O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Xalqaro ekologiya huquqining manbalari



Download 454,89 Kb.
bet106/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Xalqaro ekologiya huquqining manbalari
Xalqaro huquqda atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish manbalari – bu davlatlarning atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilishga va undan oqilona foydalanishga qaratilgan o‘zaro hamkorligi faoliyatini erkin amalga oshirib, butun dunyo hamjamiyati a’zolarining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishdagi xohish va irodalari tushuniladi.
Shu asnoda atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish manbalari deb xalqaro ekologik munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar yig‘indisiga aytiladi.
Xalqaro shartnomalar va xalqaro odat normalari xalqaro ekologiya huquqining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi.
Hozirda xalqaro huquq shartnomaviy munosabatlar orqali rivojlanib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida atrof-muhitni muhofaza qilishni tartibga solishga ham ta’sir qilmoqda. Taniqli huquqshunos – ekolog olim O.S.Kolbasovning ta’kidlashicha, “Xalqaro huquqning barcha sohalarida bo‘lgani kabi atrof-muhitni muhofaza etish ham shartnomalarda, konvensiyalarda va kelishuvlarda o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak, normativ va yordamchi hujjatlar global ahamiyatga ega bo‘lgan kelishuvlarni to‘ldiradi, rivojlantiradi hamda uni kuchaytiradi”.
Yuridik adabiyotlarda atrof tabiiy muhitni xalqaro huquqiy muhofaza qilishning manbalarini ikki guruhga bo‘linadi:
• birinchidan, konvensiya (kelishuv bitim va shartnomalar);
• ikkinchidan, BMT Bosh Assambleyasining bir qator rezolyutsiya, deklaratsiya va xartiyalari hisoblanadi.
Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilishda muhim markaziy o‘rinni rezolyutsiyalar egallaydi. Chunki BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalarida davlatlarning xalqaro hamkorlikdagi ekologiyaga oid asosiy prinsiplari va harakat qoidalari aks etgan. Bunga misol tariqasida BMT Bosh Assambleyasining 1962-yil 18-dekabrdagi “Iqtisodiy rivojlanish va tabiat muhofazasi”, 1968-yil 3-dekabrdagi “Insonlarning ekologik huquqlari”, 1980-yil 20-sentabrdagi “Hozirgi va kelajak avlodlar oldida davlatlarning Yer tabiatini muhofaza qilishdagi javobgarligi to‘g‘risida” va boshqa bir qator rezolyutsiyalarida tabiatni muhofaza qilishning bir butunligi, uning tarkibiy qismlari (komponentlari)ning ajralmasligi, tabiatni muhofaza qilish insonlarni o‘rab turuvchi atrof-muhitni muhofaza qilish bilan yagona ma’noni anglatishi e’tirof etilgan. Shuningdek iqtisodiy rivojlanish tabiatni muhofaza qilish bilan o‘zaro uyg‘unlashgan holda bo‘lishi, inson huquqlaridan biri qulay bo‘lgan ekologik xavfsiz muhitda yashash huquqi ekanligi, qurollanishni kamaytirish orqali davlatlarning tabiatni muhofaza qilishga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish kerakligi kabi qarorlari o‘z o‘rnini topgan. 1992-yil Rio de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan atrof tabiiy muhit va rivojlanishga bag‘ishlangan BMTning Deklaratsiyasida hamda ushbu uchrashuvning 10-yilligiga bag‘ishlangan “Barqaror rivojlanish” 2002-yil Yoxannesburg konferensiyasining deklaratsiyasida davlatlarning barqaror rivojlanishi aynan insonlarning qulay atrof-muhitga ega bo‘lish imkoniyati bilan chambarchas bog‘langanligini e’tirof etdi. Milliy huquq normalarida ekologik barqarorlikka doir qanday qoida va me’yorlar qabul qilish kerakligini haqida tavsiyalar berildi. Unda insonlarni sog‘lom va bexatar atrof-muhitga yashash huquqi davlatlarni ijtimoiy va iqtisodiy sohada barqaror rivojlanishining manbai ekanligi alohida uqtirib o‘tildi.
Shuningdek 1990-yil 21-noyabrda qabul qilingan “Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasi”da insonlarni yashash huquqi elementi bo‘lgan ekologik xavfsiz muhitni yaratish har bir ishtirokchi mamlakatning burchi ekanligi alohida e’tirof etib o‘tilgan.
Bundan tashqari, 1982-yil 28-oktabrda BMT Bosh Assambleyasi 37-sessiyasida qabul qilingan “Umumjahon tabiatni muhofaza qilish xartiyasi”da xalqaro ekologik huquqning 24 ta prinsipi qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra BMT ga a’zo mamlakatlar o‘zining milliy ekologik qonunlarini ularga moslashtirishlari lozimligi mustahkamlangan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq: fuqarolarning hayoti uchun qulay tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqaviy va xalqaro manfaatlarni uyg‘unlashtirish; insonning yashash muhiti bo‘lmish biosfera va ekologik tizimlarning barqarorligini saqlab qolish prinsiplari yuqorida qayd etilgan tabiat xartiyasida mustahkamlangan xalqaro qoidalarga mosdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarni to‘la huquqli subyekti hisoblanadi. Uning tashqi siyosati xalqaro huquqda umume’tirof etilgan qoida va normalarga asoslanadi. Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 53-moddasida O‘zbekiston Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomada milliy ekologik huquq me’yorlaridan o‘zga qoidalar belgilangan bo‘lsa, mamlakatimizda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi deb belgilangan, ya’ni ularning ustivorligi e’tirof etilgan.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qator xalqaro konvensiya va tegishli protokollarga a’zo bo‘ldi hamda ratifikatsiya qildi. Jumladan:
• Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi (18.05.1993 y);
• Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli (18.05.1993 y);
• Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoliga London tuzatmalari (01.05.1998 y);
• Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoliga Kopengagen tuzatmalari (01.05.1998 y);
• Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda foydalanish bo‘yicha BMT Yevropa iqtisodiyoti komissiyasining konvensiyasi;
• Tabiiy muhitga harbiy yoki har qanday tajovuzkorona ta’sir vositalaridan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiya (26.05.1993 y.);
• Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi konvensiya (20.06.1993 y.) Ushbu konvensiyaga Kioto protokoli (1999 y.);
• Cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha konvensiya (31.08.1995 y.);
• Xavfli chiqindilarni transchegaraviy olib chiqish va ularni yo‘qotishni nazorat qilish bo‘yicha Bazel konvensiyasi (22.12.1995 y.);
• Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiya (06.05.1995 y.);
• Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya (22.12.1995 y.);
• Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiya (01.07.1997 y.);
• Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya (01.05.1998 y.);
• Afrika va Yevroosiyo bo‘ylab ko‘chib yuruvchi suvli-botqoqli hududlar qushlarini muhofaza qilish bo‘yicha kelishuv (AEWA);
• Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari hisoblangan suv-botqoqli hududlar to‘g‘risidagi Ramsar konvensiyasi (30.08.2001 y.);
• BMTning 2015-yil 12-dekabrda qabul qilingan Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimi (19.04.2017 y.).
Ma’lumki, Parij bitimi iqlim o‘zgarishi, 2020-yildan atmosferada issiqlik gazlari miqdorini kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlarni tartibga solish bo‘yicha BMTning dastlabki Konvensiyasi doirasida qabul qilingan hujjat hisoblanib, u 2015-yil 12-dekabrda Parijda bo‘lib o‘tgan Iqlim bo‘yicha konferensiyasi chog‘ida Kioto protokolining rivoji sifatida qabul qilingan. Ko‘zlangan maqsad esa BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha dastlabki – Konvensiyasi “hayotga tatbiq etilishini faollashtirish”, xususan, haroratning global o‘sishini Selsiy shkalasi bo‘yicha o‘rtacha 2°C darajadan past holatda ushlab turish va harorat o‘sishi Selsiy shkalasi bo‘yicha 1,5 darajada cheklanishi uchun sa’y-harakatlarni ishga solish bilan izohlanadi.
Yuridik adabiyotlarda qayd etilishicha shartnomalar XX asrning ikkinchi yarmida juda keng tarqalgan xalqaro huquq manbai bo‘lib, ular umumiy, mintaqaviy va ikki tomonlama tuziladi. Hozirga qadar 300 dan ortiq ekologiya sohasidagi munosabatlarni qamrab oluvchi xalqaro shartnomalar tuzilgan bo‘lib, ularning ichida eng nufuzli hisoblangan shartnoma umumiy turdagi “Yevropa xavfsizlikni ta’minlashning yakuniy shartnomasi” (Xelsinki, 1975-yil), “Atmosfera, kosmik fazo va suvda yadro qurollarini sinashni to‘xtatish to‘g‘risida” (1963-yil), “Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida” (1968-yil) va b. shartnomalar bo‘lib, ular butun dunyo mamlakatlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish