113
asbob-uskunalarni lizing va kredit shartlarida sotib olishning solishtirma tahlil
uslubiyatlaridan biri keltirilgan (12-jadval).
12-jadval
Kreditlash variantlarini baholash
(ming so‘mda)
№
Ko‘rsatkichlar
Kredit
Lizing
1.
Sotib olinayotgan asbob-uskunalar qiymati
10145,4
10145,4
2
Asbob-uskunalarni sotib olish uchun kredit miqdori
21711,156
10652,67
3.
Kredit uchun to‘lov(kredit bo‘yicha yiliga 38% stavka; lizing
bo‘yicha yiliga 25 % bank krediti)
11565,756
7609,05
4.
Lizing kompaniyasining yuklama xarajatlari uchun to‘lovlar,
yiliga 24% hisobidan
-
7304,688
5.
Ssuda bo‘yicha 35% stavkali soliq
10652,67
-
6.
Kredit bo‘yicha jami xarajatlar summasi
54074,982
-
7.
Lizing bo‘yicha jami xarajatlar summasi
-
35711,808
8
Iqtisodiy samara
18363,174
-
9
Samaradorlikni % ko‘rinishida baholash
151,4
100
Hisob-kitob va belgilashlar:
1. 3 yilga kredit uchun foiz to‘lovlari 10145,4 * 38% * 3 = 11565,756,
lizingda esa – 10145,4 * 25 * 3 = 7609,05 ga teng bo‘ladi.
2. 35% soliq stavkasi bo‘yicha to‘langan soliq miqdori (10145,4 * 35% *
3 ) 10652,67 ga, lizing beruvchiga yuklama xarajatlar 7304,688 (10145,4 * 24%
* 3)ga teng bo‘ladi.
3. kredit bo‘yicha jami xarajatlar 54074,982 (str.1 + str.2 + str.3 + str.4)
ga teng bo‘ladi.
4. lizing bo‘yicha jami xarajatlar – 35711,808 (str.1 + str.2 + str.3 + str.4).
5. mijoz tasarrufida qoluvchi foyda miqdori(str.8 = str.6 – str.7).
12-jadvaldan ko‘rinib
turibdiki, korxonaning (lizing oluvchining) lizing
mexanizmidan foydalanish hisobiga tejab qolgan pul mablag‘lari 54074,982 –
35711,808 = 18363,174 ming so‘mga teng bo‘ladi.
Qisqa xulosalar
Samaradorlik muammosi iqtisodiy nazariyaning asosiy muammosi bo‘lib,
u jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini maksimal
darajada qondirish uchun
cheklangan resurslarni qo‘llash yoki ulardan eng yaxshi foydalanish yo‘llarini
o‘rganadi. Lizing asbob-uskunalaridan foydalanish bo‘yicha investitsiya
loyihalarini iqtisodiy baholash mablag‘larni kiritishning
muqobil variantlarini
tanlashni asoslash jarayonida muhim o‘ringa ega.
114
Investitsiyalash usullari, investitsiya dinamikasi va turli xil mablag‘
manbalari nisbatini tanlashni korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash
va investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi pozisiyalaridan
amalga oshirish
zarur. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi statistik va dinamik hisob-kitob
usullari yordamida baholanadi.
Lizing loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholash uchun mablag‘larni
ishlab chiqarishga kiritish loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilishning standart
usullaridan foydalaniladi. Mavjud uslubiy ishlanmalar faqat lizing beruvchining
manfaatlariga yo‘naltirilgan.
Ba’zi hollarda jahon amaliyotida diskontlashning korrektirovkalangan
stavka usulidan foydalaniladi. U lizingda naqd
pul oqimini diskontlashning
korrektirovkalangan stavkasiga diskontlashga asoslanadi. Olingan summa sof
joriy qiymat deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: