Oʼzbekiston respublikаsi qishloq xoʼjаligi vаzirligi oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim


Urug‘larning yashovchanligini lyuminisent usuli bilan aniqlash



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana15.04.2022
Hajmi0,88 Mb.
#554914
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kurs ishi

Urug‘larning yashovchanligini lyuminisent usuli bilan aniqlash

Makkajo'xori, suli, zig‘ir, bug'doy, javdar, аrpa urug'larining yashovchanligi shu 
usul bilan aniqlanadi.


20 
Tirik va o'lik urug'lar ultrabinafsha nurlar ta’sirida har xil tovlanishi bilan bir-
biridan farq qiladi. Makkajo'xori, suli, zig'ir urug'larining yashovchanligi quruq 
urug'larga qarab aniqlanadi.
Buning uchun makkajo'xori bilan zig'irning urug'i murtagi orqali uzunasiga 
kesiladi. Suli urug'i esa po'stdan tozalanib, murtagi orqali qiya qilib kesiladi. 
Urug'lar tirik bo'lsa, murtagi to'q havo rang tusda, o'lik bo'lsa, oq sariq yoki jigarrang 
tusda tovlanadi. Bug'doy, javdar, аrpa urug'i avval maxsus difenilnafteyrodin 
reaktivi (spirt-suvli eritmasi) bilan ishlanadi. Urug'lar suvda bo'ktirib qo'yilgandan 
keyin, murtagi bo'ylab ikki bo'lakka kesiladi va ikkala nimtasidan bittasi ustiga 
yuqorida aytilgan reaktivning 0,01 %li eritmasi quyiladi, so'ngra urug' nimtalari suv 
bilan yuvilib, ultrabinafsha nurda kо'rib chiqiladi.
Yashovchan murtak tilla rang tus bersa, yashashga qobiliyatsiz murtaklar 
jigarrang yoki kulrang tovlanadi. Tahlil uchun, odatdagidek, har qaysisi 100 
donadan iborat ikkita namuna olinadi. 
3.3
 
O‘sish kuchini aniqlash 
O'sish kuchi o'siliklarning yer yuzasiga yorib chiqish va me’yorli maysa hosil 
qilish qobiliyatidir. O'sish kuchini aniqlash uchun tekshiriladigan urug' va ekin 
miqdoriga yarasha ma’lum kattalikdagi shisha yoki sopol idish olinadi. Masalan, 
boshoqli don ekinlari uchun bu idishning bo'yi 20 sm, diametri 15 sm bo'lishi 
mumkin. Idish to'la nam sig'imining 60 %ga qadar nam qum bilan to'ldiriladi. 
Qumning yuzi tekis bo'lishi va tegishli ekin urug'lari dala sharoitida qanday 
chuqurlikka ekilsa, idish chetlaridan shu chuqurlikda pastda turishi kerak. 
So‘ngra qum yuziga urug'larni joylab chiqib, ustidan yirik donador qum 
sepiladi (qum donalarining yirikligi 1 mm dan 1,25 mm gacha bo'linada). Idishning 
og'zi shisha plastinka bilan yopib qo'yilib, urug’lar uy haroratida undiriladi. Har bir 


21 
urug‘ namunasi ikkita idishda undiriladi, boshoqli don ekinlari uchun har qaysi 
idishga 100 tadan urug‘ olinadi. Dastlabki o‘siliklar bo‘y cho'zib, shisha plastinkaga 
yetib qolgandan keyin plastinka idishdan olib qo'yiladi. 
10 – kunga kelib, unib chiqqan maysalar qum yuzi bilan baravar qilib qirqib 
olinib, sanab chiqiladi va tarozida tortiladi. Shundan keyin quruq qum qatlamini 
kavlab, yuzaga chiqmay qolgan o‘simliklar, jumladan, kasallangan, zaiflashib 
qolgan o'simliklar sanab chiqiladi 
Bu tahlilni o'tkazish natijasida quyidagilarni: a) qum yuzasiga chiqqan sog’lom 
maysalar; b) unib, qum yuzasiga chiqolmagan o‘simliklar; d) me’yorli ungan 
urug‘lar; e) chirib ketgan urug’lar; f) bo'rtib chiqqan urug'lar sonini aniqlash zarur. 
Maysalarning foiz bilan ifodalangan o‘rtacha soni va ularning 100 ta maysaga 
aylantirib, grammlarda hisoblangan og'irligi o‘sish kuchining ko‘rsatkichlari 
hisoblanadi. Tajribaxona tahlili ma’lumotlarini dala sharoitiga yaqinlashtirish uchun 
o‘sish kuchini qumda aniqlamasdan, urug‘larni dalaga ekib, dalada aniqlash ham 
mumkin. Bu holda tahlil texnikasi bilan bir xil bo'ladi. 


22 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish