Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashda puxta asoslangan nazariy yondashuvlardan oqilona foydalanish talab etiladi. Chunonchi, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy ximoya tizimi, davlat iqtisodiyotini boshqarish soxasi, tashqi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish kabilar dolzarb yo’nalishlardan hisoblanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlarni samaradorligini oshirishda ilg’or xorijiy tajribani tatbiq etish bilan bir qatorda tarix sinovidan o’tgan milliy an’analardan unumli foydalanish muhim axamiyat kasb etadi.
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha bajaraladigan ishlarga minimal miqdordagi talablar.
Seminar mashg’ulotlari mavzulari namunaviy dastur asosida tuzilgan bo’lib, talabalarda turli iqtisodiy g’oya va konsepsiyalarning mohiyatini to’laroq tushunish, hamda ularda amaliy ko’nukmalarni shakllantirishga qaratilgan, talabalarning ma’ruzada olgan bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |