115
X bob. QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGIDA LIZINGNING ROLI VA
AHAMIYATI
10.1. Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarida lizing munosabatlarini
qo‘llash zarurati
Narxlarning
erkinlashuvi, sanoatning qayta ishlash va resurslar bilan
ta’minlash
tarmoqlari
monopoliyasi
oqibatida
O‘zbekistonda qishloq
xo‘jaligining moddiy-texnika bazasiga islohot yillarida katta putur yetkazildi.
Bozor munosabatlarining liberal modeli amalda agrosanoat majmuasini
og‘ir, inqiroz sharoitlariga olib keldi.
Bu bir tomondan, qishloq xo‘jalik
texnikalarining barcha iste’molchilari to‘lov layoqatining pastligi (potensial
ehtiyojlar o‘sgan holda), ishlab chiqarishning pasayishi bo‘lsa, ikkinchi
tomondan moliyaviy barqarorlikning yo‘qligi, yo‘qotishlar va
iqtisodiy
inqirozlar, tarmoqlararo aloqalarning uzilishi, hamkorlar o‘rtasidagi iqtisodiy
aloqalarning buzilishi edi. Qishloq xo‘jaligining mashina va asbob-
uskunalarning asosiy turlari bilan ta’minlanganligi normativ darajaning 40-60
%, ba’zi turlar bo‘yicha esa 15-20 % ini tashkil etdi. Mavjud texnikalarning
asosiy qismi xizmat qilish muddatini o‘tab bo‘lgan, mashina-traktor parklarini
ishga yaroqli holatda saqlash uchun katta xarajatlar sarflanishi lozim edi.
Natijada respublikamizda traktorlar va hosilni yig‘ish texnikalari parki qisqarib
bordi.
Shu munosabat bilan respublika hukumati
tomonidan qishloqni
zamonaviy texnika bilan ta’minlash bo‘yicha bir qator samarali chora-tadbirlar
amalga oshirildi, ya’ni lizing faoliyatini tashkil etish zarurati yuzaga keladi.
Qishloq xo‘jaligida lizingni qo‘llashning obyektiv zaruratini qishloq xo‘jalik
texnikalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, subyektlar o‘rtasida
moslashuvchan xo‘jalik munosabatlari
tizimini yaratish, qishloq xo‘jaligida
iste’molchilarga kafolatli xizmat ko‘rsatishni kompleks ta’minlashning ishonchli
tizimini shakllantirish bilan asoslash mumkin.
Qishloq xo‘jaligida lizing rivojlanishiga turtki bo‘luvchi asosiy sabablar
vazifasini quyidagilar bajaradi:
•
qishloq xo‘jalik texnikalarining ko‘plab turlariga talabning mavjudligi;
•
respublika hududida qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodlarining
mavjudligi, bu bevosita texnika ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
aloqalar o‘rnatishga imkon yaratadi;
•
turli xil mulkchilik shakllarining shakllantirilishi,
import-eksport
hamkorligining rivojlanishi;
116
•
tadbirkorlikning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi. Qishloq
xo‘jaligida lizingning ustunliklari uning davlat tomonidan tartibga solish
shakllarini, jumladan, soliq, amortizatsiya va kredit imtiyozlarini ko‘zda
tutishidan iborat.
Shu tariqa, qishloq xo‘jaligi sohasida lizing
tizimining rivojlanishi
quyidagi muammolarni hal qilishga xizmat qiladi:
1)
mahalliy
qishloq
xo‘jalik
texnikasi
ishlab
chiqaruvchilar
monopoliyasini texnika olishning boshqa manbalari – importdan foydalanish
hisobiga yo‘q qilish va mos ravishda qishloq xo‘jalik texnikalari narxi
disparitetini bartaraf etish;
2) dehqon va fermer xo‘jaliklarini zamonaviy texnika va asbob-uskunalar
bilan ta’minlash;
3) tovar ishlab chiqaruvchilarni moliyalashtirishning maxsus usuli bilan
ta’minlash;
4) qishloq xo‘jalik texnikalariga ularni
yetkazib berish va ulardan
foydalanish xarakteri va xususiyatlaridan qat’iy nazar, kafolatli texnik xizmat
ko‘rsatishni tashkil etish;
5) texnikaning bekor turib qolishi va qishloq xo‘jalik ishlarini bajarishda
yo‘qotishlarni kamaytirish;
6) ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va lizing beruvchilar o‘rtasidagi
o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: