O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Download 493,17 Kb.
bet1/8
Sana06.07.2022
Hajmi493,17 Kb.
#743514
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Хасанов Абдулла AUDIT курс иши12




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI


Agrologistika va biznes fakulteti
Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi
4-97 guruh talabasi


«Agrosanoatda boshqaruv hisobi » fanidan


"Auditning xalqaro standartlari: ishlab chiqarish tamoyillari va turkumlanish variantlari "mavzusidagi


KURS ISHI
Bajardi: Xasanov Abdullajon
Tekshirdi: Daveltov.I
TOSHKENT 2022


MUNDARIJA


KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Respublikamizdagi bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keying bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirish mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib chiqqan holda bir qancha yangi malakali mutaxassislarga, nazariy va amaliy kurslarga, fanlarga ehtiyoj tug’iladi. Shulardan eng muhimi “Xalqaro audit”dir. Bozor infratuzilmasi unsurlari ichida auditorlik kompaniyalarining roli va tutgan o’rni alohida ahamiyatga ega. AQSh, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, Angliya va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ham ma’lumki, auditorlik kompaniyalari bozor infratuzilmasi unsurlarining zanjirli tizimida asosiy xalqalardan biri bo’lib hisoblanadi. Auditorlik kompaniyalari korporatsiyalar, firmalar va boshqa xo’jalik yurituvchi tuzilmalarning ishlab chiqarish, moliya-xo’jalik faoliyatida muomalalarning to’g’ri amalga oshirilganligini tasdiqlab, mijozlarning ularga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. Auditorlik tashkilotlari bozor infratuzilmasining eng muhim unsurlaridan biri bo’lib, ular mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradi. Audit – xo’jalik yurituvchi sub’ektni mustaqil ekspertiza va moliyaviy hisobotini tahlil etuvchi tashkilotdir, buni shunga vakil qilingan shaxslar - auditorlar (auditorlik tashkilotlari) bajaradi.
Kurs ishining maqsadi bozor infratuzilmasini barpo etish va uning faoliyatini jadallashtirish bevosita qonuniy-me’yoriy asoslarni ishlab chiqishga bog’liq. Bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirishda qonuniy-me’yoriy asoslarga muhim e’tibor qaratish lozim.
Kurs ishining vazifasi auditni xalqaro standatlarini kelib chiqishi va moxiyati, auditni xalqaro standartlarini ishlab chiqish, xalqaro standartlarni turkumlash kabilardan iborat.
Kurs ishining predmeti. Auditorlik faoliyatining xalqaro tajribasi, xalqaro auditorlik standartlarini ishlab chiqish va auditorlik faoliyatini unifikatsiyalash masalalarini o’rganish hisoblanadi.
Kurs ishining ob’ekti. Xalqaro audit modellari, jahon mamlakatlarida auditorlik faoliyatining rivojlanish tendentsiyalari, xalqaro auditorlik tashkilotlari va kompaniyalari faoliyati, xalqaro auditorlik standartlari bo’lib hisoblanadi.
Kurs ishini metodi har qanday auditda shu jumladan xalqaro auditda ham tadqiqotning metodlari ya’ni kuzatish va eksperiment ideallashtirish, analiz va sintez induktsiya va deduktsiya gipoteza va taqqoslash o’lchash va hisoblash so’rov va qiyoslash va hokazo usullar qo’llaniladi. Umumiy dialektik metod doirasida induktiv metod ham qo’llaniladi Induktiv metod asosida xususiylikdan umumiylikka qarab tadqiqotlar olib boriladi. Shu bilan birga bunda umumiy holatlar talay faktlarga asoslanadi. Deduktiv metod qo’llanilgan jarayonda tadqiqot umumiy holatlardan xususiy holatlarga qara bolib boriladi. Mazkur metod boshqaruv tizimining yo’nalishi va samaradorligini baholash uchun korxonaning xo’jalik faoliyatini o’rganishda qo’llaniladi. Alohida olingan xo’jalik operatsiyalarini baholash turli xil local vazifalarni echish uchun asosan induktiv metod qo’llaniladi.




  1. Download 493,17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish