‘g‘risida” qo‘shimcha Konvensiya qabul qilindi. Bu konvensiya biror kishini qulga aylantirmoqchi bo‘lgan, qullar tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, qulga aylantirish uchun kishilarni turli qiynoqlarga soluvchi kishilar, qul qilib sotishga majbur qiluvchilarning jazoga tortilishini nazarda tutadi1. 1956-yilgi Konvensiyada ham, 1926-yilgi Konvensiyada bo‘lgani singari qulchilikni qisqa muddatda, tezlik bilan tugatish to‘g‘risida hech bir ko‘rsatma yo‘q.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarini noqonuniy ishlab chiqarish va tarqatish. Giyohvandlik vositalarini tarqatishga qarshi kurash bo‘yicha konvensiya, bitim va bayonnomalar qabul qilingan. Giyohvandlik jamiyat rivojlanishining doimiy hamrohi bo‘lib qoldi va unga qarshi bir qancha davlatlar va BMT organlari kurash olib borayotganiga qaramay, u o‘sib bormoqda. Buning asosiy sababi jamiyatdagi hayot tarzi va dunyodagi ko‘pgina davlatlarda giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanayotgan jinoiy tashkilotlar faoliyatining keng tarmoqlanib borayotganidir.
1961-yil 30-martda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari to‘g‘risi-da”gi konvensiyada(ilgari amalda bo‘lgan barcha konvensiyalarning o‘rniga qabul qilingan) narkotik moddalarning ro‘yxati tuzildi2.
Konvensiya davlatlarga o‘z hududida narkotik moddalarning tayyorlanishi va tarqatish ustidan nazorat o‘rnatishni nazarda tutadi, bunday moddalarni ishlab chiqarish va tarqatish (sotish, sotib olish, tashish) bilan bog‘liq jinoyatlar tarkibini tasniflab beradi.
1961-yilgi Konvensiyaga asosan 1968-yilda Giyohvandlik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha xalqaro qo‘mita tuzilgan. Qo‘mitaning 13 ta a’zosi bo‘lib, ular EKOSOS tomonidan individual tartibda besh-yil muddatga saylanadi. Qo‘mita “Giyohvandlik moddalar to‘g‘risida”gi konvensiyaga hukumatlarning rioya etishini nazorat qiladi; davlatlardan giyohvandlik moddalarining yillik ishlab chiqarilishi, ishlatilishi, chetga chiqarilishi va chetdan olib kelinishi haqida, shuningdek qancha zaxiraga ega ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar so‘raydi; xalqaro savdo uchun giyohvandlik moddalar sotilishini aniqlaydi va giyohvandlik moddalar savdosi ustidan nazoratni amalga oshiradi; giyohvandlik moddalar savdosi, aylanishi, tarqalishi masalalari bo‘yicha davlatlarga axborot beradi va ularning axborotini tinglaydi; zarur hollarda BMT oldiga EKOSOS orqali giyohvandlik moddalarini eksport va import qilishga embargo qo‘yish masalasini qo‘yadi.
Bundan tashqari, BMT doirasida 1946-yildan buyon giyohvand moddalar bo‘yicha komissiya ishlamoqda. Bu komissiya EKOSOS tomonidan to‘rt-yilga saylanadi va giyohvand moddalarini ishlab chiqaruvchi hamda xarid qiluvchi 30ta davlat vakillaridan iborat komissiya nazorat qilinadigan giyohvand moddalarning ro‘yxatini belgilaydi, ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritadi, giyohvand moddalariga oid xalqaro bitimlarni nazorat qilish va hayotga tatbiq etish bo‘yicha kengashga yordam beradi, ilmiy-texnik axborot almashish bo‘yicha tavsiyalar beradi, giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish masalalari yuzasidan xulosalar tayyorlaydi, xalqaro konvensiya loyihalarini ishlab chiqadi. Komissiya, shuningdek psixotrop moddalar ustidan xalqaro nazorat o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqib, Psixotrop moddalar to‘g‘risidagi konvensiya loyihasini tayyorlagan.
1971-yilning 21-fevralida “Psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Vena konvensiyasi qabul qilindi. Psixotrop moddalarga trankvilizatorlar, amfetilinlar, barbituratlar, LSD va boshqalar kiradi. Konvensiya, odamlarning markaziy asab tizimi, fikri, xatti-harakatiga ta’sir qilib, miya funksiyasining buzilishi, gallyutsinatsiyaga olib kelishiga qarab psixotrop moddalar ustidan xalqaro nazorat o‘rnatish mezonlarini belgilab berdi.
BMTning Dengiz huquqi bo‘yicha 1982-yilgi konvensiyasi ishtirokchi davlatlarga ochiq dengizda kemalar tomonidan amalga oshiriladigan giyohvand vositalar va psixotrop moddalar bilan noqonuniy savdo qilishning oldini olishda hamkorlik qilish majburiyatini yuklaydi.
Dengizdagi qaroqchilik. Shaxsiy maqsadlarda xususiy kema, uchish apparati ekipaji yoki yo‘lovchilari, boshqa kema yoki uchish apparatiga qarshi, bortdagi shaxslar yoki mol-mulkka nisbatan ochiq dengizda, biron-bir davlat yurisdiksiyasidan tashqarida sodir etilgan har qanday g‘ayrihuquqiy akt, ushlab turish yoki har qanday bosqinchilik qaroqchilik hisoblanadi2.
Qaroqchilikka qarshi kurash bo‘yicha bir qancha bitimlar mavjud:
- 1922-yilgi Vashington deklaratsiyasi;
- Ochiq dengiz haqidagi 1958-yilgi Jeneva konvensiyasi;
- Dengiz huquqi bo‘yicha 1982-yilgi BMT konvensiyasi.
Havo kemalarini noqonuniy egallash va fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qaratilgan boshqa noqonuniy aktlar. Samolyotlarni qo‘lga olish va olib qochish, shuningdek fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga boshqacha aralashish ekipaj va yo‘lovchilar hayotiga xavf soladi, havo transportining faoliyat tartibini buzadi. Hozirgi paytda davlatlarning havo transportidagi jinoyatlarga qarshi kurashi 1970-yil 16-dekabrdagi “Havo kemalarini noqonuniy egallashga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Gaaga konvensiyasi va 1971-yil 23-sentabrdagi “Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan noqonuniy aktlarga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Monreal konvensiyasi asosida olib borilmoqda.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish