O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Xalqaro ekologiya huquqida xalqaro tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati



Download 454,89 Kb.
bet107/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Xalqaro ekologiya huquqida xalqaro tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati
Xalqaro ekologiya huquqining rivojlanishida xalqaro tashkilotlar yetakchilik rol o‘ynaydi. Hozirgi davrda dunyo miqyosida atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan tegishli xalqaro tashkilotlar, muassasalar va idoralar faoliyat olib bormoqda hamda doirasiga ko‘ra ular universal va mintaqaviy (mintaqaviy) turlarga ajratilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha hozirda dunyo bo‘yicha 60 dan ortiq turli xalqaro muassasa va agentliklar ekologik muammolar bilan shug‘ullanmoqda, ular faqat uyushmagan (tarqoq holda) va nomuvofiq tarzda faoliyat olib bormoqda.
Faoliyat doirasiga ko‘ra turli toifadagi, siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishidagi hamda dunyoning barcha mintaqalardagi davlatlarning ekologik munosabatlariga qaratilgan xalqaro tashkilotlarga BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari kiradi. Ma’lumki, BMT 1945-yil 25-oktabrdan buyon faoliyat yuritib kelayotgan eng nufuzli xalqaro tashkilot bo‘lib, o‘z oldiga barcha davlatlar o‘rtasida tinchlik va xavfsizlikni saqlash, mustahkamlash va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadini qo‘yadi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi BMTning Nizomidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. BMTning eng yuqori toifadagi organlaridan biri bo‘lgan Bosh Assambleya atrof-muhit muhofazasiga doir muammolar yuzasidan unga a’zo davlatlar va Xavfsizlik Kengashiga tegishli tavsiyalar berish vakolatiga egadir. BMT ning ekologik tadbirlari, uning asosiy organlari yoki yordamchi idoralari orqali amalga oshiriladi. Bosh Assambleya qoshidagi BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EKOSOS) ma’lum bir turdagi aniq vazifalarni bajaradi, uning vakolatlari juda keng miqyosda bo‘lib, ular toifasiga ekologik masalalar ham kiradi. Ekologik masalalar uning rahbarligi ostidagi qo‘mita va komissiyalar vazifasiga yuklatilgan. Ulardan biri Tabiiy boyliklar qo‘mitasi-ekologik vazifalarni bajarishda alohida o‘rin tutadi. EKOSOS o‘zining qo‘mita va komissiyalar faoliyatini umumlashtirib Bosh Assambleyaga tavsiyanomalar beradi va konvensiyalar tayyorlaydi, o‘z huquq doirasida xalqaro ekologik konferentsiyalar chaqiradi, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan birgalikda ekologik bitimlar tuzadi.
Aniq bir turdagi ekologik masalalarni BMT ning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari olib boradi. Ushbu tashkilotlar BMT Nizomining 57-moddasiga muvofiq davlatlararo tuzilgan bitimlar orqali tashkil etiladi va o‘zlarining ta’sis hujjatlariga binoan bevosita yoki bilvosita ekologik masalalar bilan 63-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga asoslangan holda shug‘ullanadilar. BMT qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan 16 dan ziyod ixtisoslashgan tashkilotidan quyidagilari atrof tabiiy muhit muhofazasiga doir masalalar bilan bevosita shug‘ullanadilar.
YUNEP – BMTning atrof-muhit bo‘yicha dasturi 1972-yil 15-dekabrda Stokgol`mda BMTning insonni qurshab turgan muhit muammolari bo‘yicha o‘tkazgan konferentsiyada tashkil topgan bo‘lib, u Afrikaning Keniya davlatining poytaxti Nayrobi shahrida shtabi kvartirasi joylashgan. YUNEP ning uchta bo‘limi – boshqaruvchilar Kengashi, atrof-muhit muhofazasini muvofiqlashtiruvchi Kengash hamda atrof-muhit Jamg‘armasi mavjud. Hal qiluvchi masalalar boshqaruvchilar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va amalga oshiriladi. Uning kun tartibiga 8 yo‘nalish bo‘yicha ekologik masalalar kiradi:
• atrof-muhit sanitariyasi, aholi punktlari va kishilar salomatligi;
• yer va suv muhofazasi, sahrolanishni oldini olish;
• okeanlarni muhofaza qilish;
• tabiat, yovvoyi hayvonlar va genetik resurslar muhofazasi;
• energetik muammolar;
• ekologik o‘quv va mutaxassislarni tayyorlash;
• tabiiy resurslar savdosi, iqtisodi va texnologiyalar;
• xalqaro va milliy qonunchilikni kodifikatsiyalash va unifikatsiyalash.
Ushbu tashkilotda uchta bosqichdan iborat dasturiy uslub amalda qo‘llaniladi. Birinchi bosqichda ekologik muammolar va ularni hal qilish yo‘llari bo‘yicha ma’lumotlar to‘planadi. Ikkinchi bosqichda maqsad va strategiya aniqlanadi hamda alohida tadbirlar rejalashtiriladi, so‘ngra uchinchi bosqichda esa tadbirlar tanlab olinishi yuz beradi va u atrof-muhit Jamg‘armasidan mablag‘ bilan ta’minlanadi. YUNEP atrof-muhitni muhofaza qilishga oid xalqaro normalarini rivojlantirishga katta e’tibor berib, boshqa ixtisoslashgan tashkilotlarning tabiatni qo‘riqlashga qaratilgan tadbirlarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi va muvofiqlashtiradi.
BMT tashkilotlaridan yana biri YUNESKO – madaniyat, fan va maorif masalalari bo‘yicha tashkilot 1948-yil tashkil topgan va uning Nizomiga muvofiq atrof tabiiy muhit muhofazasiga doir quyidagi masalalarni hal qilishda faoliyat yurgizadi:
• 100 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etadigan xalqaro ekologik dasturlarga rahbarlik qilish. Shular qatorida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurgazib kelayotgan “Inson va biosfera”, Tabiat muhofazasiga doir xalqaro maorif dasturi, Xalqaro gidrologik dastur (1995-yildan buyon YUNESKO va Germaniya fan va texnologiyalar vazirligi loyihasiga binoan Orol dengizi atrofidagi yer usti va osti suvlarini baholash va modellashtirish ishlari olib borilmoqda), Butun dunyo boyliklari bo‘yicha Komitet, Hukumatlararo okeanografik komissiya, shuningdek atrof-muhit sohasidagi ta’lim to‘g‘risida Xalqaro dastur va boshqalar kiradi;
• tabiiy obyektlar muhofazasini hisobga olish va tashkil etish. Yer yuzasining turli burchaklarida biosfera qo‘riqxonalari tashkil etilgan. Biosfera qo‘riqxonalarini tashkil qilish, ularda atrof-muhitga inson faoliyatining ta’sir etish darajasining monitoringini olib borish YUNESKOning universal dasturi asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston hududida 1995-yildan buyon Chotqol tog‘-o‘rmon biosfera qo‘riqxonasi yagona biosfera qo‘riqxonalar tizimida ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek 1972-yil 23-noyabrda Parijda qabul qilingan Suv va botqoqdagi boyliklar to‘g‘risidagi konvensiyani ishlab chiqishda bosh tashabbuskor va tashkilotchi vazifasini bajargan.
BMTning Tabiiy ofatlarni bartaraf etishga yordam ko‘rsatish bo‘yicha byurosi – (YUNDRO) turli davlatlar va tashkilotlarga tabiiy ofat natijasida yuzaga kelgan ekologik inqiroz holatida yordam ko‘rsatishni tashkillashtiradi va olib boradi. Byuro Yer yuzasida sodir bo‘layotgan tabiiy ofatlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasiga va har bir salbiy ekologik jarayonni oldini olishning aniq tadbirlarini qo‘llash tavsiyanomalariga ega. 1948-yilda tashkil topgan Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofazalash xalqaro ittifoqi (TMXI) nodavlat tashkiloti 100 dan ortiq davlat va 500 dan ortiq nodavlat tashkilotlarni a’zo qilib olgan. TMXIning asosiy vazifasi unga a’zo bo‘lib kirgan mamlakatlar va ularda faoliyat yurgazayotgan tashkilot, birlashma, uyushma va fuqarolarning ekologik hamkorligini yanada rivojlantirish.
Bu tashkilot quyidagi masalalar bo‘yicha faoliyat yurgazadi:
• tabiiy o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda ekotizimlarni saqlab qolish;
• noyob va yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvonot dunyosi turlarni hamda tabiiy yodgorliklarni saqlab qolish;
• qo‘riqxona, rezervatsiya, milliy tabiiy bog‘larni tashkil qilish;
• ekologik o‘quv ishlarini tashkillashtirish.
TMXI tashabbusi bilan Yer sharida noyob, yo‘q bo‘lib ketayotgan yoki yo‘qolib ketish xavfi mavjud o‘simlik va hayvon turlari bo‘yicha “Qizil kitob” tuzilgan va unga doimo qo‘shimchalar kiritilib boriladi. “Tabiatni muhofaza qilishning Butunjahon strategiyasi” dasturi ishlab chiqilgan va bunga asosan O‘zbekistonda “Biologik xilma-xillikni saqlab qolishning milliy strategiyasi va rejasi” ishlab chiqilgan.
BMT ning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 1946-yil 23-iyulda tashkil topgan BMT ning eng birinchi tashkiloti bo‘lib, uning asosiy maqsadi atrof-muhitning salbiy o‘zgarishi natijasida insonlar salomatligi holati, uni saqlash va mustahkamlashdan iborat. JSST quyidagi ekologik vazifalarni amalga oshiradi:
• atrof tabiiy muhitning sanitar-epidemologik monitoringini olib borish;
• atrof-muhit holatiga qarab aholida kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishi bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash va ularni umumlashtirish;
• atrof-muhitning sanitar-gigienik ekspertizasini olib borish va uning sifatiga baho berish;
• shaharlarda inson salomatligi masalalarini tadqiq qilish;
• rekreatsion tabiiy mintaqalar va ularda aholini hordiq chiqarish chora-tadbirlarini olib borish.
Shuningdek u sog‘liqni saqlash yuzasidan milliy qonunchilikdagi normalarini xalqaro huquq normalariga qanchalik mos ekanligini tekshiradi. Yerdan, suv resurslaridan, o‘rmondan, o‘simlik va hayvonot dunyosi, dengiz va okeanlardagi biologik resurslardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza etish bilan shug‘ullanadi.
BMT ning ixtisoslashtirilgan maxsus muassasasi FAO – oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti 1945-yil oktabrda tuzilgan bo‘lib, uning qarorgohi Rim shahrida, uning faoliyati xalqaro tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish orqali Yer yuzida kundan kunga ko‘payib borayotgan aholining, ayniqsa, qishloq aholisining hayot (yashash) darajasini ko‘tarish, aholining oziqlanishini yaxshilash, oziq-ovqat va va qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talablarini qondirish, FAO faoliyati yuzasidan kelib chiqib yerdan, suv resurslaridan, o‘rmondan va boshqa o‘simliklaridan quruqlikdagi hayvonot olamini, dengiz va okeanlardagi biologik resurslardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza etish bilan shug‘ullanadi. Uning sa’y-harakati orqali “Dunyo tuproq xaritasi” tuzilgan, “Umumjahon tuproq xartiyasi” qabul qilingan, aholini joylashtirish, oziq-ovqat muammolari, sahrolanishga qarshi kurash, suv resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish mavzusidagi bir qator xalqaro anjumanlar o‘tkazilmoqda.
1963-yilda FAO – oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamkorligida oziq-ovqat maxsulotlar sifati bo‘yicha standartlarni o‘rnatuvchi “Codex Alimentarius” Komissiyasi tashkil etilib, barcha davlatlar o‘zlarining milliy standartlarini shunga mos tarzda ishlab chiqmoqdalar.
Jahon meteorologik tashkiloti – 1947-yil 11-oktabrda-yilda tuzilgan bo‘lib, uning qarorgohi Jeneva shahrida joylashgan. 1951-yildan boshlab ushbu tashkilot BMT ning ixtisoslashgan tashkilotlari qatoriga kiritilgan. Uning maqsadi insonlarning xo‘jalik faoliyatini planetamiz iqlimiga ta’sir ko‘rsatish darajasini hamda ob-havo, iqlim va suv masalalarini tadqiq qiladi va ularga oid materiallar to‘playdi.
Hukumatlararo dengiz kengashi tashkiloti – 1948-yil 6-martda tuzilgan bo‘lib, uning qarorgohi London shahrida joylashgan. XDK dunyo okeani va dengizlarda suv transportidan foydalanishning ekologik xavfsizlik darajasini ta’minlab berishda faol ishtirok etmoqda hamda ularning ifloslanishiga qarshi kurash bo‘yicha bir qator konvensiyalar ishlab chiqqan. Bu tashkilot o‘z tarkibiga 100 dan ortiq mamlakatlarni birlashtirib, dengiz suvlarini muhofazasiga doir asosiy xalqaro prinsiplar va uning siyosatini olib boradi.
Hozirda portlardagi tozalash tizimiga doir dengizda kemalarning to‘qnashib ketishini oldini olishga bag‘ishlangan bir qancha maxsus normalar ishlab chiqqan hamda uni amaliyotga tatbiq etgan. Bu tashkilotning muhim ishlaridan biri bu kemalarda avariya tizimini va konstruksiyasini ishlab chiqqanligidir, bunga ko‘ra kemalarda tashiladigan zaharli, portlovchi, radiaktiv va boshqa shu kabi xavfli yuklarni tashishdan xavfsizlik choralari qanday ko‘rilganligi belgilab qo‘yilgan. Boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda mintaqaviy dengizlar va atrof-muhit ustidan monitoring olib borish, davlatlarga dengizlarni muhofaza qilish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish to‘g‘risida konsultativ yordam ko‘rsatmoqda.
MAGATE – Atom energetikasi bo‘yicha Xalqaro agentlik 1957-yilda tashkil etilgan davlatlararo tashkilot. Shtab kvartirasi Vena shahrida joylashgan bo‘lib, ushbu tashkilotga 100dan ortiq davlatlar a’zo. Agentlikning Nizomiga binoan maqsadi atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishga erishishga ko‘maklashish va uni nazorat qilish, 34 mamlakatdan iborat boshqaruvchilar Kengashi orqali quyidagi ekologik masalalarni ko‘rib chiqadi:
• atom elektrostantsiyalarni qurish va ishlatish qoidalarini ishlab chiqish;
• ishlab chiqarish yoki loyihadagi atom elektrostansiyalarni ekologik xavfsizligini ekspertiza qilish;
• atom qurilmalari va materiallarini atrof-muhitga ta’sirini baholash;
• radiatsiyaviy xavfsizlik me’yorlarini belgilash;
• turli atom qurollarini sinash, unga tayyorlash yoki laboratoriya sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha monitoringni olib borish;
• yadro yoqilg‘isini yetkazib berish;
• yadroviy va noyadroviy davlatlar tomonidan yadro qurolini tarqatmaslik majburiyati bajarilishini nazorat qilish;
• atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida ilmiy va texnik ma’lumotlar almashish.
MAGATE talablariga itoat etmaslik BMT Bosh Assambleyasi Xavfsizlik Kengashi qaroriga binoan davlatlarga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar orqali qarshi kurash chorasini tatbiq etishi mumkin. Nohukumat tashkilotlar orasida 1948-yilda tashkil etilgan tabiat va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi (MSOP) muhim rol o‘ynaydi. Unga davlatlar, milliy va Xalqaro tashkilotlar hamda assotsiatsiyalar a’zo bo‘lib, u atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy boyliklarni saqlash masalalari bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslar o‘rtasidagi hamkorlikka ham ko‘maklashadi. Shu maqsadda MSOP ushbu sohadagi eng yaxshi milliy va texnika yutuqlarini tatbiq etadi. Fan va maorifni rivojlantirib, tabiatni muhofaza qilish g‘oyalarini targ‘ib qiladi. Uning tashabbusi bilan 1976-yili “Tinch okeanining janubiy qismida tabiatni muhofaza qilish” konvensiyasi, 1970-yilda “Yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan hayvonot va o‘simlik dunyosining turlari bilan savdo qilish to‘g‘risida”gi konvensiya, 1979-yilda “Yovvoyi hayvonlarning uchib yuruvchi turlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi konvensiya qabul qilindi.
Xalqaro ekologiya huquqida xalqaro miqyosdagi ekologik jamg‘armalarning ahamiyati beqiyos. Bular tabiatni muhofaza qilish, atrof-muhitni sanitar va gigienik holatini yaxshilash va ekologik dasturlarni moliyaviy jihatdan ta’minlash kabi maqsadlarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Faoliyat yuritish va amaliy harakat qilish ko‘lamiga muvofiq ular umumjahon, mintaqaviy va mintaqalararo turlarga bo‘linadi. Umumjahon ekologik jamg‘armalarga BMTning YUNEP tashkiloti qoshidagi “Atrof-muhit jamg‘armasi”ni misol qilish mumkin. Bu jamg‘arma o‘z pul mablag‘larini BMTga a’zo davlatlarning badal to‘lovlaridan, xalqaro tabiiy obyektlardan davlatlarning maxsus foydalanganlik uchun yig‘ilgan to‘lovlaridan, xalqaro Gaaga sudi qaroriga binoan atrof-muhitga yetkazilgan zararlarni xalqaro ekologiya huquqi subyektlari tomonidan iqtisodiy jihatdan qoplash bo‘yicha to‘lovlardan, yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan hayriya mablag‘laridan va turli lotereya, shoular, sport o‘yinlari kabi tadbirlardan tushgan pul mablag‘laridan to‘ldirib boradi. Uning mablag‘lari faqatgina atrof-muhit muhofazasi, sanitariya va epidemiologik holatini yaxshilashga yo‘naltiriladi.
Xalqaro Qizil kitob – 1972-yili noyabr oyida bo‘lib o‘tgan YUNESKO tashkilotining konferensiyasida qabul qilingan “Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi konvensiyaga muvofiq tuzildi. Unda Yer yuzida noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonot dunyosi turlarining biologiyasi, tarqalishi, yo‘qolib ketish sabablari va muhofaza qilish choralari ko‘rsatib o‘tilgan. Xalqaro tabiatni qo‘riqlash ittifoqi 1949-yildan boshlab Qizil kitob uchun ma’lumotlarni to‘play boshlagan va 1966-yili “Red data book” nomi bilan ingliz tilida chop etdi. XX asrning 80-yillarning boshiga kelib sut emizuvchilarning 236, qushlarning 485, sudralib yuruvchilarning 141, baliqlarning-194 turlari ushbu kitobga kiritildi.
Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan flora va fauna turlari qaysi bir mamlakat hududida yashashidan qat’i nazar, ular muhofaza qilinishlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan nazorat ostida bo‘lishlari kerak. Ko‘chib yuruvchi hayvonlar va qushlarning vaqtinchalik yashash makoni bo‘lgan botqoq, ko‘l, daryo yoki landshaftlar alohida muhofaza qilinadigan tabiiy obyektlar toifasiga kiritilishini xalqaro huquqiy normalar talab qiladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan millitlar tashkilotining munosib a’zosi sifatida uning bir qator dasturlari va maxsus muassasalari bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘ygan, ular: YUNEP, YUNESKO, FAO, YUNIDO, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevropa ittifoqi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Butunjahon meteorologiya tashkiloti, Qurg‘oqchilik mavjud bo‘lgan hududlar uchun qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari Xalqaro markazi, xalqaro hamkorlik bo‘yicha Koreya agentligi (KOICA), xalqaro hamkorlik bo‘yicha Yaponiya agentligi (JISA), shuningdek ikkita mintaqaviy komissiya, ya’ni BMT ning Yevropa iqtisodiyoti komissiyasi va Osiyo hamda Tinch okeani uchun iqtisodiy-ijtioiy komissiyasi shular jumlasidandir.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish