Bozorni segmentlash
Bozorni segmentlashning mezonlari
Bozorlarni segmentlash bir tomondan olganda, bozorning korxonaning marketing faoliyati yo‘naltirilgan qismlarini topish va obyektlarini aniqlash usulidan iboratdir. Ikkinchi tomondan esa, bu bozorda qaror qabul qilish jarayoniga boshqaruv yondashuvi, marketing unsurlarini to‘g‘ri qo‘shiluvini tanlash uchun asosdir. Segmentlash iste’molchilarning turli tovarlarga bo‘lgan so‘rovlarini (talablarini) maksimal darajada qondirish, shuningdek, mahsulot chiqaruvchi korxonaning ishlab chiqarish dasturini, tovar chiqarish va uni sotishga ketgan xarajatlarini qoplash (ratsionallashtirish) maqsadida amalga oshiriladi.
Segmentlashning obyektlari iste’molchilardir. Alohida tarzda ajratilgan, ma’lum bir umumiy belgilarga ega bo‘lib, ular bozorning segmentini tashkil qiladilar. Segmentlash iborasi ostida bozorni bir-biridan o‘z parametrlari yoki bozordagi u yoki bu faoliyat turi (reklama, sotish usullari)ga qilgan javobi (reaksiyasi) bilan farq qiluvchi segmentlarga bo‘lish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |