102
Mahkamasining 111-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Uning nizom kapitali
5 mln AQSH dollariga teng. Qo‘shma korxonaning ta’sischilari nizom
kapitalidagi ulushi 51 % yoki 2550000 AQSH dollari bo‘lgan “Keys kredit
xolding” (KXX) va nizom kapitalidagi ulushi 49 % yoki 2450000 AQSH dollari
bo‘lgan O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi hisoblanadi. “O‘zkeysagrolizing”
qo‘shma korxonasi 1997 - yilda 10 - sholi o‘ruvchi “Keys” kombaniyalarini
importqilgan va Xorazm viloyatidagi uchta MTP DAJga lizingga bergan. 1998 -
yilda korxona 25 ta kombayn yetkazib bergan bo‘lsa, ulardan 13
tasi boshoqli
g‘alla ekinlari o‘rim mavsumida ekspluatatsiya qilingan. Import qilingan
kombaynlar qiymati 5349664 AQSH dollari bo‘lib, nizom kapitali to‘laligicha
zarur texnika importi uchun foydalanilgan.
Lizing kompaniyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan
zamonaviy texnikalarni lizing shartlarida 20 %ini oldindan to‘lash va qolgan 80
%ini 5 yil ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan beradi. Lizing oluvchidan
kelib tushuvchi lizing to‘lovlari va oldindan to‘langan pul miqdori konvertasiya
qilingandan so‘ng zarur texnikalar importiga sarflanadi.
“Baraka” universal lizing kompaniyasining
tajribalari ham katta
qiziqish uyg‘otadi. “Baraka” ULK O‘zbekiston
Banklar Assotsiatsiyasi
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 - yil 4 -
noyabrdagi 427-sonli “O‘zbekiston bank tizimini rivojlantirish bo‘yicha
kompleks dastur”ga asosan ta’sis etilgan. Kompaniyaning nizom jamg‘armasi
to‘laligicha O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi hisobiga shakllantirilib, 200
mln. so‘mni tashkil etadi. 1998 - yilida Yevropa lizing kompaniyalari
assotsiatsiyalari federatsiyasi (Leaseurope) ijroiya qo‘mitasi va raislar qo‘mitasi
“Baraka” ULKga muxbir-a’zo maqomini berdi.
O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi Kengashi rahbariyati topshirig‘iga
binoan kompaniya o‘zining asosiy faoliyat yo‘nalishlarini quyidagicha
belgilagan:
•
ishlab chiqarish vositalarini respublika iqtisodiyotining ustuvor
tarmoqlariga yetkazib berish bo‘yicha lizing operatsiyalarini
amalga oshirish
vositasida uzoq va qisqa muddatli moliyalashtirishni amalga oshirish;
•
ilg‘or texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarni izlab topish va
harakatlantirish, shuningdek, O‘zbekiston sharoitlarida ulardan samarali
foydalanish imkoniyatlari tahlili;
•
lizing operatsiyalari amalga oshirish va ixtisoslashgan lizing
bo‘linmalarini tashkil etishda banklarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
103
•
ko‘p kanalli moliyalashtirishni ko‘zda tutuvchi
lizing loyihalarini
banklar bilan birgalikda amalga oshirish;
•
lizing loyihalarini investitsiyalash uchun kredit va qarz mablag‘larini
jalb qilish.
O‘z faoliyatini boshlagandan beri kompaniya mutaxassislari tomonidan
umumiy qiymati 15271 mln. so‘m bo‘lgan 69 ta lizing loyihasi
moliyalashtirilgan. Lizing jarayonlarini amalga oshirish jarayonlarida,
shuningdek, marketing tadqiqotlari tufayli kompaniyalari tomonidan bir
qonuniyat aniqlandi. Unga ko‘ra mamlakatimizdagi
lizing oluvchilar lizing
sharoitlarida mahalliy xom-ashyo bilan ishlovchi mini-texnologiya va asbob-
uskunalarni (go‘sht, sut, meva, sabzavot, terini qayta ishalsh va hokazo),
shuningdek, “UZDAEWOOavto” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan
avtomobillarni lizingga olishga moyillik bildiradilar.
Loyihalarni ko‘rib chiqishda mutaxassislar mahalliy xom-ashyoni qayta
ishlash, ularni tayyor raqobatbardosh
mahsulotga aylantirish, faoliyati import
o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishga
yo‘naltirilgan rentabelli yuqori texnologiyali ishlab chiqarishning paydo
bo‘lishi, iste’mol bozorini birlamchi zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish
bilan bog‘liq loyihalarni afzal ko‘radilar.
Erishilgan natija va tajribalar kompaniyalar uchun o‘zlarining faol va
mahsuldor
faoliyatini
davom
ettirishga
turtki
vazifasini
bajaradi.
Kompaniyalarning respublikaning barcha mintaqalarida o‘z vakolatxonalarini
tashkil qilish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Bundan tashqari, lizing bo‘yicha
mutaxassislari lizing kompaniyalari assotsiatsiyasi va O‘zbekistonda lizingni
rivojlantrish fondini tashkil qilishda ishtirok etishni rejalashtirmoqdalar.
Bularning barchasi, lizing faolyatini samarali amalga oshirib, jo‘shqin
rivojlangan holda O‘zbekiston uchun yangi lizing turlarini joriy qilib
O‘zbekistonning moliyaviy bozorida o‘z o‘rnini topganligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: