Hisoblash usuli.
Mahsulotning sifati bu usulda nazariy va empirik ko’rsatkichlarning mahsulot
sifati ko’rsatkichlari bilan bog’lanishi orqali amalga oshiriladi. Hisoblash usulidan mahsulotni
loyihalashtirishda foydalaniladi. Mahsulotning sifat ko’rsatkichlari o’rtasidagi bog’lanish ham shu
usulda aniqlanadi.
Qayd qilish usuli.
Mahsulotni muntazam ravishda kuzatish, hodisalarni, buyumlarni va
xarajatlarni hisobga olish qayd qilish usulining asosi hisoblanadi. Masalan, mahsulotning
qaytarilishida ulardagi nuqsonlarning soni va hajmi hisobga olinadi. Mahsulot sifatini baholashda
mana shunday axborotlarga e’tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |