Bankalarga qadoqlash
. Tayyorlangan mevalar yana bir bor inspeksiyalanadi va
avtomatlashtirilgan, yarim avtomatlashtirilgan va mexanizasiyalashtirilgan qo’l qadoqlagichlar
yordamida qadoqlanadi.
Qora rangli va yuqori kislotali mevalar laklangan qopqoq bilan berkitiladi, yoki laklangan
tunukadan tayrlangan idishlarga qadoqlanadi. Malina, ertut va qora qorafat faqat shisha taraga
qadoqlanadi. Urufli mevalar, o’rik, shaftoli konservalari ishlab chiqarish uchun ba’zan laklanmagan oq
tunukadan tayyorlangan bankalardan foydalaniladi. Ammo bunday bankalarga qadoqlangan nok pushti
rangga bo’yaladi, bu rang qalay tuzlari va nokning oshlovchi moddalari orasida borgan kimyoviy
reaksiyalar natijasida vujudga keladi.
Kompotlarni har doim shisha yoki laklangan tunukadan tayyorlangan taraga qadoqlash tavsiya
etiladi.
Meva bankalarga qadoqlanganda ularning sof ofirligi konserva sof ofirligining 60-65%-ni
tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |