O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Davlatlarning jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorligi



Download 454,89 Kb.
bet119/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Davlatlarning jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorligi
Ko‘pchilik davlatlarning Konstitutsiya va qonunlariga muvofiq, jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ham xalqaro huquq normalarining ustuvorligi belgilandi. Bu esa xalqaro huquq standartlarining milliy qonunchilikka tatbiq etilishi, qonunlarni ularga muvofiqlashtirish masalalariga yangicha qarash zaruratini yuzaga keltirdi. Milliy qonunchilik va tegishli tartib-qoidalarning xalqaro standartlarga moslashtirilishi, o‘z navbatida huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyatini, ayniqsa jinoyat sodir qilgan shaxslar va protsessning boshqa subyektlari huquq va manfaatlarini ta’minlashga doir qonunchilikni takomillashtirishni talab qiladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam hamda ekstraditsiya institutlari jinoyatchilikka qarshi kurashdagi xalqaro hamkorlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bu holda xalqaro huquqiy hamkorlik turli ko‘rinishlarda bo‘ladi. Shuning uchun uni ikki asosiy yo‘nalishda ta’riflash mumkin, ya’ni bunday hamkorlikning mazmuniga ko‘ra va xalqaro bitimning darajasiga ko‘ra.
Xalqaro jinoyat huquqi davlatlarning xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorligini tartibga solishga yo‘naltirilgan norma va tamoyillar majmui sifatida qonuniylik va huquq-tartibotni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Zero, qonuniylik va huquq-tartibotga jinoiy qilmish uchun javobgarlikning muqarrarligi so‘zsiz ta’minlangan sharoitdagina samarali amal qilinishi mumkin.
Xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama konvensiyalarda jinoyatchilarni ushlab berish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilingan davlatga yuridik majburiyat sifatida qaralmaydi. Biroq Konvensiyalarning ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar o‘zlari o‘rtasida tuzilayotgan shartnomalarda xalqaro jinoyatlarni sodir etgan jinoyatchilarni ushlab berishni o‘zlariga majburiyat qilib olganlar. Hatto davlatlar o‘rtasida jinoyatchilarni ushlab berish to‘g‘risida maxsus shartnoma bo‘lmagan taqdirda ham bu ko‘p tomonlama Konvensiyalarning har biri davlatlar tomonidan shunday jinoyat qilgan shaxslarni ushlab berish uchun yuridik asos sifatida ko‘rib chiqilishi, xalqaro jinoyatlar to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalarda bundan ham keskinroq choralar belgilanishi mumkin.
Qayd etish joizki, Xalqaro jinoyat sudiga hamda harbiy tribunallarga xalqaro jinoyat sodir etgan shaxslarni ekstraditsiya qilish masalasi ham juda muhim hisoblanadi. Bu borada, mazkur Sudlarning Nizom va Statutlarida qayd etilganidek a’zo davlatlar o‘rtasida kelishib olinadi.
Jinoyat sodir qilgan shaxslarni ekstraditsiya qilish xalqaro-huquqiy institut ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, xalqaro huquqning ushbu instituti tayanadigan xalqaro-huquqiy asoslarga alohida to‘xtalib o‘tish zarur. Zotan, xalqaro hamjamiyatning ekstraditsiya institutining huquqiy asoslarini shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratayotganligi bejiz emas.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, jumladan ekstraditsiya masalalari borasida bir qator muhim tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi:
– “Uyushgan jinoyatchilik va xavfli jinoyatlarning boshqa turlariga qarshi kurash borasida 2000-yilgacha mo‘ljallangan o‘zaro chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi davlatlararo dasturning qabul qilinishi;
– 1993-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning ichki ishlar vazirliklari huzurida uyushgan jinoyatchilik va xavfli jinoyatlarning boshqa turlariga qarshi kurash bo‘yicha Byurolar ochilishi;
– Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida 1993-yilda tuzilgan Minsk Konvensiyasi;
– MDH davlatlari o‘rtasida 2000-yilda imzolangan “Fuqarolik, oila va jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Kishinyov konvensiyasida Minsk konvensiyasi yanada mukammallashtirilgani va mintaqada o‘zaro hamkorlikning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilganligini ko‘ramiz.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi 20 ga yaqin jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik qilish to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimlar imzolagan. Sudlanganlarni jazo o‘tash uchun topshirish masalalari bo‘yicha bitimlar ham mavjud.
Mazkur bitimlar asosida odatda quyidagi masalalar tartibga solinadi: jinoyat sodir etuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlarni ayirboshlash; tayyorlanayotgan va sodir etilgan jinoyatlar haqida axborot almashish; sud qarorlarining ijrosiga ko‘maklashish; boshqa davlat hududida jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan fuqarolarga, shu jumladan, o‘z fuqarolariga qarshi jinoiy ta’qibni amalga oshirish; shaxslarni javobgarlikka tortish maqsadida qidirish; shaxslarni ushlab berishni ta’minlash maqsadida qamoqqa olish.
Ma’lumki, jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bunday hamkorlik jinoyat ishlari bo‘yicha ushlab berish va talab etish to‘g‘risida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar yoki ekstraditsiya masalalari to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama konvensiyalarda ko‘zda tutilgan bo‘lishi bilan birga ichki qonunchilik normalarida ham o‘z aksini topgan.
Shu o‘rinda, O‘zbekiston qo‘shilgan eng muhim konvensiyalardan biri 1993-yil 22-yanvardagi Minsk Konvensiyasi hisoblanadi. Uning mazmuni Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Gruziya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlar bo‘yicha huquqiy munosabatlar va huquqiy yordamni tartibga solishga bag‘ishlangan. O‘zbekiston ushbu konvensiyani 1994-yil 21-fevralda ratifikatsiya qilgan bo‘lib, unga hozirga qadar amal qilib kelmoqda. Minsk konvensiyasi jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatishning turli jihatlarini, jumladan ekstraditsiya masalasini ham tartibga soladi. Xususan, unda ekstraditsiyani amalga oshirish tartibi, shartlari va protsessual masalalari tartibga solingan. Konvensiya chambarchas geosiyosiy aloqalar bilan bog‘langan va, eng muhimi, milliy qonunchilik hamda odil sudlov tizimi o‘zaro yaqin bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
2002-yil 7-oktabrda esa MDH davlatlari Minsk Konvensiyasi qoidalariga va uni qo‘llash bo‘yicha to‘qqiz-yillik tajribagaasoslanib, Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Kishinyov konvensiyasini imzoladilar. Shundan so‘ng, Minsk konvensiyasi Kishinyov konvensiyasini ratifikatsiya qilgan davlatlar uchun o‘z kuchini yo‘qotdi (uni ratifikatsiya qilmagan davlatlarga nisbatan amal qilishda davom etmoqda).
Kishinyov konvensiyasini uning ishtirokchilari sifatida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va Ukraina Respublikalari uni imzoladilar. Hozirda ushbu Konvensiya Armaniston (2005), Belarus (2004), Ozarbayjon (2004), Qirg‘iziston (01.10.2004), Qozog‘iston (2004) va Tojikiston (2005) Respublikalari uchun kuchga kirgan.
Shu ma’noda ekstraditsiya jinoyatchilikka qarshi kurash va jinoyatchilarni ta’qib etishning davlatlararo darajadagi eng samarali usullaridan biri bo‘lib, amaliyotda shaxs huquq va manfaatlarini muhofaza qilishning samarali tizimini ta’minlaydi hamda jinoyat sodir etgan shaxs, qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, javobgarlikka tortilishi muqarrar ekanligini kafolatlaydi.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish